Tovarlarni navi va sifati bo’yicha tasniflash. Savdo vositachisi u olgan mahsulotlarni inspeksiya qilishi, sinab ko’rishi va baholashi hamda ularga ma’lum bir sifat darajasi berishiga zarurat vujudga kelishi mumkin.
Transport vositasida tashish. Ushbu funksiya mantiqiy funksiya bo’lib, mahsulot tabiiy oqimini boshqarishni taqozo etadi.
Bozor haqida axborot to’plash. Qoidaga ko’ra, savdo vositachisi bozor haqida – mijozlariga ham, ta’minotchilarga ham – jumladan, raqobatchilar haqida, mahsulot sifati va ochiqligi haqida, mijozlarning ehtiyojlari haqida axborot taqdim etish uchun ma’lum bir javobgarlikka ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |