Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova


Jahonda Fransiya milliy tasniflash tizimi ayniqsa keng tarqalgan



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/87
Sana28.03.2022
Hajmi1,58 Mb.
#513589
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87
Bog'liq
«mehmonxona servis xizmati»

Jahonda Fransiya milliy tasniflash tizimi ayniqsa keng tarqalgan.
Bu tizim 
turistik mehmonxonalarni 6 toifaga ajratadi. Shulardan besh toifa mehmonxonalarga 
ma’lum miqdorda yulduzlar berishni nazarda tutadi (1 yulduzli, 2 yulduzli, 3 



38 
yulduzli, 4 yulduzli yoki 5 yulduzli mehmonxonalar). Bir toifa – yulduzsiz. Bunday 
tizim mehmonxona xizmatlari bozorini ancha to‘liq qamrab olish imkonini beradi.
Minimal talab-mezonlarga javob bermaydigan mehmonxona toifa olishga 
da’vogar bo‘la olmaydi. Bunday talab-mezonlar quyidagi guruhlarga birlashtirilgan: 
A – xonalar miqdori; 
V – umumiy binolar va xonalar; 
S – mehmonxonaning jihozlanishi; 
D – yashash joyining shinamligi; 
E – xizmat ko‘rsatish; 
F – nogironlar hamda harakatlanishi cheklangan shaxslarga yaratilgan 
qulayliklar.
2.
 
Germaniya tasniflash tizimi 
Germaniya tasniflash tizimiga
ko‘ra, mehmonxona korxonalari besh toifaga 
ajratiladi. Bu tizimni Yevropa tizimi bilan uyg‘unlashtirish maqsadida bu yerda har 
bir toifa ma’lum yulduzlar miqdoriga mos kelishi nazarda tutiladi: 

turistik toifa – 1 yulduz; 

standart toifa – 2 yulduz; 

komfortli toifa – 3 yulduz; 

birinchi toifa – 4 yulduz; 

lyuks – 5 yulduz. 
Boshqa tasniflash tizimlari ham o‘zining «yulduzlar» tizimiga muvofiqligini 
belgilashga harakat qiladi. Masalan, Gresiyada A toifa mehmonxonalar to‘rt yulduzli 
darajaga, V toifa mehmonxonalar uch yulduzli darajaga, S toifa mehmonxonalar ikki 
yulduzli darajaga, D toifa mehmonxonalar bir yulduzli darajaga mos keladi. Italiyada 
birinchi toifa mehmonxonalar shartli ravishda to‘rt yulduzli darajaga, ikkinchi toifa 
mehmonxonalar uch yulduzli darajaga, uchinchi toifa mehmonxonalar ikki yulduzli 
darajaga mos keladi.
Germaniya tasniflash tizimi 22 ta majburiy hamda korxonalar toifasiga bog‘liq 
bo‘lmagan mezonlar bo‘yicha talablarni belgilaydi: 

qabul qilish xizmatining ishi; 

nonushtalar servisi; 

ichimliklar servisi; 

ovqatlanish servisi; 

nomerda telefonning mavjudligi; 

nomerlarning 75% minimal maydonga egaligi (vanna va hojatxona maydonini 
ham qo‘shganda); 

sanitariya qulayligi (vanna va hojatxonalarning umumiy jihozlanishiga nisbatan 
foiz hisobida); 

vanna va hojatxonalarning jihozlanishi; 

«suite»-nomerlar (apartamentli nomerlar)ning mavjudligi; 

nomerlarning mebel va boshqa anjomlar bilan jihozlanishi; 

nomerda radio va televizorlarning mavjudligi; 



39 

mehmonlar uchun sovg‘alarning mavjudligi; 

kir yuvish va dazmollash xizmatining mavjudligi; 

seyflarning mavjudligi; 

xollar miqdori va holati; 

naqd pulsiz hisob-kitoblar qilish imkoniyatining mavjudligi; 

telefaksning mavjudligi; 

mehmonxona barlari miqdori va ularning ish rejimi; 

restoranlar miqdori va ularning ish rejimi; 

konferensiya va banketlar o‘tkazish imkoniyati; 

qo‘shimcha (fakultativ) xizmatlar miqdori. 
So‘nggi holat bhyicha qo‘shimcha xizmatlarning quyidagi miqdori belgilangan: 

«lyuks» mehmonxonalar uchun - 270; 

birinchi toifa mehmonxonalar uchun – 120; 

komfortli toifa mehmonxonalar uchun – 70; 

standart toifa mehmonxonalar uchun – 25; 

turistik toifa mehmonxonalar uchun – 0. 
Germaniya tasniflash tizimining o‘ziga xos jihati shundan iboratki, unda 
pansionlar, karvonsaroylar, «garni» otellar singari mehmonxona korxonalari uchun 
ham toifalar nazarda tutilgan. Bunday turdagi mehmonxona korxonalariga tegishli 
toifalarni belgilashda «restoran», «ovqatlanish servisi» kabi majburiy talablar nazarda 
tutilmaydi, qo‘shimcha talablarning zarur miqdori esa ancha kam: 
-
birinchi toifa uchun – 90; 
-
komfortli toifa uchun – 50; 
-
standart toifa uchun – 15. 
Bundan tashqari, mazkur korxonalarga ko‘pi bilan birinchi toifa (4 yulduz) 
berilishi mumkin.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish