O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
FAKULTET _____________________________________
FAN ____________________________________________
REFERAT
MAVZU____________________________________________
GURUH_________
BAJARDI _________________
TEKSHIRDI _______________
SAMARQAND 202__
Mavzu: Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari.
REJA:
Moliyaviy siyosat haqida.
Moliyaviy siyosatning yo’nalishlari.
Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning о‘ziga xos xususiyatlari.
MOLIYAVIY SIYOSAT HAQIDA
Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning Moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham Moliyaviy siyosat Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning Moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sosial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tyegishli Moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.
Sosial rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash va boshqa sosial ehtiyojlarning rivojlanishi tuShunilibgina qolmasdan jamiyatning sosial tuzilmasi ham tuShuniladi. Shuning uchun ham Moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog’lab qо‘yish maqsadga muvofiq emas.
Siyosat davlat faoliyatining barcha yо‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob’yekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog’liq ravishda iqtisodiy yoki sosial, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat tо‘g’risida gapiriladi.
Moliyaviy siyosat о‘z-о‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bо‘lib, bir vaqtning о‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, sosial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bо‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:
bosh maqsadni aniqlash va qо‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qо‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bо‘lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni konkryetlashtirish;
yordamida qо‘yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning myetodlari, vositalari va konkryet shakllarini ishlab chiqish;
qо‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bо‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qо‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.
Dyemak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini Moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yо‘naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlashga Moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: Moliyadan foydalanishning myetodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va myetodologik prinsiplarining majmuiga (yig’indisiga) Moliyaviy siyosat deyiladi.
Ayrim hollarda Moliyaviy siyosat davlatning о‘z funksiyalarini bajarishi uchun Moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog’liq bо‘lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin о‘zida bir nyecha xavfni mujassam etadi. Buning boisi Shundaki, milliy xо‘jalik taraqqiyotida davlatning roli tо‘g’risidagi jamiyatda hukmron bо‘lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham о‘zgaradi, transformasiyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralaShuvi, aholi turmush darajasi sosial-iqtisodiy sharoitlarini tyenglashtirish va Shunga о‘xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, Moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi (instrumyenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari bilan Moliya tizimining boshqa sub’yektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlari manfaatlari о‘rtasida qarama-qarshiliklarni kyeltirib chiqadi.
Masalan, kо‘plab mutaxassislar, Shu jumladan, davlat hokimiyat organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining nosamarali ekanligi, biznyesning ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslansa-Yu, Moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida о‘zgarmasdan qolavyersa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini о‘zgartirmasa, bunday holda davlatning Moliyaviy sisati davlat hokimiyatining tyegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining Moliyaviy siyosatiga aylanadi, qoladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi:
birinchidan, Moliyaviy siyosat faqat о‘z manfaatlarini kо‘zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining instrumyenti emas, balki jamiyatning sosial-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bо‘lishi kerak;
ikkinchidan, davlatning Moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki Moliya tizimi barcha sub’yektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;
uchinchidan, davlat Moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining Moliyaviy siyosatini farqlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |