Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


§ 17.1. Tijorat banklari foiz siyosatining mohiyati va unga taʻsir qiluvchi



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/265
Sana18.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#451528
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   265
Bog'liq
fayl 2019 20211007

§ 17.1. Tijorat banklari foiz siyosatining mohiyati va unga taʻsir qiluvchi 
omillar 
§ 17.2. Tijorat banklari amaliyotida foydalaniladigan foiz stavkalari, ularning 
asosiy turlari va boshqarish usullari 
§ 17.3. Xorijiy davlatlar bank amaliyotida foiz stavkalarini shakllantirish 
tajribasi
 
§
17.1. Tijorat banklari foiz siyosatining mohiyati va unga taʻsir 
qiluvchi omillar 
Tijorat banklarining foiz siyosati mamlakat iqtisodiyotiga taʻsir etuvchi 
muhim instrumentlardan biri boʻlib hisoblanadi. Bankning foiz siyosati 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdgi ―Infilatsion 
taregetlash rejimiga bosqichma bosqich oʻtish orqali pul kredit siyosatini 
takomilashtirish 
toʻgʻrisida‖gi 
PF-5877-sonli 
Farmoni, 
Oʻzbekiston 
Respublikasining ―Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida‖ va ―Aksiyadorlik 
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida‖gi qonunlari 
hamda 2004-yil 30-yanvarda 1306-son bilan roʻyxatdan oʻtgan ―Tijorat banklarida 
foiz hisoblash toʻgʻrisida‖ hamda 2004-yil 24-yanvarda 1304-son bilan roʻyxatdan 
oʻtgan ―Foizlarni oʻstirmaslik toʻgʻrisida‖gi Nizomlar, shuningdek markaziy 
bankning meʻyoriy hujjatlari va bankning ichki me‘yoriy hujjatlari hamda ularga 
kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar talablariga muvofiq ishlab chiqiladi. 
Tijorat banklari foiz stavkalaridan har doim iqtisodiyotni makro va mikro 
darajada tartibga solish uchun foydalaniladi. Agar iqtisodiyotni mikro darajada 
oʻrganadigan boʻlsak, tijorat banklari tomonidan foiz siyosatini qay darajada 
samarali ishlab chiqganligiga, yaʻni kredit va depozitlar boʻyicha oʻrnatilgan foiz 
stavkalariga bogʻliq boʻladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini 
oshirish yoʻlida moliyaviy xizmatlar bozorida tijorat banklari faol ishtirok etib 
kelmoqda. Ular tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga turli xildagi xizmatlar 


238 
koʻrsatilmoqda. Umuman olganda, aholiga taklif etilayotgan va uning turli 
qatlamlari uchun qulay va manfaatli boʻlgan omonat turlarining soni oshib 
bormoqda. Yuridik shaxslarga, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlariga turli yoʻnalishlarda qisqa va uzoq muddatli kreditlar berilmoqda, 
banklarning lizing operatsiyalari hajmi ortib bormoqda. Maʻlumki, tijorat banklari 
depozitlari va kreditlari miqdorining oʻsishi tijorat banklari foiz siyosati bilan 
chambarchas bogʻliqdir. Bank tomonidan depozitlar boʻyicha oʻrnatiladigan foiz 
stavkalari, shuningdek, kreditlar boʻyicha undirish uchun belgilangan foiz 
stavkalari bankning depozit va kredit operatsiyalari hajmining oʻsishiga bevosita 
taʻsir koʻrsatadi. 
Bank operatsiyalari boʻyicha bank tomonidan toʻlanadigan va undiriladigan 
foizlar miqdori bankning alohida hujjatlarida aks ettiriladi. Ilgari respublikamiz 
banklarida kredit siyosati, depozit siyosati, foiz siyosati degan tushunchalar 
boʻlmagan. Xalqaro bank amaliyotini oʻrganish natijasida milliy bank tizimida 
yuqorida sanab oʻtilgan bank siyosatlari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. 
Dastlab foiz siyosati depozit va kredit siyosati ichiga kirgan boʻlsa, keyinchalik 
alohida foiz siyosati ishlab chiqilib, bank amaliyotida qoʻllanilib kelmoqda. 
Tijorat banklari foiz siyosati depozitlar va kreditlarning oqilona foiz 
stavkalarini shakllantirish va foiz riskini boshqarish bilan bogʻliq tadbirlar 
majmuasidir.
Tijorat banklarining foiz siyosatining asosiy jihatlari quyidagilardan iborat: 
1. Foiz siyosatining asosiy maqsad va vazifalari: foiz siyosatining asosiy 
maqsadi foiz siyosatida aniq belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozim. Ayrim banklarda 
foiz siyosatining asosiy maqsadi sifatida foiz risklarini boshqarish tizimini 
takomillashtirish belgilab qoʻyiladi, boshqalarida esa sof foizli daromad darajasini 
oshirish koʻrsatiladi. 
2. Foiz riskini yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan holatlar: bunday holatlar, 
odatda, kredit qoʻyilmalarining hajmini keskin oshirilishi natijasida yoki 
kreditlarning bozor stavkalarini sezilarli darajada oshishi natijasida yuzaga kelishi 
mumkin. 


239 
3. Foiz riskini boshqarish usullari: odatda, bank amaliyotida foiz riskini 
asosiy boshqarish usullari sifatida foizli svoplardan keng foydalanadilar, kichik 
banklarda esa koʻproq kredit riskiga limitlar oʻrnatish uslubidan foydalanadilar. 
4. Foiz stavkalarini oʻstirmaslik maqomini belgilash tartibini joriy qilish. 
Tijorat banklari har bir aniq kelishuvlarida foiz meʻyorini hisoblaganda 
quyidagilar eʻtiborga olinadi: 
- taʻminlangan ssudalar boʻyicha kreditga eng layoqatli mijozlar uchun aniq 
muddatga beriladigan bazaviy foiz stavkasining darajasini; 
- har bir alohida kelishuvning shartlarini inobatga olgan holda tavakkalchilik 
uchun qoʻshimcha toʻlov.
Tijorat banklarining daromad olish sohasi faoliyati uning foiz siyosati orqali 
amalga oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning foyda olishi uchun shart-
sharoit yaratar ekan, demak, oʻzining manfaatini ham amalga oshirgan boʻladi. 
Banklar foiz siyosatini amalga oshirishda omonatlar boʻyicha toʻlanadigan foizni 
ularning oʻzlari taqdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq 
qilib belgilaydi. Olingan va toʻlangan foizlarning summalari oʻrtasidagi farq 
banklarning foydasini tashkil etadi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish