Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


-rasm. Raqobatni yuzaga keltiruvchi kuchlar1



Download 0,88 Mb.
bet69/173
Sana29.01.2022
Hajmi0,88 Mb.
#415262
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   173
Bog'liq
B2B маркетинг

2-rasm. Raqobatni yuzaga keltiruvchi kuchlar1
Dastlabki holatning muhim tomonlarini oydinlashtirish baholash uchun asos raqobat matritsasidagi holatlardan qaysi biri korxonaga ko‘proq muvaffaqiyat keltirishidir. Porter modeli, avvalo, konsentratsiya, bozorning yetilganlik darajasi va jahon raqobatining intersivligi nuqtai nazaridan farq qiluvchi bo‘lingan, yosh va yetilgan tarmoqlarning strategiyalarini boshqarish uchun kerak.
Porter strategiyasining afzalliklari:
- korxonaning boshqa raqobatchilari kuchli kurash natijasida zarar ko‘ra boshlasa, uncha kam bo‘lmagan harajatlar bilan ham korxona daromad oladi;
- harajatdagi afzallik samaradorligi bo‘yicha ikkinchi sotuvchining qilgan harajatlariga nisbatan bahoni ortiq tushira olmaydigan kuchli haridorlardan himoya qiladi;
- kam harajatlar mol yetkazib beruvchilarga afzallik yaratadi, baholarning ko‘tarilishi esa yetakchiga kamroq ta’sir qiladi;
- kam harajatlar bozorga kirishda katta to‘siqlarni hosil qiladi;
- o‘rinbosar tovarlarning paydo bo‘lishi yetakchiga raqobatchisiga nisbatan harajatlar doirasida erkin harakat qilishga imkoniyat beradi.
“Tovarlar (bozorlar imkoniyatlari qolipi (matritsasi))”da foydani ko‘paytirish birinchidan -tovar harakatini o‘zgartirmagan xolatda bozorni kengaytirish, ikkinchidan - xali talab qondirilmagan bozorlarga kirib borish; uchinchidan - korxona bozorda yaxshi tanilgandan so‘ng yangi tovar ishlab chiqarish yoki modifikatsiyasini o‘zgartirish; to‘rtinchidan - yangi bozorlar uchun yangi tovarlar ishlab chiqarish orqali erishiladi.
“Boston konsalting guruhi qolipi” orqali bozorda foyda olish, korxona faoliyat ko‘rsatadigan hududlardan eng samarali strategik xo‘jalik bo‘limlarini tanlash bilan amalga oshiriladi.
Birinchi xudud - “yulduzlar” (katta talab va bozorda yuqori ulushga erishilgan). Bu xududni e’zozlab, yanada mustahkamlash choralari ko‘riladi. Bozordagi ulushni saqlash uchun narxlarni pasaytirish, reklama harajatlarini ko‘paytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va boshqalar amalga oshiriladi.
Ikkinchi hudud - “sog‘in sigirlar” (past talab, ammo bozorda firmani ulushi yuqori) Bu hududga qattiq nazorat o‘rnatiladi.
Uchinchi hudud - “qiyin tarbiyali bolalar” (talab yuqori, ammo bozorda ulush kam). Bu hudud imkoniyatlarini o‘rganish va “yulduzlar” hududi darajasiga ko‘tarilishi ehtimoli bormi yoki yo‘qmi? Kerak bo‘lsa, harakatni ko‘paytirish zarur.
To‘rtinchi hudud - “itlar” (past talab va bozorda kam ulush). Agar bunday xududni egallab turishga, keskin sabab bo‘lmasa, undan qutulish kerak.
Marketing strategiyasi deganda ma’lum muddatga belgilangan korxonaning bozordagi xatti-harakatlari tamoyilining modelidan foydalanish tushuniladi. Uning yordamida korxona o‘z muvaffaqiyatini ta’minlashga intiladi. Korxona tomonidan ishlab chiqiladigan marketing strategiyalarini uch darajada ko‘rib chiqish mumkin:
Ø korporativ;
Ø funksional;
Ø instrumental.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish