3.2. “Grand Samarqand” mehmonxonasi iste'mol bozorini segmentlash bosqichlari
Mehmonxona iste'mol bozorini segmentlash usuli mehnat talab qiladigan jarayon bo‘lib, katta miqdorda axborot va maqsadli bozorni batafsil bilishni talab qiladi. Maqsadli bozorni segmentlash - muhim jarayon hisoblanib, kompaniya qaysi iste'molchi guruhiga mo‘ljal olishiga qarab xizmatlar, tovarlar, narxlar, savdo usullari va reklama kampaniyalari borasida qarorlar qabul qiladi.
Bu misolda biz, mehmonxona bozorini segmentlashning barcha bosqichlaridan o‘tib, iste'molchilarni segmentlash mezonlari va tamoyillari aniqlash va eng jozibador auditoriyani tanlab olishni o'rganib olamiz.
Birinchi bosqich: iste'molchilarni qaysi mezonlar bo‘yicha segmentlash mumkinligini to'liq ro'yxatini tuzamiz.
Ro'yxat qanchalik batafsil bo‘lsa, mikroulushni ajratish osonroq kechadi, ayniqsa tovar va xizmatlar differensiatsiya darajasi yuqori bo‘lgan bozorlarda. Iste'molchilarni segmentlashning asosiy tamoyillari quyidagilar:
bozorni segmentlashning ijtimoiy-demografik xususiyatlari;
bozorni segmentlashning geografik xususiyatlari;
bozorni segmentlashning qiziqishlar bo‘yicha xususiyatlari;
bozorni segmentlashning psixografik xususiyatlari;
So'ngra belgilangan mezonlarga yana bir nazar tashlab va aniq iste'molchilar bozorini ajratishga to‘g‘ri kelmaydigan mezonlarni o‘chiramiz.
Dastlabki ikki qadam natijasida bizga mehmonxona bozorini segmentlash mumkin bo‘ladigan mezonlarini olamiz. Bu ro'yxatdan, biz tarmoqda mehmonxona xizmatlari iste’molchilarining hatti harakatidagi farqni tushuntirib beradigan 2-3 asosiy mezonlarini tanlab olamiz. Ushbu ro'yxatdagi boshqa mezonlar tavsifiy xarakterga ega bo'ladi va batafsil har bir segmentini bayon qilish uchun yordam beradi.
Har bir mezonni tavsiflash uchun ma'lumotni qayerdan olish mumkin? Mehmonxona bozorini segmentlash jarayonini boshlashdan oldin, bozorni yaxshilab o'rganish kerak. Bozorni tushunmasdan uni segmentga ajratish mumkin emas. Savdo menejerlari, mijozlar bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa suhbatlashib, bozor haqida eng so'nggi sharhlar, tadqiqot agentliklarini tekshirib,. biznesmenlar yoki bozorda qaror qabul qilish uchun mas'ul kishilar bilan intervyu o'tkazish kerak bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich: Bizning tovar va xizmatlarimizningi iste'molchilari va iste'molchi bo‘lmaganlari kimlar?
Ajratilgan segmentlash tamoyillari bo‘yicha xizmatlar xaridorlarining quyidagi guruhini tavsiflaymiz(guruhlarni tavsiflashda muhimi har bir guruhdan eng tipik vakillari bayon qilish uchun harakat qilish kerakkim, bu segmentlash jarayonini soddalashtiradi):
Bizning mehmonxona xizmatlarini doimiy xarid qiluvchi va raqobatchilarga o‘tib ketish ehtimoli past bo‘lgan izchil iste’molchilar;
Bizning mehmonxona xizmatlarini raqobatchilar xizmatlarini ham muntazam ravishda xarid qiluvchi sadoqatsiz iste’molchilar;
Bizning mehmonxona xizmatlarini hech qachon xarid qilmaganlar.
Iste'mol guruhlarining bu kabi xususiyatlari, iste’molchilarning yuqori va past darajadagi sadoqat sabablarini aniqlashga yordam beradi, guruhning ijtimoiy, demografik, qiziqishlariga va psixografik xususiyatlari doirasida ma'lumotini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |