3
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi va ahamiyati. Bugungi
kunda turizm – mamlakatimiz iqtisodiyotining ertangi kuni sifatida baholanmoqda.
Ertangi kunimiz yorug‘ bo‘lishi uchun bugun uning chiroqlarini yoqishimiz,
ertangi kunimiz mustahkam bo‘lishi uchun bugun uning mastahkam paydevorini
yaratimiz kerak bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ―O‘zbekiston
Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida‖gi Farmoniga
1
muvofiq sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining
strategik tarmog‘i sifatida belgilandi. Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining tashkil
qilinishi va uning mintaqaviy tuzilmalari shtat birliklari oshirilgani, hududlarda
turizm departamentlari va boshqarmalari, hokim o‘rinbosarlari lavozimlari joriy
qilingani mazkur sohani boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarni yanada kengaytirgani
turizm sohasining rivojlanishi uchun yangi bosqichni boshlab berdi.
Turizmdan keng miqyosda foydalanish lozim. Ushbu sohaning rivojlanishi
nafaqat pul tushumini, balki yangi ish o‘rinlarining ham ochilishini ta‘minlaydi.
Buni inobatga olib Davlatimiz rahbari: ―Agar biz turizm hisobiga ish o‘rinlari
ochamiz desak, turistga shart qo‘yish emas, balki sharoit yaratishimiz zarur‖
2
, deb
uqtirdi.
Bugungi kunda mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya
qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholining
daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy
jozibadorligini oshirishni taʼminlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida
rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda.Viza rejimining liberallashtirilishi, chet el fuqarolarini roʻyxatga
olish tartibining soddalashtirilishi, turizm tarmogʻini rivojlantirish uchun imtiyoz
1
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi ―O‗zbekiston Respublikasining turizm sohasini
jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-4861-sonli Farmoni// ―Lex.uz‖.
2
http://www.prezident.uz/uz/lists/view/1516
4
va preferensiyalar berilishi milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda
samarali targʻib qilish imkonini berdi.
Turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini
oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda
targʻib qilish, bularning barchasi 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida
belgilangan vazifalarga muvofiqdir.
Turizm industriyasi subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini va
normativ-huquqiy baza shakllanmoqda. Turizmning rivojlanishidagi barcha to‘siq
va g‘ovlarga barham berish, viza va ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillarini,
pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish, turizm sohasini davlat tomonidan
boshqarish
va
bozorga
xos
tarzda
tartibga
solish
mexanizmini
maqbullashtirilmoqda, bu esa bitiruv malakaviy ishining dolzarbligini belgilab
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: