4. Moddiy ta’minot
(ushbu bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi №168 sonli
qaroriga asosan tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan)
4.1. Amaliyot ob’ekti xodimlariga amaliyotga rahbarlik qilgani uchun ish haqi oliy ta’lim
muassasasi bilan tuzilgan shartnomada ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobiga to‘lanadi. Buning
uchun butun muddat davomida tegishli talabalar gurug‘iga bitta rahbar hisobidan quyidagi
me’yorlar bo‘yicha har oyda haq to‘lanadi (asosiy ish joyining o‘rtacha ish haqidan foiz
hisobida);
a) amaliyotchi talabalarning soniga qarab umumiy rahbarlik qiluvchi amaliyot rahbariga:
11 dan 20 kishigacha-25 %
21 dan 30 kishigacha-35 %
31 dan 40 kishigacha-45 %
41 dan 50 kishigacha-50 %
b) amaliyotchi talabalarning soniga qarab amaliyotga bevosita rahbarlik qiluvchi
rahbarga;
4 kishigacha -20 %
5 dan 7 kishigacha -35 %
8 dan 10 kishigacha -50 %
Fermer xo‘jaligidagi amaliyot rahbari, hamda pedagogik amaliyot uchun rahbarlik qilgan
maktab xodimining ish haqi oliy ta’lim muassasasining amaliyot uchun ko‘zda tutgan
mablag‘lar hisobidan beriladi. Ularning ish haqi me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi suv va
qishloq xo‘jaligi va Xalq ta’lim i vazirliklari birgalikda tuzgan maxsus ko‘rsatmalari asosida
Moliya shuningdek Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan kelishilgan holda joriy
qilinadi.
Talabalar amaliyotiga rahbar bo‘lmagan mutaxassislar tomonidan amaliyot obektida
o‘tkazilgan ma’ruza, maslahat va tashriflar uchun to‘lovlar, oliy ta’lim muassasalarining
amaldagi tartibda ko‘rsatilgan, soatbay to‘lov maoshi bo‘yicha, ishlab chiqarish amaliyoti
uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan oliy ta’lim muassasasi amalga oshiradi.
4.2. Talaba amaliyot davrida amaliyot o‘tish joyidan ish haqi olish-olmasligidan qat’iy
nazar, uning umumiy qoidalar asosida stipendiya olish huquqi saqlanib qoladi.
4.3. Sirtdan o‘qiydigan oxirigi bosqichdagi talabalarga, tanlangan yo‘nalish (ixtisoslik)
bo‘yicha bevosita ishlab chiqarishda ish bilan tanishish va bitiruv ishi (loyiha)ga zarur
ma’lumotlarni tayyorlash uchun, tegishli o‘quv yurtining tavsiyasiga ko‘ra, muassasa rahbarlari
ish haqi saqlanmagan holda bir oylik qo‘shimcha ta’til beriladi. Ushbu talabalarga ko‘rsatilgan
ta’til davrida umumiy qoidalar asosida stipendiya beriladi.
4.4. Oliy ta’lim muassasasi hududidan ketishi bilan bog‘liq amaliyotga jo‘natilgan
kunduzgi talabalarga oliy o‘quv yurtining sarf-harajatlar jadvali hisobidan butun amaliyot davri
uchun kunbay-safar puli to‘lanadi. Safar puli to‘lash amaliyotchi talabalarning ob’ektga borish
va qaytish vaqti hisobga olingan holda aalga oshiriladi.
76
Amaliyot davrida ekspeditsiya va geolog ik guruhlarning mansub lavozimlariga qabul
qilingan va ish haqi, dala ta’minoti yoki texnik ovqat beriladigan talabalarga sarf puli
to‘lanmaydi.
4.5. Kunduzi o‘quvchi talabalarning amaliyot ob’ekti joylashgan joyga borish va kelishi
uchun yo‘lkira haqi oliy o‘quv yurti mablag‘i hisobidan to‘lanadi.
4.6. Amaliyot davrida maosh oladigan lavozimlarda ishlaydigan talabalarga shu
mutaxassis uchun tegishli me’yorda navbatdagi ta’til tovoni to‘lanadi. Avval ishlamagan
talabalarga lavozimi, ishning boshanishi va tugallanishi ko‘rsatuvchi buyruq nashasi va mehnat
shartnomasi tuzilganligi va to‘xtatilganligi haqida sanalari ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beriladi.
Talabalar amaliyot davrida to‘lovli ish joyi va lavozimga qabul qilingan vaqtdan boshlab,
amaliyot ob’ektidagi umumiy mehnat qonunlari, mehnat havfsizligi va ichki mehnat tartib
qoidalariga amal qiladi. Ish joyiga qabul qilinmagan talabalarga ham mehnat ish kunining tartib
qoidalari taalluqlidir.
4.7. Amaliyotga rahbarlik qilishga ketgan o‘qituvchi xizmat safarining to‘lovi, xizmat
safarida bo‘lgan butun davr uchun xizmat safari to‘lovi haqidagi qoida asosida oliy ta’lim
muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
4.8. Amaliyotni o‘tash davridagi talabalar boshqa korxonalarga tashriflarni o‘tkazish bilan
bog‘liq bo‘lgan harajatlar oliy ta’lim muassasalarining amaliyotni o‘tkazish uchun harajatlar
ro‘yxatida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
4.9. Tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, ta’limni boshqarish
bo‘yicha vakolatli davlat idorasi bilan kelishilgan holda o‘z tasarrufidagi oliy ta’lim
muassasalarining talabalari amaliyot o‘tishi uchun yo‘l yo‘riqlarni mazkur nizom asosida ishlab
chiqadilar va tasdiqlaydilar.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |