obyektni ко ‘rsatishdagi vaqt cheklovlari - ya’ni obyektlarni ko'rsatishda mavsumiylikni, kunning ma’lum bir soatini, oyning ma’lum bir kunini hisobga olishni nazarda tutadi.
Ekskursiya xizmati jarayoni ekskursantga zerikish va qiziqish-ni pasayishiga olib kelmasligi uchun ko‘p sonli obyektlar bilan to‘ldirib qo‘yilmasligi kerak. Ekskursiya xizmatining eng optimal davomiyligi 2-4 soat bo‘lib, bu vaqt ichida ekskursant 10-20 ta obyektlarni ko‘rishi mumkin. Ekskursiya xizmatiga bitta obyekt (me’moriy yodgorligi) va obyektlar guruhi ( tarixiy yodgorliklar, tabiiy obyektlar, muzey eksponatlari) kirishi mumkin. Obyektlar jamlanmasi ekskursiya mavzusi va ishtirokchilar tarkibidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Hozirgi vaqtda respublikamizda davlat ro‘yxatida 7 mingdan ortiq tarixiy arxeologik va madaniy yodgorliklar, muzeylarimizda esa 10 mingdan ortiq eksponatlar saqlanmoqda.
Shahar bilan tanishuv mavzusidagi ekskursiyada faqat tarixiy yodgorliklarni ko‘rsatish noto'g‘ri bo‘ladi. Agar marshrutda yod-gorliklardan tashqari boshqa inshootlar, ko‘chalar, maydonlar, xi-yobonlar, tarixiy joylar, tabiat yodgorlikiari kiritilsa, bu ekskur santlar taassurotini boyitadi.
Yangi ekskursiya mavzusini tayyorlash jarayonida obyektlarni joyida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Zarur ma’lumotlami kitob, albom, rasm kabi manbalardan olish mumkin. Gidning ekskursiya obyektini bevosita o‘z joyida o‘rganishi guruhni to‘g‘ri joylashti-rishga, uni samarali ko‘rsatishga yordam beradi. Obyektlar tan-langandan so‘ng, har bir obyektga kartochka(pasport) tuziladi.
Obyekt kartochkasi ma’Iumotlaridan shu va kelajakdagi mavzu-larni tayyorlashda ham foydalanish mumkin14.
Obyekt kartochkasiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Obyekt nomi (dastlabki va zamonaviy ) shuningdek, aholi orasida ishlatiladigan nomi;
Obyekt bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy voqealar, uning vaqti;
Obyektning joylashgan joyi, uning pochta manzili, hududi (shahar, qishloq, sanoat tashkiloti);
Obyekt tavsifi (borish yo‘li, muallifi, qanday materiallardan tayyorlanganligi, memorial taxtadagi yozuvi);
Obyekt haqida ma’Iumot beruvchi manbalar (adabiyotlar, arxiv ma’lumotlari, og‘zaki ijodiyot, bosmadan chiqarilgan asosiy ishlar va chiqarilmagan qo‘lyozmalar);
Obyektning saqlanganlik holati(yodgorlik ahvoli va hududi, oxirgi restavratsiya va ta’mirlash ishlari sanasi);
Obyekt qaysi tashkilot himoyasida;
Obyekt qaysi mavzudagi ekskursiyalarda foydalaniladi;
Kartochkani tuzish sanasi va tuzuvchining ismi, familiyasi. Kartochkaga obyektning oldingi va hozirgi ko‘rinishdagi rasmi
tikiladi. Tabiiy, arxitektura, me’moriy yodgorliklar kartochka siga boshqa ma’lumotlar ham ilova qilinishi mumkin, masalan, m e’moriy obyekt kartochkasiga u yerda yana haykal mavjudligi, devordagi yozuvlar va yodgorliklaming dekorativ bezaklari (ich ki va tashqarisi), bino konstruksiyasi, texnik holati to‘g‘risida ma’lumotlar kiritiladi. Mintaqadagi barcha ekskursiya obyekt-lariga kartochkalaming mavjudligi yangi ekskursiya mavzularini tayyorlash jarayonini tezlashtiradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ekskursiya xizmati jara yonida obyektlar mavzuni yoritadi, ekskursantlaming diqqat markazida turadi, gidning hikoyalarini isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |