§ 6.2. Tijorat banklari riskli aktivlarini boshqarish usullari Tijorat banklari riskli aktivlari ichida asosiy oʻrinni kreditlar egallaydi. Shu
sababli, kredit portfelini boshqarish riskli aktivlarni boshqarish tizimida muhim,
oʻziga xos oʻrin egallaydi.
Tijorat bankining kredit portfeli – bu bank tomonidan berilgan va hali
qaytarilmagan barcha kreditlarning yigʻindisidir.
Kredit portfeliga muddati oʻtgan kreditlar ham, sharti qayta koʻrib chiqilgan
kreditlar ham, sud jarayonidagi kreditlar ham kiradi.