Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ekskursiya xizmatini tashkil qilish



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/283
Sana10.02.2022
Hajmi9,27 Mb.
#441585
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   283
Bog'liq
Ekskursiya xizmatini tashkil qilishю Tuxliyev I Amriddinova R

Observatoriya ichida. 
Samarqanddama’lum bo‘lgan astronom - 
iarning ilmiy kengashi to ‘planib, unda Ulug‘bek astronomik jad- 
val tuzish zarurligini, observatoriya qurilishi ishlari bilan bog‘liq 
b o ig an masalalami ko‘taradi (1417-y.) va o ‘sha yilning o'zida 
Samarqandda astronomik kuzatuvlar boshlaydi. Kuzatuvtar 30-yi! 
davom etadi, ya’ni barcha sayyoralarning quyosh atrofida aylani- 
shi kuzatiladi va 1447-yilda tugatiladi. Bu davrga kelib (1447-y.) 
«Ziji Ko‘ragoniy» asari tugatiladi. Observatoriyadagi kuzatuvlar 
oddiy ko‘z bilan, ya’ni optik asboblarsiz o ‘tkazilgan. Teleskop 
XVTU asrning boshida ixtiro etilgan.
Observatoriyaning asosiy asbobi sekstantning (kvadrant) ra- 
diusi 40 metr, yoyning uzunligi 63 metrga yetgan. Bu Sharqdagi 
ma’lum asboblardan eng yirigi bo‘lib. Marog‘adagi (Ozarbayjon) 
sekstantning radiusi 3 metrga yaqin edi. Beruniy o'lkan radiusli 
sekstant haqida (15 tirsak) m a’lumot beradi.
Quruvchilar bunday o ‘lkan asbobni joylashtirishning qulay 
usulini qo‘llaganlar. Uning yarmini (45°) transheyaga o ‘matib, 
zilzilalar kuchli zonada uning mustahkamligini ta’minladilar. Sek­
stant (kvadrant) ikkita parallel joylashgan yarim aylanadan iborat 
bo‘lib, janubdan shimolga to‘g‘irlangan. Sekstant marmar bilan 
ishlangan b o iib , unda graduslar belgilangan. Unda yuqoridagi 
gradus raqamlaridan 57°, pastroqda 80°, undan ham pastda 10° 
saqlanib qolgan.
Observatoriya o ‘rta asrlarda asbob-uskunasi jihatidan ham beqi- 
yos boigan. Asbob astronomiyaning asosiy doimiyliklari-ekvator 
va ekliptika orasidagi burchakni o ‘lchash, yillik jarayoni doimiy- 
sini, tropik yil davomiyligini va boshqa fundamental astronomik 
doimiyliklami aniqlashga imkon bergan. Unda sayyoralar va oy 
harakati tekshirilgan.
Observatoriyada kichik oMchamii asboblar: armilyar sfera, 2,4 
va 7 halqadan iborat o ‘lchash asboblari, tropik, quyosh va yulduz 
soatlari, astrolyabiya va boshqalar bo‘lgan. Jahon astronomiyasida 
tnuhim ahamiyatga ega bo‘lgan «Ziji Ko‘ragoniy» asari shu yerda
159


yaratilgan. Qurilishga zamonasining mashhur olimlari - astronom, 
matematik, me’morlar (masalan Qozizoda Rumiy, G ‘iyosiddin 
Jamshid, Ali Qushchi va boshqalar) jalb qilingan.
1908-yilda arxeolog V.L. Vyatkin xaroba bo‘lgan observatoriya 
qoldiqlarini tarixiy hujjatlar asosida topdi. Uzoq va sinchiklab tek- 
shirish natijasida bino silindr shaklida bo‘lganligi aniqlandi. Uning 
katta zallari, turli katta-kichik xonalari bo‘lgan.
Mirzo Boburning yozishicha, Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi 
sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan. Observatoriya ichi- 
ga o ‘matilgan juda katta asbob yordamida Quyosh, Oy, sayyora va 
yulduzlar katta aniqlik bilan o ‘rganilgan. Observatoriyada kutub- 
xona ham bo‘lgan. Ichki devorda osmon tasviri, yulduzlar xaritasi, 
tog‘, dengiz, mamlakatlar belgilangan. Yer shari tasviri ishlangan. 
Hozirda Ulug‘bek observatoriyasidagi katta asbob - sektantning 
yer ostida saqlangan qismi bilan balandligi 11 metr keladi.
Mirzo Ulug‘bek vafotidan so‘ng rasadxona bir necha o ‘n yil- 
lar davomida faoliyat ko‘rsatgan. Ilmiy ishlarga Muhammad Ali 
Qushchi va Miram Chalabiy rahbarlik qilganlar.
1964-yilda observatoriya poydevori yonida Ulug‘bek muzeyi 
ochilgan. 1994-yil Ulug‘bekning 600-yilligi munosabati bilan 
rasadxonada katta obodonchilik ishlari amalga oshiriidi, muzey- 
ning yangi ekspozitsiyalari yaratildi.

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish