Samarqand shahri «Registon» maydonidagi qaysi mad-rasa birinchi va kim tomonidan qurilgan?
Ulug‘bek madrasasi, Mirzo Ulug‘bek tomonidan;
Sherdor madrasasi, Bahodur Yalangtush tomonidan;
Tillakori madrasasi, Mirzo Ulug‘bek tomonidan;
Sherdor madrasasi, Mirzo Ulug‘bek tomonidan.
Quyidagilardan qaysi biri Ter mi/, shahriga xos yodgor liklar sanaladi?
Fayoztepa ibodatxonasi;
Chorsu bozori;
Ismoil Somoniy maqbarasi;
Dorus-Saodat majmuasi.
199
11-mavzu. 0 ‘ZBEKIST0NNING EKOLOGIK HUDUDLARIGA EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH
11.1. Ekologikresurslamingekskursiyani tashkil qilishdagi o‘rni.
11.2. Ekologik faoliyatni amalga oshirishda milliy parklar va qo‘riqxonalaming o‘mi.
11.3. Ekologiya mavzusidagi ekskursiyalar marshrutin'mg o‘ziga xosligi.
11.1. Ekologik resurslarning ekskursiyani tashkil
qilishdagi o‘rni
Ekologik turizm o'tgan asming oxirlaridan boshlab jahon tu-rizmi industriyasiga asta-sekin kira boshladi. Butunjahon turizm tashkilotining ma’lumotlari bo‘yicha keyingi besh yilda ekologik turizmda turistlar oqimi tobora ko‘payib borayotganligi haqida hisob-kitob natijalari keltirilgan. Ushbu turizm yo‘nalishida janu-biy Yevropa, Janubiy - sharqiy Osiyo, kichik Osiyo, Xitoy va Af-rika qit’asidagi davlatlar oldingi o‘rinlarda borishmoqda. Albatta, qayd qilingan geografik tabiiy manzillar betakror tabiat mintaqa-lar bo‘Iib, doimiy bahor va yoz iqlimiga ega boigan davlatlarning tabiatdagi biologik xilma-xillik resurslari, sharoitlari bu mintaqa-larda yil davomida turistlar oqimining ko‘payishini ta’minlaydi, imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi kunga kelib jahonda ekologik tu rizm jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan turizmning tarmoq-laridan biriga aylandi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlagandek «Go‘zal geografik va tabiiy sharoitlar Respub-likamiz hududida ekologik turizmni rivojlantirish uchun g‘oyat qulaydir. Bu borada mamlakatning tog‘li hududlarida joylashgan, zamonaviy jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va noyob sayyohlik dasturlari tashkil etilgan. Sayyohlikningyangi yo‘nalishi
yirik qo‘riqxonalar va bog Mar hududida tashkil etilgan tabiatshu-noslik turizmi rivojlanmoqda»24.
Darbaqiqat, 0 ‘zbekistonda ekologik turizm rivojlanib borishi-ning у ana bir sababi turist o‘zi qiziqqan tabiat va uning tabiiy sha-roiti, biologik resurslari bilan tanishibgina qolmasdan, bu tabiat bag‘rida dam oladi, tabiat go'zalligini chuqur his qiladi. Uning resurglarini avaylash xohish-istagi paydo boiadi. Respublika-mizning ekologik turizm salohiyatini hisobga olganimizda ekologik turizmni rivojlantirishning asosiy resurslari - 4 faslli tabiat mav-sumlari, o‘zining ekologik tizimlariga ega bo‘lgan 5 ta tabiiy land-shaft bio-xilma-xilliklarida endemik (faqat 0 ‘zbekiston tabiatida) turlarning mavjudligidan iborat. 0 ‘zbekistonning ekologik tu-rizmdagi resurslar salohiyatiga alohida to'xtalganimizda, quyidagi ekoturizm manbalarini keltirish, tavsifiash masalaga ravshanlik kiritadi.
O'zbekiston 3,8 mln. gektarga ega boMgan ovcbilik-baliqchilik yer maydonlariga ega, ulardan 1 mln. gektarini suv fondi tashkil etadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o‘txo‘r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 tur baliqlarga ega. Bulardan, 0 ‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobiga» o‘txo‘r hayvonlarning 24 turi, qushlaming 48 turi, sudralib yuruvchilar-uing 10 turi, bafiqlaming 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiri-tilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika insti-tuti ma’lumotlari bo‘yicha, O‘zbekistonda hozirgi kunda 4148 tur o£simiiklar mavjud. Shulardan, 3000 turlari oliy, yowoyi o‘suvchi o‘simliklar, ulardan 9 foizi endemiklardan iborat. 0 ‘zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164 km2 ni tashkil qilgan 10 ta davlat qo‘riqxonasi, 6061 km2 ni tash-ki! etgan 2 ta milliy bog‘ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko‘paytirish respublika markaziy - «Jayron» ekomarkazi, 12186 km2 maydonni tashkil etgan 17 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud.
29 Экологический вестник. Ж. Тошкент, № 6, 2007.
Keltirilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha qilib qayd qilish mumkinki, 0 ‘zbekiston Markaziy Osiyoning o‘rtasida, ekologik turizmning rivojlanishi uchun qulay transport, geografik hududlarida joylash gan. Ekspertlaming ma’lumotiga qaraganda ekoturizm sayyohlik bozorining 10-20 %ini qamrab olgan, o‘sish sur’ati esa umumiy turizm industriyasining o‘sish sur’atidan 2 - 3 marotaba oshib ket-di. Shuning uchun ham bugungi kunda ekologik turizmni rivojlan tirish asoslarini va ekologik resurs maskanlariga turistik marshrut-lar tuzishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish zarur bo‘lnioqda.
0 ‘zbekistonlik ekolog olimlarning fikricha, - ekoturizm ma’rifiy-ma’naviy tushunchalar ostida ekoturisdarning ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o‘simliklar dunyosiga, tabiiy hududlarning tarixiy yodgorliklariga, arxeologik topilma-lariga, geologiyasiga, paleontalogiya qoldiqlariga sayohatlari kabi tabiat bilan bog‘Iiq majmualar kiradi.
Ekoturizmning maqsadi - hozirgi va kelajak avlodlaming ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun tabiatdan turistik yo‘nalishda oqilona foydalanishdir. Ekoturizm ning maqsadini amalga oshirish uchun «O'zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish konsepsiyasi» da keltirilgan rejaviy dastumi keltirish kifoya qiladi. Bu konsepsiyada respublikamizda ekologik turizmni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalami bajarish muhim-ligi alohida qayd qilingan:
ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qo-nunlami ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish;
ekoturistik fan, ta’lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;
aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o‘stirish;
ekoturizm yo‘nalishidagi ta’ lim va tarbiyani yo‘lga qo‘yish;
ekoturizm bo'yicha mutaxassislami tayyorlash va qayta tayyorlash;
202
ekoturistik obyektlami har tomonlama baholash va ular-tijjig kadastrini olib borish;
ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo‘lga qo‘yish;
milliy davlat hududlarini ekoturizm bo‘yicha rayonJashtirish;
davlatlaming va xalqaro jamiyatning ekoturizmga oid tak-tik reja va strategik dasturlar hamda tadbirlarini ishlab chiqish;
biplogik xilma-xillikni saqlash.
Qayd qilingan vazifalami bajarishda quyidagi ekoturistik tamoyillami, ya’ni ekologik munosabatlami turizm orqali tartibga solishga yo‘naltirilgan qoidalarga qattiq, mas’uliyat bilan rioya qilish talab qilinadi:
ekoturizmda tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojla-nish masalalarining ustuvorligi;
ekoturizmning tarixiy, madaniy va boshqa turizm turlari bi lan bogManganligi;
turizm va servis sohasi yo'nalishidagi barcha ta’lim muas-sasalarida ekoturistik o‘quv kiritilishining maqsadga muvofiqligi;
mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini o‘stirishda ekoturizmni jalb qilish zaruriyati;
tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish-ning mazmunini ekoturistik marshrutlarda aks ettirish;
davlat, jamiyat, mahalliy boshqaruv idoralarining ekologik turizmdan manfaatdorligi;
ekoturizmda ekologik ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlikning
yagonaligi;
ekoturizmda milliy g‘urur va ifitixomi shakllantirishning zarurligi.
Qayd qilingan tamoyillarning bajarilishi 0 ‘zbekistonda ekologik turizmni jadal rivojlantirishning asoslarini ta’minlaydi.
Ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha « 0 ‘zbekistonda ekologik turizmni rivoj lantirish konsepsiyasi» qabul qilingan. Ushbu kon-sepsiyaning 1.4. bandida - ekoturizmning ijtimoiy-iqtisodiy ma-
salalari yechimini topishi lozim boigan dolzarb masaialari qayd qilingan. Ular quyidagilar:
ekoturizm obyektlarida aholini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy muhofaza qilish muammolarini ha! qilish;
ekoturizm qadamjoylarida kichik va o'rta biznesni rivojlanti rish orqali qo‘shimcha ish o‘rinIarini yaratish, turistik infiratuzil-malami hosil qilish;
ekoturizmning jahon talablariga javob beraoladigan moddiy-texnik, axborot-tahliliy bazasini yaratish xlzmat ko‘rsatish va ser-vis sohasini rivojlantirish;
ekoturizm maskanlarini elektr energiyasi va issiq suv bilan ta’minlash maqsadida ekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil energiya qurilmalari yordamida foydalanishni keng yo'lga qo‘yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |