Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ekskursiya xizmatini tashkil qilish



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/283
Sana10.02.2022
Hajmi9,27 Mb.
#441585
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   283
Bog'liq
Ekskursiya xizmatini tashkil qilishю Tuxliyev I Amriddinova R

ta ’sirchanligi -
ya’ni obyektning tashqi jilosi, uni atrofdagi 
bino-inshootlar, landshaft bilan uyg‘unligi inobatga olinadi._
• 
saqlanganligi
- y a ’ni ekskursantlarga ko‘rsatilishi re- 
jalashtirilayotgan obyektning hozirgi holati baholanadi.
• 
jo ylash u vi -
obyektlarni tanlashda ular orasidagi masofa, 
yo‘llar holati, guruhni joylashtirish uchun qulay joyning mavjudli­
gi e ’tiborga olinadi.
obyektni ко ‘rsatishdagi vaqt cheklovlari -
ya’ni obyektlarni 
ko'rsatishda mavsumiylikni, kunning ma’lum bir soatini, oyning 
ma’lum bir kunini hisobga olishni nazarda tutadi.
Ekskursiya xizmati jarayoni ekskursantga zerikish va qiziqish- 
ni pasayishiga olib kelmasligi uchun ko‘p sonli obyektlar bilan 
to‘ldirib qo‘yilmasligi kerak. Ekskursiya xizmatining eng optimal 
davomiyligi 2-4 soat bo‘lib, bu vaqt ichida ekskursant 10-20 ta 
obyektlarni ko‘rishi mumkin. Ekskursiya xizmatiga bitta obyekt 
(me’moriy yodgorligi) va obyektlar guruhi ( tarixiy yodgorliklar, 
tabiiy obyektlar, muzey eksponatlari) kirishi mumkin. Obyektlar 
jamlanmasi ekskursiya mavzusi va ishtirokchilar tarkibidan kelib 
chiqqan holda tanlanadi.
Hozirgi vaqtda respublikamizda davlat ro‘yxatida 7 mingdan 
ortiq tarixiy arxeologik va madaniy yodgorliklar, muzeylarimizda 
esa 10 mingdan ortiq eksponatlar saqlanmoqda.
Shahar bilan tanishuv mavzusidagi ekskursiyada faqat tarixiy 
yodgorliklarni ko‘rsatish noto'g‘ri bo‘ladi. Agar marshrutda yod- 
gorliklardan tashqari boshqa inshootlar, ko‘chalar, maydonlar, xi- 
yobonlar, tarixiy joylar, tabiat yodgorlikiari kiritilsa, bu ekskur­
santlar taassurotini boyitadi.
Yangi ekskursiya mavzusini tayyorlash jarayonida obyektlarni 
joyida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Zarur m a’lumotlami kitob, 
albom, rasm kabi manbalardan olish mumkin. Gidning ekskursiya 
obyektini bevosita o ‘z joyida o ‘rganishi guruhni to‘g‘ri joylashti- 
rishga, uni samarali ko‘rsatishga yordam beradi. Obyektlar tan- 
langandan so‘ng, har bir obyektga kartochka(pasport) tuziladi.
85


Obyekt kartochkasi m a’Iumotlaridan shu va kelajakdagi mavzu- 
larni tayyorlashda ham foydalanish mumkin14.
Obyekt kartochkasiga quyidagi m a’lumotlar kiritiladi:
1. Obyekt nomi (dastlabki va zamonaviy ) shuningdek, aholi 
orasida ishlatiladigan nomi;
2. Obyekt bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy voqealar, uning vaqti;
3. Obyektning joylashgan joyi, uning pochta manzili, hududi 
(shahar, qishloq, sanoat tashkiloti);
4. Obyekt tavsifi (borish yo‘li, muallifi, qanday materiallardan 
tayyorlanganligi, memorial taxtadagi yozuvi);
5. Obyekt haqida m a’Iumot beruvchi manbalar (adabiyotlar, 
arxiv m a’lumotlari, og‘zaki ijodiyot, bosmadan chiqarilgan 
asosiy ishlar va chiqarilmagan qo‘lyozmalar);
6. Obyektning saqlanganlik holati(yodgorlik ahvoli va hududi, 
oxirgi restavratsiya va ta’mirlash ishlari sanasi);
7. Obyekt qaysi tashkilot himoyasida;
8. Obyekt qaysi mavzudagi ekskursiyalarda foydalaniladi;
9. Kartochkani tuzish sanasi va tuzuvchining ismi, familiyasi.
Kartochkaga obyektning oldingi va hozirgi ko‘rinishdagi rasmi
tikiladi. Tabiiy, arxitektura, me’moriy yodgorliklar kartochka­
siga boshqa ma’lumotlar ham ilova qilinishi mumkin, masalan, 
m e’moriy obyekt kartochkasiga u yerda yana haykal mavjudligi, 
devordagi yozuvlar va yodgorliklaming dekorativ bezaklari (ich­
ki va tashqarisi), bino konstruksiyasi, texnik holati to ‘g ‘risida 
m a’lumotlar kiritiladi. Mintaqadagi barcha ekskursiya obyekt- 
lariga kartochkalaming mavjudligi yangi ekskursiya mavzularini 
tayyorlash jarayonini tezlashtiradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ekskursiya xizmati jara­
yonida obyektlar mavzuni yoritadi, ekskursantlaming diqqat 
markazida turadi, gidning hikoyalarini isbotlaydi.

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish