226
227
19-mavzu. EKOLOGIK TURIZMNING MARSHRUTLARINI
YARATISH
Reja:
19.1. Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqish tamoyillari.
19.1. Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish tamoyillari
Mavzuning rejasi bo‘yicha turizmda
marshrutlar ishlab chiqish tamoyillari
bilan ekoturizm marshrutlarining ta’rif
va tavsiflarini ishlab chiqamiz.
1. Ekoturizm marshrutlaridagi
jozibadorlik, betakrorlik tamoyili
talablari haqida ta’riflashni batafsil
keltirishga izoh bu yerda ortiqchalik
qilsa kerak. Ekoturizmning kelib
chiqishi ham insonning tabiatni
sog‘inishi, hozirgi sivilizatsiya bo‘hronlaridan (atmosferaning
ifloslanishi, yerlarning ishdan chiqib borayotganligi, noyob
o‘simlik va hayvonotning insondan uzoqlashib borayotganligi, toza
havoning yetishmayotganligi va hokazolar) charchaganligidan,
insonning tabiatdagi toza havoli tabiiy mintaqalariga sayohatni
xohlaganligidan kelib chiqdi. Bu soha marshrutlarini tuzganda
tabiatdagi jozibadorlik – betakrorlikning o‘zi ham tabiiy
mintaqalarning o‘ziga xos bo‘lgan landshaftlari, shu mintaqada
o‘suvchi o‘simliklar va shu mintaqa tabiatiga intilish jihatlarini
hisobga olish to‘g‘ri bo‘ladi.
Ekologik marshrutlar tuzishda ishlatiladigan jozibadorlik va
betakrorlik ko‘rinishlari O‘zbekistondagi 5 ta tabiiy ekologik
mintaqada mavjud. Shuning uchun ham ekologik maskanlarga
– resurslarga marshrut tuzishda bu tamoyilni qo‘llashning
kutilgandan ziyoda bo‘lgan imkoniyatlari bor. Eng muhimi,
marshrut tavsifida ekologik resursdagi jozibador va betakror tabiiy
ko‘rinishlar birinchi navbatda rasmlar tasvirida berilishi kerak. Bu
tipdagi marshrutlarni ishlab chiqishda albatta noyob hayvonot
olamidagi qushlar, hayvonlar, «Qizil kitob»dagi hayvonot
turlarining rasmlari, ta’riflari marshrut ma’lumotlarida berilishi
maqsadli bo‘ladi.
2. Imkoniyatning yaratilganligi tamoyili
da ekoturizm resursiga
marshrutlar ishlab chiqish juda jiddiy masala. Bu tamoyilga
amal qilib ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishda quyidagi
imkoniyatlar bo‘lishi talab qilinadi.
1) ekoturizm maskanlariga kirishning huquqiy-qonuniy
tartiblari yaratilganligi;
2) ekoturizm maskanida turistlar uchun maxsus marshrutlarning
(so‘qmoqlar, yo‘llar, dam olish joylari) ishlab chiqilganligi va
faoliyat ko‘rsatishi;
3) ekoturizm maskanlarida turistlarga xizmatlar ko‘rsatish
tizimlarining tashkil qilinganligi (dam olish, tunash, ovqatlanish,
ko‘ngil ochar o‘yinlar, qisqa muddatli ekskursiyalar va h.k.).
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda Davlat muhofazasidagi
tabiat landshaftlari, qo‘riqxonalar, tog‘ tizmalariga turistlar
kiritilishining huquqiy-qonuniy me’yorlari ishlab chiqilmagan.
Bu me’yorlar endi yaratilmoqda. Bu ekoturizm maskanlaridan
ekoturizmda foydalanishning eng muhim imkoniyatlari hozircha
yo‘q. Shuning uchun ham bu tamoyilning talablari (1,2,3) amalda
bajarilgandagina ekoturizm resurslariga, obyektlariga turistik
marshrutlar ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: