Ekskursiya xizmatining maqsadi, vazifasi va
|
Maqsadi
|
o‘tkazish sbakliari'
|
0 ‘tkazish shakli
|
№
|
Vazifasi
|
1
|
Dam olish
|
Dorivor o‘simliklar,
|
Sayr
|
mevalar, qo‘ziqorinlami
|
|
|
izlash
|
|
|
|
0 ‘quv fanini o‘quvchiIar
|
Sinfdan tashqari
|
2
|
0 ‘quv
|
tomonidan o‘rganishi
|
dars
|
|
|
(botanika, geografiya, tarix)
|
|
|
|
3
|
Ilmiy
|
OMkashunoslik muzeyi
|
Ekspeditsiya
|
uchun namunalar izlash
|
|
|
|
Turistik poxodlarda
suhbat, transportli
Umumiy, madaniy
4 Umumta’limiy dunyoqarashni kengaytirish sayohatdayo‘l-yo‘ lakay ekskursiya
axborotini berish
|
Madaniy-
|
Tarix, me’morchilik,
|
Ko‘rgazmali, ko‘p
|
5
|
adabiyot va boshqa
|
ta’limiy
|
sohalardan bilimlami
|
rejali ekskursiya
|
|
|
|
oshirish
|
Mavzuli ekskursiya
|
6
|
Madaniy-
|
Tarbiya bilan uyg‘unlikda
|
tarbiyaviy
|
bilimiami olish
|
xizmati
|
|
Xulosa qilib, ekskursiya xizmatining mazmunini quyidagicha talqin qilishimiz mumkin: ekskursiya xizmati- bu insonlar gu-
1Емельянов Б.В. «Экскурсоведение» Уч.пос. М. 2006.
10
ruhiga maxsus shakllarda beriladigan bilimlar majmui bo‘lib, bi-limlami uzatishda maxsus harakatlar tizimi tanlanadi.
1.3. Ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida
Insonlaming kundalik faoliyatida ikki xil muloqot sliaklini uch-ratish mumkin: bevosita muloqot va bilvosita muloqot. Bevosita muloqot shafdiga - suhbat, ma’ruza, dars, diskussiya, miting, tele-fon, ekskursiya xizmati va shu kabilar kiradi. Bunday muloqot ja-rayonida insonlarda hissiyotlar, kayfiyatlar, fikrlaming umumiyligi shakllanadi, bir~birini tushunishga erishiladi, axborot o‘rganiladi, o‘zaro aloqa mustahkamlanadi.
Bilvosita muloqot shakli - gazeta, jumal, kitob o‘qish, radio, televizor eshitish orqali yuzaga keladi. Bunday muloqot jarayoni-da bevosita muloqot jarayoni kabi olingan axborotga subyekt reak-siyasini ko‘rsatadigan teskari aloqa mavjud bo‘lmaydi.
Ekskursiya jarayoni bevosita muloqot shakli sifatida gid va ekskursantning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, ulaming o‘zaro fikr almashuvi va harakatlarini nazarda tutadi. Insonlarga katta hajmdagi axborotlami olish imkoniyatini beradi, fikrlash qobili-yatini shakllantiradi. Ekskursiya xizmatidagi muloqot jarayonida guruhdagi individning harakatidagi birdamlikka, hissiy bir-birini tushunishiga, kayfiyat, fikrlar, qarashlar umumiyligining shaklla-nishiga erishiladi.
Ekskursiya jarayoni qatnashuvchilari muloqotini ruhiy-axborot muloqot turi, subyektlar va obyektlar o‘rtasidagi ikki xil munosa-batlar shaklining uyg'unlashuviga kiritishimiz maqsadga muvofiq-
Gidga psixologiya va pedagogika sohalaridan bilimlarning mavjudligi ekskursiya xizmatini to‘g‘ri tashkil qilishga yordam beradi. Gid va ekskursantlar o‘rtasida to‘g‘ri tashkil etilgan o‘zaro muloqoti ekskursiya kabi pedagogik jarayonning negizidir. Kom-munikativ komponent gid kasbiy mahoratining asosiy qismidir.
11
Ekskursiya xizmatining samaradorligi nafaqat gidning mavzu bo‘yicha bilimi, uni auditoriyaga yetkazish uslubiga, balki ekskur-santlar, boshqa mutaxassislar, haydovchi bilan o‘zaro muloqotiga ham bog‘liqdir.
Auditoriya bilan muloqotda hushyorlik, dialog o‘mata olish kabi xususiyatlar ham muhimdir. Ekskursiya muassasasi rahbarlari ekskursiya xizmatida gidning roliga katta e’tibor berib, uning yu-tuqlari bilan birga kamchiliklarini ham tahlil qilishadi. Ekskursiya jarayonida ekskursantlaming faolligini oshirish maqsadida gid turli variantlarni qo‘llashi kerak bo'ladi. Agarda u hikoyani keng-roq yoritsa, ma’ruzachiga aylanib qoladi, bu esa ko'rgan va eshit-ganlarni his qilishda gidning rolini susaytiradi. Gid ma’Iumotlarga urg‘u berayotganida, ekskursant diqqatini aniq yo‘naltirib, uni fikrlashga, taqqoslashga, baholashga, xulosa qilishga undasagina jarayon samarali bo‘ladi.
Amaliyotda ekskursiya xizmatini turli nuqtayi nazarda (aspekt)
ko‘rib chiqish mumkin2:
ta’lim va tarbiyaning mustaqil shakli sifatida; ommaviy auditoriya bilan ishlashning shakli sifatida; madaniy hordiqni, tarbiyaviy ishlami tashkil qilish shakli sifatida; epizodik tadbir, mavzuli siklning bir qistni, bilishning bir
pog‘onasi sifatida;
ilmiy bilimlami tarqatish shakli, g'oyaviy tarbiya sifatida; tarbiyaviy yo'nalishning bir turi sifatida (vatanparvarlik,
mehnatsevarlik, estetik) shuningdek, har tomonlama mukammal shaxsni shakllantirish jarayonining bir qismi sifatida;
madaniy-tarbiyaviy ishlarning mutlaq shakli va tashkillashtiril-gan turizmning ajralmas qismi sifatida.
Ekskursiya xizmati bir tomondan bilim bersa, ikkinchi tomon-dan ekskursantlarga san’at asarlari, tabiat hodisalari, turli soha va-killari hayoti bilan tanishish, obyektlarni to‘g‘ri ko‘rish mahoratini rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |