2. Boshqaruvning iqtisodiy samaradorligi.
Buning ustiga moliyaviy resurslarning cheklanganligi sharoitida boshqaruvga xarajatlarni tejash muhim ahamiyatga ega, u xususan boshqaruvning tegishli shakl va usullaridan foydalanishni taqozo etadi.
Boshqaruvning iqtisodiy samaradorligini belgilash uchun
ko‘rsatkichlarni hisoblashning ikkita asosiy xarajatli va resursli usullaridan foydalanish mumkin.
Birinchi usul va shunga ko‘ra, boshqaruvning iqtisodiy samaradorligini ta’riflovchi ko‘rsatkich xarajatli deb ataladi. U korxona faoliyati umumiy yoki yakuniy iqtisodiy natijalarning boshqaruvga yig‘ma xarajatlarga nisbatiga suyanadi:
bu yerda: Em — menejmentning iqtisodiy samaradorligi;
Ru — boshqaruvxarajatlari;
P — korxona tomonidan olingan yakuniy iqtisodiy natija.
Uning sifatida faoliyatning u yoki bu umumiy ko‘rsatkichi
(daromadlar, foyda, ishlab chiqarishning hajmi, tovar aylanishi va h.k.)lardan foydalanish mumkin.
Menejmentning iqtisodiy samaradorligini baholashning ikkinchi usuli resursli, u korxonaning umumiy faoliyati yoki yakuniy natijasi resurslaridan foydalanish miqdoriga, masalan, ma’muriy boshqaruv xodimlari soniga nisbatini aks ettiradi:
bu yerda:
Em — menejmentning iqtisodiy samaradorligi;
P — ushbu korxona tomonidan olingan yakuniy iqtisodiy natija;
Ku — ma’muriy boshqaruv xodimlari soni (yana faqat boshqaruv xodimlari sonidan foydalanish mumkin).
Menejment iqtisodiy samaradorligining keltirilgan ko‘rsatkichlari statistik bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash joizki, agar menejment samaradorligi shakllarini tahlil qilishda uning dinamik jihati hisobga olinsa, samaradorlik ko‘rsatkichlari ishonchliligi ortadi. Bu quyidagilar bilan izohlanadi. Birinchidan, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarning ta’riflari vaqtda o‘zgarishsiz qoladi. Ikkinchidan, tadbirlarning turli variantlari natija va xarajatlar dinamikasining davrlari bo‘yicha turli yo‘nalishlarga ega. Uchinchidan, xo‘jalik qarorlari variantlari samaradorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi vaqtli siljishlar mavjud. Shuningdek, menejment samaradorligi ko‘rsatkichlarini ikki yoki undan ortiqroq davr uchun o‘zgarishlarni ro‘yxatga olish va solishtirish vositasi bilan dinamikada ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunda menejmentning «dinamik» samaradorligi mavjud bo‘ladi.
Menejment samaradorligining dinamik ko‘rsatkichi (Emd)
quyidagicha taqdim etish mumkin.
bu yerda: Fp, Fb — korxonaning tegishli ravishdagi ushbu va bazisli yillardagi yakuniy ko‘rsatkichlari (masalan, foydaning);
— Sup, Sub — tegishli ravishdagi ushbu va bazisli yildagi boshqaruvga xarajatlar;
— Emd koeffitsienti ko‘rib chiqilayotgan davr ichida boshqaruv xarajatlari 1 so‘mga o‘zgarganida yakuniy ko‘rsatkich (foyda) necha so‘mga o‘zgarishini ko‘rsatadi. U menejment samaradorligi dinamikasi, o‘sish sur’atlarini aks ettiradi.
Menejment iqtisodiy samaradorligi dinamikasi yana ikki va undan ortiq davr ichidagi bu ko‘rsatkichlarning solishtirilishini ham ta’riflaydi, menejment samaradorligini foizlarda aks ettirilgan nisbiy o‘zgarishi ko‘rsatkichini beradi:
bu yerda: E va tegishli ravishdagi bazisli va shu yildagi korxonani boshqarishning iqtisodiy samaradorligi.
Keltirilgan dinamik ko‘rsatkichlarni yana tashkilot boshqaruvi tizimini tubdan o‘zgartirishni amalga oshirishda, boshqaruv tizimlarini takomillashtirishning turli variantlarini solishtirishda hisoblab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Menejment samaradorligining ko‘rib chiqilgan ko‘rsatkichlari boshqaruv tizimini faoliyat yuritishi darajasini baholashda umumlashtiruvchi emas, balki xususiy bo‘ladi. Agar ularni boshqaruv apparati soni o‘sishi hisobiga yomonlashishi muammolari darajasini pasayishi bilan birga borsa, unda bu tashkilot faoliyatining samaradorligi ortishi, demak u boshqarishning samaradorligini oshishidan darak beradi. Boshqaruvga xarajatlarni nisbatan pasayishi esa hamma vaqt ham uning samaradorligini oshishidan darak bermaydi. Pirovardida tashkilot boshqaruvi samaradorligi uning faoliyatining umumiy ijtimoiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari, natijalaridan iborat bo‘ladi.
Menejment samaradorligining xususiy ko‘rsatkichlari ham
harakatlarning turli yo‘nalishlari uchun tashkilot boshqaruvi samaradorligi to‘liq bahosini olishni qiyinlashtiradi. Bularning barchasi m a’qul integralli ko‘rsatkichni qidirib topish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bunday ko‘rsatkich quyidagi talablarga javob berishi kerak:
— korxona xo‘jalik faoliyatining yakuniy maqsadli natijalarini aks ettirishi;
— bu natijalarga erishilganlik darajasini ko‘rsatishi;
— korxona tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga erishishda boshqaruv xarajatlari darajasini qayd etishi.
Bu talablarga menejment iqtisodiy samaradorligining integral yoki umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi Eu ko‘proq darajada javob beradi, uni quyidagicha taqdim etish mumkin:
bu yerda: S — mehnat unumdorligi;
N — rentabellik;
Ye — boshqaruv tizimining iqtisodiyligi deb ataluvchi boshqaruv samaradorligining xususiy (xarajatli) ko‘rsatkichi (foydaning boshqaruv tizimini ushlab turishga xarajatlarga nisbati).
Menejment iqtisodiy samaradorligining ushbu integral ko‘rsatkichi xo‘jalik faoliyati samaradorligini boshqaruv tizimi iqtisodiyligi darajasi bilan tenglashtiradi. Boshqaruv tizimi iqtisodiyligi darajasining oshishi savdo samaradorligi o‘sishining muhim omilidir. Ammo boshqaruv tizimining iqtisodiyligi oshishi o‘zicha uning samaradorligi darajasi haqida batafsil javob bermaydi va
samaradorlik darajasi pasayishi bilan birga borishi va, aksincha, bo‘lishi mumkin. Shuning uchun menejment samaradorligining taklif qilinayotgan integral ko‘rsatkichi korxona faoliyatining samaradorligi va boshqaruv tizimi iqtisodiyligi ko‘rsatkichlarining samarasi boiadi.
Shunday qilib, integral ko‘rsatkich, xususiydan farqli ravishda tashkilot tomonidan qo‘llanilgan va iste’mol qilingan bir necha muhim resurslardan foydalanishning samaradorligini ta’riflaydi.
Shuning uchun u boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichlari tizimi doirasida yetakchi o‘rinni egallaydi.
Shunga qaramay, integral ko‘rsatkichdan foydalanish, u qanchalik kompleksli bo‘lmasin, menejment samaradorligi kabi bunday ko‘p qirrali hodisaning barcha tomonlarini aks ettirishga qodir emas. Shu munosabat bilan integral ko‘rsatkich avvalroq ko‘rib chiqilgan xususiy ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirilishni taqozo qiladi.
Bundan tashqari, korxonani boshqarish tizimi faoliyat yuritishini obyektiv baholash ko‘rsatib o‘tilganlar bilan bir qatorda, uni ta’riflovchi boshqa ko‘rsatkichlardan ham foydalanishni taqozo qiladi, bular:
— ma’muriy boshqaruv xodimlarining umumiy sonidagi salmog‘i;
— boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lashga xarajatlarning ish haqi umumiy fondidagi salmog‘i;
— boshqaruv apparatining bitta xodimga hisoblab chiqilgan foyda (daromad);
— 1 m ln so‘mlik ishlab chiqarilgan mahsulotga hisoblab chiqilgan boshqaruv xarajatlari.
Menejment samaradorliginianiqko‘rsatkichlar va boshqaruv tizimining sanab o'tilgan ta’riflari haqiqiy o‘zaro aloqasini baholash boshqaruv tizimiga tashxis qo‘yish, uning salohiyatli imkoniyatlarini ochish va takomillashtirish yo‘llarini belgilashga imkon beradi. Boshqaruv samaradorligini ta’riflovchi ko‘rsatkichlarni me’yoriy, soha bo‘yicha eng yuqori va o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan solishtirishni amalga oshirish ham maqsadga muvofiqdir. Bunda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarni o‘xshash iqtisodiy va tabiiy-iqlimiy sharoitlarda turgan tashkilotlar bo‘yicha solishtirish kerak. Qolgan hollarda ko‘rsatkichlarga tegishli omillarni hisobga olish bilan tuzatishlar kiritishni amalga oshirish kerak.Bundan tashqari, bir necha vaqtli davrlar uchun, shu jumladan boshqaruv tizimida tubdan o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshqaruv tizimining turli variantlarini solishtirishda boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichlarini solishtirish mumkin. Boshqaruv samaradorligini baholash uchun tashkilot faoliyatining erishgan yutuqlari hamda uni boshqaruv tizimini rejalashtirilgan, ya’ni qo‘yilgan maqsadlar bilan solishtirish g‘oyatda istiqbolli bo‘ladi. Bu holda boshqaruv samaradorligini boshqaruv tizimi oldiga qo‘yilgan maqsadlar (reja, dastur)ga erishganlik yoki unga yaqinlashganlik darajasi bilan miqdoriy aks ettirish zarur.
Bunda reja va dasturlar jiddiy va ilmiy asoslangan bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Bunday yondashuvda boshqaruv jarayoni natijaviyligini tartibga solishning maqsadli ko‘rsatkichini (D) haqiqiy va rejlashtirilgan m iqdorlarini solishtirish orqali ta’riflash mumkin:
bu yerda:
Yep — boshqaruv maqsadining muvofiq algoritmga mos keluvchi rejalashtirilgan ko‘rsatkichi;
Yej-— boshqaruv maqsadi ko‘rsatkichining haqiqiy tizimi tomonidan ta’minlanadigan haqiqiy miqdori.
Bunda boshqaruv tizim ini faoliyat yuritish samaradorligi Yep— Yef ning farqi qanchalik kam bo‘lsa, shunchalik yuqori bo‘lishi qabul qilinadi. Shuning uchun boshqaruv samaradorligini
Ye ni G ‘ dan D gacha bo‘lgan ba’zi bir vazifasi bilan ta’riflash mumkin:
Bunda boshqaruvning maqsadi funksional minimumga ega bolishidan iboratdir.
Ushbu yondashuvning amalga oshirilishi maqsad bilan bir
vaqtda boshqaruvga xarajatlar (yoki foydalanilgan resurslar hajmi)ni quyidagicha belgilashni ko‘zda tutadi:
— chegaraviy (eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan) yoki
— ma’lum (qayd etilgan).
Shuni ta’kidlash joizki, boshqaruv samaradorligini maqsadga erishish darajasi bo‘yicha baholash usuli o‘zida subyektiv (maqsadni qo‘yish) va obyektiv (haqiqiy natijalar) solishtirishga egadir.
Ushbu usulda maqsadga qandaydir berilgan narsa kabi qarash mumkin, shuning uchun unga erishganlik darajasi maqsadning sifati (mazmuni)ga ko‘ra, tezroq boshqaruvchi ta’sirining sifatini ta’riflaydi, u ham boshqaruv jarayonining natijasi bo‘ladi. Bunday yondashuvda yana uslubiy xarakterdagi qiyinchiliklar
ham bo'lishi mumkin, chunki boshqaruv tizimlarining turliligi sababli maqsadlarga erishish mezonlari vazifalarni hal qilish turlari va boshqaruv darajalariga bog'lqdir. Yana maqsadlarning o‘zlarining turli rejali xarakterini ham hisobga olish zarur. Ushbu yondashuvdan amaliy foydalanish boshqaruvning aniq tizimlari uchun maqsadlarga erishish mezonlari va ko‘rsatkichlarining
tizim ini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Ayrim hollarda boshqaruv idoralari faoliyati samaradorligini baholashni ma’lum qarorlar va tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirsa ham maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bunda samaradorliklarni tashkil etish manbalari va mexanizmi ko‘ rsatib o‘tilgan qarorlir va tadbirlarning mazmuniga ko‘ra farqlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |