Hovlining ichki qismida. Zangi otaning otasi Tojxo‘ja, uning otasi Abdul Malik ota boiib, ul zot o'zinmg piri murshidi Mansur ota orqali Xo‘ja Ahmad Yassaviyga borib taqaladi. Tojxo‘janing o ‘zi ham hazrat Yassaviyning xizmatida bo‘lib. ul zotdan bevo-sita tasarrufiy-ma’naviy ta’limot va yo‘llanma olgan. Tojxo‘ja 1218-yilda vafot etgan.
Hazrati Arslonbobo avlodi hisoblangan Zangi ota Xo‘ja Ahmad Yassaviyning beshinchi muridi Sulaymon Hakim ota Boqirg'oniynmg shogirdi hisoblangan.
Zangi ota xalq orasida cho‘ponlaming piri hisoblanib, man-balarda qayd etilishicha 1258-yilda vafot etgan. Uning qabri ustida Qur’oni karimdan bir qancha oyatlar bilan bir qatorda uning vafot etgan yili ham ko‘rsatilgan.
Anbar bibi maqbarasi. Zangi ota majmuasidagi Anbar bibi yoki Anbar ona deb atalmish maqbara Zangi otaning rafiqasi An bar bibi sharafiga qurilgan. Maqbara tuzilishi va bezagi Zangi ota maqbarasiga o‘xshab ketadi. Maqbarada ikkita qabr bo‘lib, birin-chisi Anbar bibiga, ikkinchisi esa Ulug‘ podsho, ya’ni Sulaymon Hakim ota Boqirg‘oniyning onasiga tegishli deb hisoblanadi. XIX asming oxirida maqbara gumbazi qulab tushgan. 1945-1949-yil-larda u qayta ta’mirlangan. Shuningdek, gumbaz va peshtoqning yuqori qismi qayta ta’mirlangan.
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Savollarga javob beriladi).
10.14-rasm. Zangi Ota majmuasi.
189
1410.-rasm. Zangi Ota majmuasini ko‘rsatish tartibi.
190
2-obyekt. HAZRATIIMOM MAJMUASI
Majmua qarshisida. Hurmatli ekskursantlar! Biz Hazrati Imom majmuasi qarshisida turibmiz. Hazrati Imom yoki Hasti I mom majmuasi XVI-XIX asrlarda shakllangan bo‘lib, uning aso-sini QaffoJ Shoshiy maqbarasi tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida tom ma’noda yangidan ta’mirlangan yod gorliklar sj^asiga Hazrati Imom yodgorlik majmuasi obidalarini ta’kidlash maqsadga muvofiq. Hozirgi kunda ushbu hududdagi mavjud barcha yodgorliklar: Qaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon, Muyi Muborak madrasalari, Tilla Shayx hamda Namozgoh jome’ rnasjidlari to‘Iiq ta’mirlanib, o‘zining yangi qiyofasida namoyon bo‘lmoqda. Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarida respublika-mizdagi eng qo‘li gul ustalari jalb etilib, yodgorliklar o‘ziga xos me’moriy obidalar uslubida qayta ta’mirlandi.
M ajmua markazida. Binolaming tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Toshkentdagi har bir daha o‘zining ma’lum bir yodgor-liklari bilan tanilgan. Jumladan, Sebzor dahasida Hastimom, ya’ni Hazrati Imom nomi bilan bog‘liq me’moriy yodgorlik majmualari joylashgan, u bir necha tarixiy obidalardan iborat. Majmua marka zida Imom Abu Bakr QafFol Shoshiyning (903-975-y.y) qabri joylashgan bo‘lib, qolgan binolaming eng qadimiysi XVI asrda barpo qilingan. XVI asrning 50-yillarida bu binolar Baroqxon madrasasi me’moriy yodgorliklar tarkibiga qo‘shilgan. XVI asr oxirlarida uning qarshisida «ko‘shk» uslubida Qaffol Shoshiyning avlodi Boboxoji maqbarasi joylashgan, bu bino 1939-yiIi buzib tashlangan. XVI asrda Hazrati Imom majmuasi da bir necha yuz yillarga guvoh chinorlar, qayrag‘och va boshqa daraxtlar, hovuz va ay vonlardan iborat bog1bo'lib, u yerda har yili hayit bayramlari o‘tkazilgan. XIX asr o‘rtalarida Baroqxon madrasasining shimoliy tarafida Namozgoh, ro‘parasida Muyi Muborak madrasasi, jom e’ masjid (hozirgi kunda shakllanmagan) qurilgan. XX asr boshida olti ustunli, o'n ikki gumbazii Tilla Shayx masjidi bunyod etilgan.
Majmua yon tomonida. Ma’lumki, XVI asrda, Shayboniylar hukmronligi davrida Toshkent Movarounnahming yirik madaniy, savdo va hunarmandchilik markaziga aylanadi. Xuddi shu davrda Shayx Qaffol Shoshiy qabri atrofi obodonlashtirilib, uning ustiga maqbara bunyod etiladi. Maqbara atrofi hamda Eski shahaming Sebzor qismi shayx nomi bilan Hazrati (Hasti) Imom deb atala boshlanadi. XVI asrning 30-50-yillarida Hazrati Imom qabristoni hududida Baroqxon madrasasi bunyod etilib, XV-XVI asr boshlari-ga oid ikki maqbara biri nomsiz, ikkinchisi Suyunxo‘ja maqbarasi bilan yagona majmuaga aylantiriladi. Abdullaxon II mablag'i hiso-biga Qaffol Shoshiy maqbarasi ro‘parasida shu yilda vafot etgan Shoshiy avlodi boTmish Shayx Boboxoji sharafiga qo‘sh uslubida maqbara bunyod etiladi. Maqbara 1939-yilda buzib tashlangan.
Hazrati Imom majmuasida binolar qurilishi XIX asrda ham davom ettiriladi. Xususan, 1856-1857-yillarda Baroqxon mad rasasi ro‘parasida Qo‘qon xonining Toshkentdagi hokimi Mirza Ahmad Qushbegi Muyi Muborak madrasasini, uning yonidagi shahar jome’ masjidlaridan biri-Tilla Shayx masjidini qaytadan qurdiradi.
XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Qaffol Shoshiy maqbarasi-dan sharq tomonda yirik Namozgoh masjidi quriladi. Obidaning eshigi ustida mayolik pannoda usta va xattotning ismi she’riy tarz-da fors tilida bitilgan. Inshoot bir necha marta qayta ta’mirlangan.
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Savollarga javob beriladi).
192
Do'stlaringiz bilan baham: |