55
Bundan tashqari, mijozlarning 95% har kuni kamida bir soat televizor tomosha
qiladi. Shu sababli hozirgi vaqtda ikki yulduzli mehmonxona nomerida televizor
bo‘lgani ma’qul (televizor nazarda tutilmaydigan ekologik mehmonxonalardan
tashqari).
Mijozlarning 95% dush va atigi 5% - vanna qabul qiladi. Shu sababli hozirda
ayrim to‘rt yulduzli mehmonxonalar nomerlarda to‘la o‘lchamli vannalardan ko‘ra
ko‘proq arzon dush kabinalari o‘rnatmoqda. Mijozlarning 40%i ertalab uyg‘otishni
talab qiladi. Shu bois mehmonxona avtomatik uyg‘otish sistemasi bilan
jihozlansa,
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zero, mijozlarni telefon operatori yordamida uyg‘otish
hatto kichkina mehmonxona uchun ham jiddiy muammo tug‘dirishi mumkin, chunki
mijozlarning aksariyati ularni ayni bir vaqtda – soat 7 da uyg‘otishni so‘raydi.
Darvoqe, mijoz o‘z vaqtida uyg‘otmagani uchun mehmonxonadan sud orqali ancha
katta pul undirib olgan hollar ham ma’lum. Misol uchun, shunday hollardan birida
mijoz sudda mehmonxona aybi bilan uxlab qolgani va ishga doir uchrashuvga o‘z
vaqtida yetib borolmagani uchun foydali buyurtmadan mahrum bo‘lgani, ya’ni ziyon
ko‘rganini isbotlab bergan.
Bugungi kunda mijoz o‘rta darajali (3-4 yulduzli) mehmonxonada ko‘rishni
umid qilgan xizmatlarning muayyan to‘plami shakllangan. Zarur xizmatlarning
asosiy to‘plami (yashash sharoitlari, ovqatlanish,
nomerning issiqligi, issiq suv)dan
tashqari, hozirgi namunaviy mijoz mehmonxonada quyidagi xizmatlarni olishga umid
qiladi:
nomerdagi vanna va hojatxonada – yuvinish buyumlari to‘plami, fen, bir nechta
sochiq, poyafzal tozalash vositasi;
nomerda chetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish mumkin bo‘lgan telefon, masofadan
turib boshqariladigan televizor;
mijozga notanish shaharda mo‘ljal olishga ko‘maklashadigan axborot xizmati;
mehmonlarni uyg‘otish bo‘yicha tekin xizmatlar;
nomerga ovqat keltirish xizmati (room service);
fitness markazi, basseyn;
kokteyl-bar (restorandan tashqari);
mijozlarning avtomobillarini qo‘yish uchun joy;
kirxona va kimyoviy tozalash xizmati.
Yuqori darajali mehmonxonalarda xizmatlar to‘plami ancha keng bo‘ladi.
Nomerda mini-bar, mehmonxonada esa – biznes markazi bo‘lishi shart. Besh
yulduzli mehmonxonalarda nomer albatta mijoz uxlashi uchun tayyorlanadi:
to‘shakdan choyshab yechib olinadi, torsher yoki stol lampasi yoqiladi, yostiqqa
shokolad qo‘yiladi.
Super mehmonxonalar mehmonga shaxsiy xizmatkor
xizmatini taqdim etishi
mumkin. U mehmonning garderobini kuzatib boradi.
Yuqori darajali mehmonxonalar nogironlar, ko‘rlar, qariyalar, bolalar kabi
maxsus toifa mijozlarga alohida xizmatlar ko‘rsatishlari shart.
Nogironlar aravachasidagi mijoz mehmonxonaning barcha binolariga kirish
imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Har 50-100 ta oddiy nomerga aravachadagi nogiron
uchun maxsus jihozlangan bitta nomer to‘g‘ri keladi: aravacha hojatxona va vannaga
56
kirishi uchun imkoniyat yaratiladi,
shuningdek, bu yerda nogiron mijozga xodimlar
yordami kerak bo‘lib qolgan taqdirda bog‘lanish uchun ichki telefon ham o‘rnatiladi.
Yuqori darajali mehmonxonalarda VIP-mijozlar (yuqori martabali kishilar)ga va
ulardan kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan CIP toifasi (tijorat nuqtai nazaridan muhim
shaxslar)ga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus yo‘riqnomalar ishlab chiqiladi. Birinchi
toifaga prezidentlar, vazirlar, yuqori darajali diplomatlar, shou-biznes olamining
mashhur vakillari va sh.k. kiradi. Ikkinchi toifaga mehmonxona
biznesi uchun foydali
bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar (direktorlar kengashi a’zosi, tarkibiga ayni
mehmonxona kiruvchi mehmonxonalar zanjiri markaziy apparatining xodimi,
keyinchalik mehmonxonaga vaqtinchalik yashash uchun o‘z xodimlarini xizmat
safariga yuborishi mumkin bo‘lgan yirik firma menejeri va h.k.) kiradi. Mijozlarning
ushbu ikki toifasiga mehmonxona xodimlari juda katta e’tibor berishlari kerak: ularni
yo bosh direktor, yo maxsus VIP-menejer kutib oladi, ularni ro‘yxatga olish taomili
soddalashtiriladi – mehmon varaqasini ular kirishda emas, balki o‘z
nomerida
to‘ldiradi, mehmon kelishiga yaqin nomerga gullar, mevalar, ichimliklar qo‘yiladi.
VIP-mijozlarning asosiy xususiyati – ular keng omma bilan aloqa qilmaslikka
intiladi, chunonchi: odatda o‘z nomerida ovqatlanadi, basseynga faqat u yerda boshqa
mijozlar bo‘lmagan paytda boradi (bu haqda mehmonxona ma’muriyati qayg‘urishi
kerak), nomer eshigi oldiga qo‘shimcha qo‘riqchilar qo‘yiladi va h.k. VIP va CIP
mijozlar ma’muriyatga juda ko‘p qo‘shimcha tashvish keltiradi, ammo ular
ko‘rsatilgan xizmatlarga doim ancha katta haq to‘laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: