2-obyekt. Qo‘riqxonadagi qush turlari
11.2-rasm.
Zarafshon qo‘riqxonasidagi mavjud hayvonot
turlari.
3-obyekt. Buxoro bug‘usi
Hurmatli ekskursantlar! Endi Buxoro bug‘usi bilan tanishishni
boshlasak! Marhamat! Buxoro bug‘usi, xalq tilida «xongul» (xon
guli) nomi bilan tanilgan, katta va chiroyli hayvondir. 100 yii oldin
bunday bug‘ulami 0 ‘zbekistonning barcha hududlarida uchratish
mumkin edi. 1960-yillarga kelib, Buxoro bug'ularini faqatgina ayrim
qo‘riqxonalar hamda hayvonot bog‘larida uchratish imkoni bo‘ldi.
Hozirgi
kundagi
hisob-kitoblarga
qaraganda,
Buxoro
bug‘ularining soni 1000 tani tashkil etadi. Bu hayvon bugungi
kunda yo‘qolib borayotgan tur hisoblanib, Butunjahon qizil kitobi
hamda 0 ‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan. Bu hayvonlarni ov qil
ish qonun bilan taqiqlangan.
Zarafshon qo‘riqxonasining g ‘ururi bu Buxoro biig‘usidir.
Urg‘ochi bug‘uning vazni 300 kilogrammgacha bo‘ladi. Shoxlari
har yil o‘zgarib boradi. Tana rangi och kulrang, malla rang bo‘lib,
uning rangi qishga nisbatan yozda erkinlashadi. Oyoqlari tana
rangiga nisbatan ochroq. Yangi tug‘ilgan bug‘ular ochroq rangda
boMib, ularning tana qtsmi yon tomonlarida oq dog‘lari bo‘ladi.
Kichik bug‘uchalaming bo‘yi 60 santimetmi tashkil etadi. Tanasi-
ning og'irligi esa 9 kilogrammni tashkil etadi.
214
100 yiliar avval Buxoro bug‘ularini O'zbekistonning barcha
bududdarida uchratish mumkin edi. Ular Amudaryo va Sirdaryo
daryolarining to‘qayzorlari bo‘ynida ingichka yo‘l bo‘ylab yasha-
shadi. Qishloq xo‘jaIigining jadal rivojlanishi, to‘qayzorlarning
daiyo yoqasidan yuqotilishi, chorva mollarining ko‘payishi,
bug‘doyzorlami kengaytirish va tartibga oiinmagan ovchilik
natijasida ularning populatsiyasi XIX asrga kelib kamayib ketdi.
1990-yilgaltelib, butun dunyoda Buxoro bug4 ularining soni 300-
350 tani tashkil etdi. Hayvonlaming bu turi yo‘qolish xavfi ostida
bo‘lib, Qizil kitobga kiritildi. Shundan keyin, Buxoro bug‘ulari
yashaydigan qo‘riqxonalar hamda buyurtmaxonalarga Xalqaro
ekologik tashkilotlar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
2006-yil 12 - sentabrdan 16 - sentabrga qadar Zarafshon
qo‘riqxonasida bir qator ekologik tadbirlar o ‘tkazildi. Bu tad-
bir «Poisk» nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan tashkil
etilib, u Zarafshon qo‘riqxonasi ma’muriyati hamda «Eremurus»
ekologik kkibi ko‘magida tashkil etildi.
Shuningdek, 16-sentabr kuni qo‘riqxonada to ‘qay o‘ti hamda
majnuntol daraxti barglari terimi bo‘yicha aksiya tashkil etilib,
aksiyaning maqsadi Buxoro bug‘ulari uchun qish mavsumiga
yemish jamiash bo‘ldi. Ayrim bug‘ular maxsus maydonchada
saqlanib, ularning qish mavsumida ovqatlanishini tashkil etish
muhim masala etib belgilangan. Shuningdek, Butunjahon yovvoyi
tabiatni saqlab qolish fondi (WWF) tashabbusi bilan qo‘riqxonaga
qo‘shimcha ozuqaJar ham olib kelindi.
Bug‘ularga ko‘rsatilayotgan yordamni kuchaytirish maqsadida,
seminarJarda eng faol ishtirok etgan yoshlar taklif etildi. Ular ye
mish jamiash bo‘yieha o'zlarining hissalarini qo‘shdilar.
(Ekskursantlarga qo‘riqxonadagi Buxoro bug‘ularini tomosha
qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Savol-
larga javob beriladi).
215
11.3-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |