madaniyat masalalari bo'yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO)
Toshkentni 2007-yiIda Islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qildi.
0 ‘zbekistonning islom madaniyati va ilmi oididagi, islom merosi va
yodgorliklarini asrash va yanada boyitish borasidagi mislsiz xizmatlari
uchun Toshkent shunday yuksak va faxrli unvonga sazovor bo‘ldi.
6.1 Л-rasm. Toshkentning turistik resurslari.
89
Toshkentda «Jahon madaniyati yodgorliklari» ro‘yxatiga ki
ritilgan Usmon Qur’oni hamda Beruniy kutubxonasi saqlanmoqda.
Toshkent haqidagi eng dastlabki ma’lumotlar eramizdan oddingi
II asrdagi qadimgi Xitoy solnomalarida uchraydi. Xitoyda u Yuni,
deb nomlangan bo‘lsa, Eron shohi Shopur I ning eramizdan oldingi
yozuvlarida Toshkent atroflari Choch deb atalgan. Choch turli
mamlakatlaming oltin, qimmatbaho toshlar, ziravorlar va ajoyib
otlar eksport qilinadigan yoilar chorrahasida joylashgan. Hozirgi
kunda Toshkent o‘zida 0 ‘zbekistonning tarixiy o‘tmishini eslatib
turuvchi taraqqiy topgan zamonaviy sanoat shahri hisoblanadi.
Toshkentda ko‘plab muzeylar mavjud. Masalan, Tasviriy
san’at muzeyi haykallar, rasmlar va hunarmandchiiik mahsulot-
larining Markaziy Osiyodagi eng yirik to‘plamiga ega. 0 ‘zbekiston
Amaliy san’at muzeyi 30 mingdan ortiq hunarmandchiiik va xalq
milliy merosi namunalarini to‘plagan. Temuriylar tarixi davlat
muzeyi butun Temuriylar davri tarixi namunalarini o‘zida jamlagan
muzeydir.
Tarixiy Eski Juva - shahaming eng qadimiy bozorlaridan biri,
unda hozir ham oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib sanoat mah-
sulotlarigacha barchasini topish mumkin. Eski shahaming marka-
zida XVI asming ajoyib yodgorligi - Baroqxon madrasasi joylash
gan. Bulardan tashqari, 1966-yilgi zilziladan Yunusxon maqbarasi,
Ko‘kaldosh madrasasi kabi ajoyib yodgorliklar omon qolgan.
Toshkent metrosi jahonning zamonaviy arxitektura durdonalaridan
biri hisoblanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2008-yilning 2-aprelida
«Toshkent shahrining 2200-yilligini nishonlashga tayyorgarlik
ko‘rish va uni o‘tkazish» to‘g‘risida qaror qabul qildi. Unga ko‘ra,
0 ‘zbekiston poytaxti, ilm-fan va madaniyat markazi, tinchlik va
do‘stlik ramziga aylangan Toshkent shahrining 2200-yilligini keng
nishonlash va munosib o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi. Yubiley
munosabati bilan ko'plab tarixiy yodgorliklar qayta ta’mirlandi,
yangi binolar qurildi va shahaming ijtimoiy infratuzilmasi yanada
obod boidi.
Toshkent shahrining asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklari:
Ko‘kaldosh madrasasi (XIV asr), Kaffol Shoshiy maqbarasi,
(XVasr), Hazrati Imom arxitektura majmuasi (XVI asr), Abulqosim
90
madrasasi (XIX asr), Baroqxon madrasasi (XVI asr), Jome’ masjidi
(XIX asr), Zangiota majmuasi (XV-XX asr), zamonaviy arxitektura
durdonasi sanalgan Amir Temur muzeyi, Amir Temur hiyoboni,
Mustaqillik maydoni, Xalqlar Do‘stligi maydoni, Jasorat monu-
menti, Xastimom maydoni, Tilla Shayx masjidi, Hazrati Imom
masjidi, Xadra maydoni, So‘fi Ota maqbarasi va boshqalar.
Toshkent viloyati ulkan turistik salohiyatga ega. Chunonchi,
hududda ekstremal va tog‘ turizmini, ya’ni chanakrda uchish,
snoubording, paraplanda va deltaplanda uchish, velosport, moto-
sport va ekstremal sport turlari hamda ekologik va qishloq xo‘jalik
turizmini rivojlantirishga tabiiy sharoitlar bor. Xususan, Toshkent
viloyati togiarida Chorvoq suv ombori mavjud bo‘lib, uning
sohilida ko‘plab pansionatlar, dam olish zonalari va bolalar sport
sogiomlashtirish oromgohlari joylashgan. Muhtasham g‘arbiy Tyan-
shan tog‘lari ko‘plab turistik yoilar va yoiaklar, sharsharalar, g‘or-
lar, chuqurliklar, yong‘oqzorlar va bogiar 2016-yili YUNESKO
ning Butunjahon ro‘yxatiga kiritilgan. Bundan tashqari, “Ugom-
Chotqol” milliy b o g i 230 turdagi hayvonlar, 1800 o‘simlik turlari
va 4 ta tabiiy koilam i (Urungach, Bodak, Shovuri, Ixnoj) o‘z ichiga
oladi.
Shulami hisobga olib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni25 bilan 2017-yilda Toshkent viloyatining turistik salohi-
yatini yanada rivojiantirish hamda undan foydalanish samarador-
ligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb
qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilmani
jadal rivojlantirishni ta’minlash, ko‘rsatilayotgan turistik, mehmon
xona va transport xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish
maqsadida Toshkent viloyatining Chimyon-Chorvoq kurort-rek-
reatsiya zonasi chegarasi doirasida “Chorvoq” erkin turistik zonasini
tashkil etish belgilandi.
SAMARQAND: Samarqand o'zining noz-ne’matlari, tabiati,
boy ma’naviy merosi, betakror tarixi, olamshumul me’moriy
obidalari bilan butun dunyo jamoatchiligining diqqat-e’tiborini
o‘ziga qaratib kelayotgan «sayqali ro‘yi zamindir». So‘g‘diyona va
Turon davlatlarining ulug‘vor an’analari, dunyoviy sivilizatsiyaning
25 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «“Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to‘g‘riskia» gi
Farmoni. 2017-yil 5 dekabr.
Do'stlaringiz bilan baham: |