Kafil (поручитель / surety)
– muayyan vazifalarni bajarish uchun kafillik
beradigan va uning bajarilishini nazorat qiladigan shaxs, idora, tashkilot, davlat
yoki davlatlar guruhi.
Kafillik (поручительство / surety)
– bu bir tomonlama majburiyat
koʻrsatilgan shartnoma boʻlib, kafil ular vositasida kreditor oldida qarz oluvchining
qarzini zarurat boʻlib qolganda toʻlab yuborish majburiyatini oladi.
Kafolat (гарантия / guarantee)
– bu maʻlum muddat oʻtgach muayyan
miqdordagi summaning qarzdor tomonidan berilishni taʻminlaydigan kafolat
beruvchining toʻla majburiyatlari tushiniladi.
Kreditga qobillilik (Кредитый способност / loans ability)
– bu xoʻjalik
subyektlari tomonidan kreditlarni oʻz vaqtida va toʻlaligicha qaytara olish
qobiliyati hamda moliyaviy ahvoliga beriladigan baho.
Kredit qiymati (Стоимость кредита / cost of credit)
– qarz oluvchi qarz
beruvchiga kreditdan foydalanganligi uchun beriladigan foiz ( % ) summasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |