46
47
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida istiqbolli yo‘nalish bo‘lishini
isbotlaydi
29
.
• Ekoturizm mahalliy mehnat resurslarini qo‘shimcha, yangi
ish o‘rinlari bilan ta’minlashda yordam beradi;
• Ekoturizm tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning
yangi texnologiyalarini jalb qiladi;
• Ekoturizm ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab
chiqishni rag‘batlantiradi;
• Ekoturizm tabiat muhofazasidagi investitsiyalar kirishini
axborotlaydi va ekoturistik xizmatlar servisini takomillashtiradi;
• Ekoturizm obyektlarida mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy
darajalarini o‘stiradi;
• Ekoturizm va tabiat muhofazasi ta’limini olishda
mutaxassislarda ekoturistik bilim va ekoturistik madaniyat
bilimlarining nazariy va amaliy asoslarini yaratadi;
• Ekoturizm mahalliy ekoturistik mahsulotlar
hunarmandchiligiga yo‘l ochadi;
• Ekoturizm tabiatni muhofaza qiluvchi mahalliy boshqaruvni
rivoj lantiradi va ma’naviy, moddiy jihatlar bo‘yicha rag‘batlantiradi;
• Ekoturizm xalqlar o‘rtasida do‘stona hamdo‘stlik aloqalarini
yuzaga keltiradi.
Alohida muhofazadagi hududlarida ekoturizmni rivojlantirayotgan
xorij davlatlari yaxshi foyda olmoqdalar va asta-sekinlik bilan
o‘z aholisini va xorijlik ekoturistlarni ekoturizmning talablarini
o‘rgatmoqdalar. Masalan, Kosta-Rikadagi Monteverdi qo‘riqxonasi
mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlarini sotish hisobiga 50 ming
dollar, ekoturizmdan har yili 650 ming dollar foyda oladi. Keniya
milliy parklaridan har yili 450 ming dollar, Ekvador “Galapagos”
orollari ekoturizmidan 180 ming dollar daromad qiladi.
Ruanda ekoturizmda o‘z gorillalarini ko‘rsatib (bir sutkada har
bir gorillani 4 kishi tomosha qilishi mumkin, undan ortig‘iga ruxsat
berilmaydi) har yili 1 mln., boshqa ekoturizmidan 3 mln. dollar foyda
oladi. Zambiyada Luangva qo‘riqxonasi ekoturizmdan 150 ming dollar
29
Hayitboyev R., Matyaqubov U. Ekologik turizm. Samarqand, 2010, 60-b.
daromad qiladi. Keniyadagi Amboseli qo‘riqxonasi bitta sherdan 27
ming dollar, bitta fillar to‘dasidan 61 ming dollar foyda oladi.
O‘z mamlakatlarida ekoturizmni rivojlantirib yaxshi foyda
olayotgan Afrika, Lotin Amerikasi davlatlarining taraqqiyot
darajalariga qarab ularning ekoturizmni yaxshi yo‘lga qo‘yganligini
hisobga olsak, bizning mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishdagi
holatimiz ancha taassufli holdir. Biz hozirdan ekoturizmda
lider davlatlarning tajribalarini, texnologiyalarini, ekoturizmni
tashkil qilishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini, usullarini,
ekoturizmda boshqarish va ish yuritishni mukammal o‘rganishimiz
kerak. Eng muhimi, ekoturizmda ekologik obyekt, resurslardan
olinadigan daromadlar taqsimotida mahalliy aholining ulushlarini
(ekoturistning kirish va tabiat betakrorligidan foydalangandagi
to‘lovlari) huquqiy-me’yorlar asosida hal qilishimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: