Hikoya qilishning taalluqligi (bir predmetga qaratilganli-
gi),
y a ’ni hikoyaning ekskursantlar nigohi qaratilgan obyektga
bog‘liqligidir. Gid o ‘z hikoyasida aniq bir obyekt - bino, m e’moriy
ansambl, tabiat durdonasini inobatga olayotgan bo‘ladi. Ushbu
metodikaning o ‘ziga xosligi shundaki, gid ekskursantlar diqqatini
bir predmetga qaratishi kerakligi bo‘yicha ko‘rsatma beradi. Ushbu
holat bir xil o ‘xshash binolar joylashgan ko‘chada ro‘y berayotgan
bo‘Isa, u holda kerakli binoni ajratib olish uchun gid tomonidan
uning rangi, qurilish uslubi ta’kidlab o‘tiladi. Ekskursantlar binoni
ilg‘ab olganidan so‘ng gid hikoyasini davorn ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |