Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


§ 19.3. Tijorat banklarining sof foydasi miqdori va uning darajasiga



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/265
Sana18.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#451528
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   265
Bog'liq
fayl 2019 20211007

§
19.3. Tijorat banklarining sof foydasi miqdori va uning darajasiga 
taʻsir qiluvchi omillar 
Daromad va xarajatlarni guruhlash mos ravishda bank foydasining 
operatsiya foydasi, qoʻshimcha faoliyatdan olingan foyda, boshqa foydaga 
boʻlinadi.
Operatsiya foydasi (sof operatsiya daromadlari) operatsiya daromadlar
va operatsiya xarajatlar oʻrtasidagi farq orqali aniqlanadi.
U quyidagicha shakllanadi: 

Kredit operatsiyalari boʻyicha foyda (zarar) – mablagʻlarni 
joylashtirishdan olingan foyda va jalb qilingan resurslarga toʻlanadigan 
foizlar orasidagi farq; 


273 

Qimmatli qogʻozlar boʻyicha operatsiyalardan olinadigan foyda (zarar) –
qimmatli qogʻozlarni joylashtirishdan olingan daromad va qimmatli 
qogʻozlar bilan operatsiya xarajatlari orasidagi farq; 

Xorijiy valyutalar bilan bogʻliq operatsiyalardan foyda (zarar) -xorijiy
valyutalarni sotishdan olingan daromad bilan ularni sotib olish bilan 
bogʻliq xarajatlar oʻrtasidagi farq. 
Shunday qilib, operatsion foydaning asosiy tarkiblari quyidagilar 
hisoblanadi: 

Foizli foyda = foizli daromadlar – foizli xarajatlar; 

Komissiya foyda = komissiya daromad – komissiya xarajat; 

Boshqa operatsiya foydasi = boshqa daromadlar – boshqa xarajatlar. 

Qoʻshimcha faoliyat foydasi = qoʻshimcha faoliyatdan olingan daromad 
bilan ularni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar oʻrtasidagi farq. 
Tijorat banklarining daromad va xarajatlarining asosiy qismlari bu
foizlar hisoblanadi, u orqali bank foydasi, foizli marja shakllanadi. Bankning
boshqa operatsiya foydasi bankning mijozlarga koʻrsatadigan xizmatlarning 
rivojlanishi bilan bogʻliq. 
Xorijiy mamlakatlarda moliyaviy natijalarning shakllanishi quyidagicha: 
1. Jami foizli daromadlar; 
2. Jami foizli xarajatlar; 
3. Sof foizli daromad yoki foizli marja (1-2, yaʻni jami foizli 
daromadlar – jami foizli xarajatlar); 
4. Kreditlar boʻyicha zararlarni qoplash zahirasi;
5. Zahirani baholab chegirib tashlanganidan keyingi sof foiz daromadi
(3-4, yaʻni sof foizli daromad - kreditlar boʻyicha zararlarni qoplash zahirasi); 
6. Jami foizsiz daromadlar; 
7. Jami foizsiz xarajatlar; 
8. Sof foizsiz daromad yoki foizsiz marja (6-7, yaʻni jami foizsiz 
daromadlar - jami foizsiz xarajatlar); 


274 
9. Soliq toʻlagunga qadar foyda (zarar) (5+8), yaʻni zahirani baholab 
chegirib tashlanganidan keyingi sof foiz daromadi + sof foizsiz daromad); 
10. Soliqlar;
11. Soliq toʻlangandan keyingi sof foyda (9-10 ). 
Yuzaga kelgan sof foyda hisobidan aksionerlar umumiy yigʻilishining
qaroriga asosan dividendlar toʻlanadi. Sof foydaning dividendlar toʻlangandan
keyin qolgan qismi taqsimlanmagan foyda deyiladi.
Taqsimlanmagan foyda – rezerv fondiga ajratma va dividendlar 
toʻlanganidan keyin qoladigan foydaning bir qismi hisoblanadi.
Bank ixtiyorida qolgan sof foyda imidjiga ham oʻz zarbasini koʻrsatmay
qolmaydi. Bank faoliyatida uning sof foydasi alohida ahamiyat kasb etadi. 
Tijorat banklari foydasini taqsimlash Markaziy bank tomonidan 
tasdiqlangan balansning 2-shaklga, yaʻni ―Foyda va zararlar‖ hisobotiga asosan 
amalga oshiriladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida foydaning taqsimoti quyidagi 
yoʻnalishlar asosida amalga oshiriladi: 

Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash; 

Dividend toʻlovlarini toʻlash; 

Turli fondlarni shakllantirish;

Umumiy zahiralarni shakllantirish; 

Kapitallashuvni oshirish; 

Xodimlarga 13 va 14 – mukofotlarni berish. 
Shuni alohida taʻkidlash lozimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat
banklari ixtiyorida qoladigan foydani taqsimlash har bir tijorat bankiga tegishli 
boʻlgan uning ichki masalasidir. 
Banklararo raqobatning rivojlanishi foydaning maqsadli yoʻnaltirilishini
taʻminlaydi, bank mahsulotlarini kengaytirish, takomillashtirish zarurligini
bildiradi, mehnat kollektivining moddiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradi.

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish