Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ekskursiya xizmatini tashkil qilish



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/283
Sana10.02.2022
Hajmi9,27 Mb.
#441585
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   283
Bog'liq
Ekskursiya xizmatini tashkil qilishю Tuxliyev I Amriddinova R

Yakuniy qism -
bu qism ham tanishuv qismi kabi 5-7 daqiqali 
bo‘lib, ekskursiya obyektlari bilan bog‘liq emas. Bu yerda ekskur­
siya xizmatining mavzusi bo‘yicha yakuniy xulosalar qilinadi, bu- 
gungi yoritilgan mavzuni kengaytirishi, chuqurlashtirishi mumkin 
b o ig a n boshqa ekskursiya mavzulari haqida m a’lumotlar beriladi. 
Yakuniy qism ham tanishuv va asosiy qism kabi muhimdir.
Ekskursiya xizmati qiziqarli bo‘lishi bilan birga keraksiz 
m a’lumotlar oqimi bilan yuklanmasligi, m a’lumotlami taqdim 
etish usuli toliqtiradigan bo‘lmasligi, turli toifadagi ekskursant­
lar tomonidan qiziqarli tarzda qabul qilinishi kerak. Shuning 
uchun, ekskursiya mavzusi albatta aniq bir toifa ekskursantlarga 
y o ‘naltirilishi kerak (kattalar, bolalar, yoshlar, shahar yoki qishloq 
aholisi, turli kasb egalari, chet ellik turistlar va h.). Ekskursiya xiz­
matida bunday yondashuv differensial yondashuv deyiladi. U na­
faqat iste’molchilar manfaatlarini, balki maqsadlarini ham hisobga 
oladi. Agar ekskursiya xizmati folklor tur tarkibida tashkil qilina- 
yotgan bo‘lsa, asosiy e ’tibor hududning milliy qiyofasi, obidalari 
va tarixini ko‘rsatib, hikoya qilishga qaratiladi. Agar ekskursiya 
xizmati ish yuzasidagi turizm tarkibiga kirsa, e ’tibor o‘sha hudud- 
ning umumiy, ishga aloqador markazlariga qaratiladi. Kurort dam 
olishlarda ekskursiya xizmati tashkil etilsa, tabiiy landshaftlar 
obyekt sifatida tanlanadi.
Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash jarayonida bir nechta 
bosqichlami ajratish mumkin. Ularni ekskursiya muassasalari 
amaliy faoliyatida yo‘lga qo'yilgan ketma-ketlikda ko‘rib chiqa- 
miz. «Ekskursiya xizmatini tayyorlash bosqichi» tushunchasi bi­
rinchi marotaba 1976-yilda amaliyotga qo‘llanila boshlandi va 
unda quyidagi 15 ta bosqich ajratildi:
1. Ekskursiya xizmatining maqsad va vazifalarini aniqlash.
2. Ekskursiya xizmati mavzusini tanlash.
68


3. Zaruriy adabiyotlar ro'yxatini tuzish.
4. 
Ekskursiya ma’lumoti manbalarini aniqlash. Mavzu 
bo'yicha muzey, arxiv fondlari va ekspozitsiyalari bilan tanishish.
5. Ekskursiya obyektlarini tanlash va o ‘rganish.
6. Ekskursiya marshrutini tuzish.
7. Marshrutni ko‘zdan kechirish.
8. Ekskursiyaning asosiy matnini tayyorlash.
9. «Gid portfeli» ni tahlash.
10. Ekskursiya xizmatini o ‘tkazishning usullarini aniqlash.
11. Ekskursiya xizmatini olib borish texnikasini aniqlash.
12. Uslubiy ishlanmalami tayyorlash.
13. Ekskursiya xizmatining individual matnini tuzish.
14. Sinov ekskursiyasini o ‘tkazish.
15. Ekskursiya xizmatini tasdiqlash.
Ekskursiya uslubiyatining talablaridan biri bilim olish jarayoni 
sifatida ekskursiya xizmatining uzluksizligini ta’minlash, y a’ni 
ma’lumotlami ekskursantlarga ta ’sirim butun bir ekskursiya xiz­
mati davomida ta ’minlay olish hisoblanadi. Ekskursiya xizmatini 
olib borish vaqti obyektlarni ko‘rsatish, hikoya qilish, mavzular 
oralig'idagi tanaffuslar va mavzuning asosiy savollari jamlanma- 
sidan iborat bo‘Iishi kerak10.
4.1.-rasm.

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish