Korxona (предприятие / enterprise)
– mehnatkashlar jamoasi mulkidan
foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqarib, uni isteʻmolchilarga sotadigan yoki
sanoat xarakteridagi turli xizmat ishlarini bajaradigan yuridik shaxs huquqiga ega
boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektidir.
Qimmatli qogʻozlar (Ценные бумаги / Securities)
– bu ularni chiqargan
shaxs bilan ularning egasi oʻrtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini
tasdiqlovchi, devident yoki foiz % koʻrinishida daromad toʻlashni hamda ushbu
hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxsga berish imkoniyatini
nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |