Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


§ 5.3. Tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash yoʻllari



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/265
Sana18.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#451528
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   265
Bog'liq
fayl 2019 20211007

§
5.3. Tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash yoʻllari 
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidliligini taʻminlash 
maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: 
1. Tijorat banklari aktivlari va majburiyatlarining muddatlari oʻrtasidagi 
muvofiqlikni taʻminlash va tranzaksion depozitlarning faqat barqaror qoldigʻidan 
resurs sifatida foydalanishni yoʻlga qoʻyish orqali transformatsiya riskiga barham 
berish lozim. 
Tranzaksion depozitlarda muddat mavjud emas. Buning ustiga, ularning 
beqarorlik darajasi juda yuqori. Shu sababli, ulardan toʻgʻridan toʻgʻri resurs 
sifatida foydalanish, aktivlar va majburiyatlarning muddatlari oʻrtasidagi 
muvofiqlik taʻminlangan sharoitda ham, tijorat bankining likvidliligiga nisbatan 
kuchli salbiy taʻsirni yuzaga keltirishi mumkin. 
2. Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan 
qarzdorlik muammosini hal qilish maqsadida: 


49 
a)
Mijozlarning kredit toʻloviga layoqatliligini baholashning xalqaro bank 
amaliyotida 
keng 
qoʻllanilayotgan, 
takomillashgan 
metodikalarini 
respublikamiz banklari amaliyotiga joriy qilish; 
b)
Tijorat banklarida muammoli kreditlarni ―oldindan ogohlantirish‖ tizimini 
yaratish va uni takomillashtirish zarur; 
c)
Hukumat kafolatlari asosida berilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan 
qarzdorlikning oʻz vaqtida undirilishini taʻminlash maqsadida (Davlat 
budjetida ortiqcha pul mablagʻlarining mavjud emasligini hisobga olib), 
maxsus Jamgʻarma tashkil etish lozim. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 12-sentabrdagi PQ-3270-
sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga 
oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi qarorida Moliya vaziriga har yilgi Davlat budjeti 
shakllantirilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan xalqaro 
moliya institutlariga, xorijiy va mamlakat tijorat banklariga berilgan kafolatlarga 
xizmat qilish boʻyicha tegishli xarajatlar moddasida pul mablagʻlarini koʻzda tutish 
vazifasi yuklandi. 
 
3. Davlat qimmatli qogʻozlaridan ochiq bozor obyektlari sifatida foydalanish 
bilan bir vaqtning oʻzida xalqaro reyting agentliklarining (Standart & Poorts, 
Moods, Fitch Reytings) yuqori kredit reytingiga ega boʻlgan (kamida VV reyting 
bahoga) tijorat banklari va korxonalarning qimmatli qogʻozlari (depozit 
sertifikatlari, jamgʻarma sertifikatlari, obligatsiyalari) hisobidan Markaziy 
bankning ochiq bozor operatsiyalarini yoʻlga qoʻyish lozim. 
Buning uchun zarur shart-sharoitlarni ham yaratish lozim. Masalan, tijorat 
banklarida, Markaziy bankga, pul-kredit organi sifatida, ishonch boʻlishi lozim. 
Bundan tashqari, inflyatsiya va milliy valyutaning qadrsizlanishi taʻsirida qimmatli 
qogʻozlarning real qiymati pasaymasligi kerak. 
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan markazlashgan 
diskont va lombard kreditlari berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish hamda tijorat 
banklarini Markaziy bank tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri kreditlar (overdraft, kunlik, 
muddatli shakllardagi kreditlar) berish uzluksizligini taʻminlash yoʻli bilan qayta 


50 
moliyalash siyosatining bank tizimining likvidliligini taʻminlashdagi rolini oshirish 
zarur. 
Markaziy bankning overdraft kreditlari tijorat banklarining milliy valyutadagi 
―Nostro‖ vakillik hisobraqamida yuzaga kelgan pul mablagʻlari yetishmasligi 
muammosini hal qilish maqsadida beriladi. Kunli kreditlar esa, bir operatsion kun 
davomida beriladi. 
Dunyoning bir qator mamlakatlarida (Shvetsiya, Rossiya) kunlik kreditlar 
Markaziy banklar tomonidan qimmatli qogʻozlarni garovga olgan holda foizsiz 
beriladi va ular milliy toʻlov tizimini qoʻllab-quvvatlash maqsadida beriladi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish