Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/165
Sana09.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#649289
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   165
Bog'liq
fayl 2019 20211007

§
 
7.2. Tijorat banklarining kredit siyosatini mezonlari 
Har qanday tijorat bankining kredit siyosatining asosiy maqsadi
quyidagilardan iborat boʻladi: kredit qoʻyilmalari hajmining oʻsishini, riski yuqori 
boʻlgan operatsiyalarni odilona diversifikatsiyasini, oʻrta va uzoq muddatli kredit 
qoʻyilmalar hajmining koʻpaytirilishini va ularning samaradorligini taʻminlashga 
yoʻnaltirilgan boʻladi. Shuningdek, kredit siyosati investitsion kreditlar salmogʻini 
oshirish, imkon darajada iqtisodiyotning real sektorini kreditlash, ishlab chiqarish 


70 
korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kabi asosiy yoʻnalishlarini ham oʻz 
ichiga qamrab olishi lozim. 
Kredit siyosati bankning oʻziga xos ―kredit manbai‖ni yaratadi va u bank 
faoliyati yomonlashganda hamda kredit vakolatlari va majburiyatlari oʻzgarganda 
bankning huquqni saqlab qolish uchun katta ahamiyat kasb etadi. Qatʻi kredit 
siyosati asosida berilgan bank kreditlari umumiy kreditlash faoliyatini rivojlanishi 
va kreditlarni samarali ishlashi uchun zamin yaratadi. Bankning kredit siyosati 
qoidalariga rioya etishning asosiy maqsadlari: foyda olishni taʻminlash, risklarni 
boshqarish bank faoliyati meʻyorlariga rioya etishga erishish imkonini beradi. 
Barcha talablar darajasida ishlab chiqilgan kredit siyosatiga rioya etish bank 
ssuda portfelini sifatli boshqarish uchun asos boʻladi. Bu esa oʻz navbatida, uning 
qarzdorlari va aksiyadorlari foydasini koʻpaytiradi va faravonligini oshiradi. 
Tijorat bankini kredit siyosatida kredit portfelini boshqarishning asosiy 
yoʻnalishlari qilib quyidagilar belgilab olinadi: 

kredit risklari darajasiga taʻsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash,ularni 
baholash va bartaraf etish; 

qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini va uning moliyaviy 
axvolini aniqlash kredit riskini bashorat qilish; 

muammmoli ssudalarni oldindan aniqlash va ularni soʻndirish choralarini 
ishlab chiqish; 

kredit qoʻyilmalarini diversifikatsiya qilish, ularni likvidliligini va 
daromadliligini taʻminlash; 

kredit olgan mijoz bilan doimo aloqada boʻlib turish; 

kichik va oʻrta tadbirkorlikni, dehqon va fermer xoʻjaliklarni moliyaviy 
qoʻllab quvvatlash. 
Bank tomonidan, xoʻjalik subyektlarini aylanma mablagʻlari yetishmasligi, 
mavjud mablagʻlarni meʻyoridan ortiqcha tayyor mahsulot qoldiqlariga jalb 
qilinishi, mablagʻlarni tayyor mahsulot sifatida qotirib qoʻyish sabablarini oʻrganib 
borishi, zararga ishlayotgan va bankrotlik alomatlari koʻzga tashlanayotgan 


71 
xoʻjalik subyektlarining moliyaviy ahvolini doimiy monitoringini tashkil qilish 
bank kredit siyosatini ustuvor yoʻnalishlari boʻlib hisoblanadi. 
Kredit siyosatida bank tomonidan beriladigan kreditlar toifasi va turlarini 
aniqlash va belgilashi lozim. Masalan, kreditlash sohalari boʻyicha: tijorat 
faoliyati, sanoat, qishloq xoʻjaligi, kapital qoʻylmalarni moliyalashtirish va boshqa 
tarmoqlarga kredit berish, kredit turlari boʻyicha: ―kredit liniyalarini ochib va 
ochmay‖ kreditlash yoki kreditlashning boshqa usullarini qoʻllashni belgilab 
berishi mumkin. 
Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lozim, kredit 
xodimlari kredit portfelidagi barcha maʻlum boʻlgan salbiy oʻzgarishlar toʻgʻrisida 
rahbariyatni xabardor qilishi lozim. Qarzdor yoki garovchining ahvoli 
yomonlashishini oldindan aniqlash ehtimoliy yoʻqotishlarni kamaytirish uchun 
juda muhimdir. 
Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari boʻyicha ―toʻlovsizlik‖ 
tushunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni oʻstirmaslik mezonlari, shuningdek, 
bank boshqaruvi va Kengashini tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni oʻz ichiga 
olishi lozim. Kredit siyosatida qarzlarni qaytarishga doir izchil, bosqichma-bosqich 
chora-tadbirlar koʻrilishini talab qilish kerak. Rahbariyat Markaziy bank 
tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish 
tadbirlarini ishlab chiqishi lozim. 
Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank 
Kengashi va Boshqaruvi aʻzolariga yuklatilgan. Odatda tijorat bankini kredit 
siyosatining yoʻnalishlari quyidagilardan tashkil topadi: 

bankning oʻrni va obroʻsini moliyaviy-borqaror banklar singari yaxshilash; 

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki normativlariga muvofiq darajada 
oʻz kapitalining yetarliligini taʻminlash; 

bankni samaradorligi va barqarorligini qoʻllab-quvvatlagan holda uni 
daromadlarini maksimallashuvini taʻminlovchi aniq kredit va investitsiya 
siyosatini oʻtkazish; 


72 

strategik jihatdan muhim boʻlgan shahar tumanlarida yangi omonat 
kassalarini ochish bilan bogʻliq boʻlgan bank tarmogʻini kengaytirish. 
Kreditlash jarayonida bank siyosati bank oldidagi majburiyatlarni bajara 
oladigan yangi mijozlarni kredit resurslari bilan taʻminlash, yuqori sifat 
darajasidagi kreditlarni taqdim etishni kengaytirish hisoblanadi. Tijorat banki 
foydaliligini hisobga olgan holda xalqaro standartlar miqyosida mijozlarga sifatli 
kredit xizmatini taqdim etishga erishiladi. Shuning uchun bank kredit siyosatini 
asosiy tamoyillariga quyidagilar kiritilgan: 

kreditlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishni barcha darajalari boʻyicha 
javobgarlikni taqsimlash; 

bank tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari uchun aniq 
belgilangan shartlarning mavjudligi; 

maxsus kreditlash tamoyillari – muddatlilik, toʻlovlilik, qaytarib 
berishlilik, taʻminlanganlik va rentabellik asosida beriladigan kreditlarni nazorat 
qilish; 

bank boshqaruvini umumiy siyosati bilan maxsus faoliyat 
yoʻnalishlari siyosati (yaʻni depozitlar boʻyicha, investitsiya boʻyicha, aktivlar va 
passivlarni boshqarish boʻyicha va hokazo)ning uzviy bogʻliqligi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish