§ 13.4. Banklar depozitlarini boshqarish usullari
Tijorat banklarining depozit operatsiyalarini boshqarishda quyidagi
usullardan foydalaniladi:
178
1. Maʻmuriy usullar.
2. Iqtisodiy usullar.
Maʻmuriy usullarga quyidagilar kiradi:
* depozit operatsiyalarni rejalashtirish;
* depozit operatsiyalarni amalga oshirish siyosati, qoidalari va meʻyorlarini
oʻzida aks ettirgan ichki bank hujjatlarini ishlab chiqish.
Depozit operatsiyalarni boshqarish usullaridan foydalanish samaradorligini
taʻminlashning zaruriy shartlaridan biri boʻlib, depozitlar jalb qilish va ularni
aktivlarga joylashtirishda risk va daromad darajalarini toʻgʻri baholash imkonini
beradigan ishonchli maʻlumotlarning mavjudligi hisoblanadi.
Depozit operatsiyalarni boshqarish usullari quyidagilarga boʻlinadi:
* analitik usullar;
* spetsifik usullar;
* marketing usullari.
Analitik metodlar depozitlar jalb qilish bilan bogʻliq boʻlgan tendensiyalar
va muammolarni aniqlash imkonini beradi. Oʻz navbatida, analitik metodlarga
quyidagilar kiradi:
- guruhlash usuli;
- qiyosiy tahlil usuli;
- tarkibiy tahlil usuli;
- trendli tahlil usuli.
Spetsifik usullar depozit operatsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan risklarni
kamaytirish, bankning resurs bazasini diversifikatsiya qilish imkonini beradi.
Marketing usullari quyidagilardan iborat:
* mijozlarni turli toifalari boʻyicha turkumlash;
* mijozlarning kartotekasini yaratish;
* depozit xizmatlari bozorini monitoring qilish;
* depozit xizmatlarini reklama qilish;
* depozitlarning barqarorligini taʻminlash.
179
Qisqacha xulosalar
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari depozit bazasining yetarliligini
aniqlashda ikki usuldan keng foydalanilmoqda. Birinchi usul Xalqaro tiklanish va
taraqqiyot banki (XTTB) ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan.
XTTB ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan usulda transaksion
depozitlarning barqaror qoldigʻi tijorat banklari depozit bazasining yetarliligini
aniqlashda hisobga olinmagan.
Hozirgi davrda dunyoning koʻpchilik mamlakatlarida, shu jumladan,
Oʻzbekiston Respublikasida tijorat banklari depozit faoliyatini inspeksion
tekshirishda ―CAMEL‖ reyting tizimidan keng foydalanilmoqda.
―CAMEL‖ reyting tizimida asosiy depozitlar deganda depozitlarning
bankni tark etmaydigan qismi tushuniladi. Shu jihatdan olganda, asosiy depozitlar
har uch turdagi depozitlar – transaksion depozitlar, muddatli depozitlar va
jamgʻarma depozitlarining barqaror qoldigʻini oʻz ichiga oladi.
―CAMEL‖ reyting tizimidagi depozit bazasining yetarliligini baholash
usuli XTTBning baholash usuliga nisbatan mukammalroq hisoblanadi.
Birinchidan, transaksion depozitlarning barqaror qoldigʻi hisobga olinmoqda,
ikkinchidan, jamgʻarma depozitlarining barqaror qoldigʻigina asosiy depozit
sifatida eʻtirof etilmoqda. Holbuki, jamgʻarma depozitlarining maʻlum qismi
nobarqaror passiv hisoblanadi.
Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim
vosita boʻlib turlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qoʻyilgan mablagʻlarga
daromad olish mijozlarning qoʻyilma qoʻyishga undovchi muhim omil hisoblanadi.
Muddatli qoʻyilmalar boʻyicha foiz stavkasi hajmini oʻrnatishdagi muhim
omil boʻlib, mablagʻlar joylashtirilgan muddat hisoblanadi.
Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan majburiy zahira talablari bank
tizimida depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi boʻlib xizmat
qiladi.
Depozit operatsiyalarni boshqarish usullari quyidagilarga boʻlinadi: analitik
usullar; spetsifik usullar; marketing usullari.
180
Do'stlaringiz bilan baham: |