Savol-javob usulida
gid ekskursantlami faollashtirish maqsa
dida hikoya jarayonida ularga savollar beradi. Bunday savollar-
ning ko‘pi ekskursantlardan javob olishga qaratilmagan va bir usul
vazifasini bajaradi, xolos. Savollami bir necha turga bo‘lish mum
kin: odatda gid javobini kutmasdan o ‘zi javob beradigan savollar,
tarixiy mazmunga ega bo‘lgan savollar, ekskursantlar e ’tiborini
kuchaytiradigan savollar.
Guvohlarga havola qilish usuli
voqea - hodisalarni obrazli
tarzda tiklash imkonini beradi. Masalan, «Hamid Olimjon teatri-
ning mashhur obrazlari» nomli ekskursiya xizmatida mazkur teatr
sahnasida obraz yaratgan aktyorlar bilan hamsuhbat bo‘lish mum
kin. Mashhur shaxslar hayotini yorituvchi ekskursiya mavzularida
esa ulami yaqindan bilgan, taniganlarni suhbatga tortish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |