Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank moliya xizmatlari fakulteti


Budjet munosabatlarining paydo bo’lishi va ahamiyati



Download 176,39 Kb.
bet2/12
Sana11.07.2022
Hajmi176,39 Kb.
#776082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
budjet 777

I BOB. Budjet haqida umumiy tushunchalar va ularning tasnifi.

1.1 Budjet munosabatlarining paydo bo’lishi va ahamiyati.


Davlat byudjeti tuzilmasi Budjet tuzilishining qanday tuzilganligi mamlakatning mamuriy-hududiy tuzilishiga va hukumat organlarining vakolatlari taqsimotiga bog’liq bo’ladi. Markaziy hukumat bilan mamlakatning mamuriy-hududiy tuzilmalari (shtatlar, provinsiyalar, oblastlar, o’lkalar kabi) o’rtasida hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga ko’ra barcha davlatlar unitar va federativ (federativ davlatlarda davlat tuzilishining ikki shakli – federativ va konfederativ davlat tuzilishi mavjud) davlatlarga bo’linadi.
Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pogonali Budjet tizimi amal qiladi: federal budjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan: davlat budjeti, markaziy budjet, federal budjet); federatsiya subyekt(azo)larining budjetlari; mahalliy (munitsipal) Budjetlar.
Jahon amaliyotida davlat tuzilishining shakllariga mos ravishda bir qancha Budjet tuzilishi modellari amal qiladi: markazlashmagan model; markazlashgan model; aralash model.
O’zbekiston Respublikasining Budjet tuzilishi Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har yili qabul qilinadigan O’zbekiston Respublikasining davlat Budjeti togrisidagi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari va davlat budjeti parametrlari prognozlari to’g’risidagi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida belgilanadi.
Budjet tizimini boshqarish quyidagilarni nazarda tutadi: Budjet tizimining asosiy tamoyillariga amal qilgan holda budjet munosabatlarini boshqarish;
Barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish, korib chiqish, qabul qilish, ijro etish jarayonlarini boshqarish; Budjet jarayonida ishtirok etuvchi subektlar, organlar va budjet mablag’larini oluvchilar faoliyatini boshqarish;
Oliy Majlis; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; Mahalliy davlat hokimiyati organlari; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning quyi organlari; Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gaznachiligi; Markaziy bank; Vakil qilingan vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralari va boshqa alohida vakolatli organlar Budjet tizimini boshqarish subektlari qatorida quyidagilarni korsatish mumkin:
Budjet daromadlari - davlat budjet tizimining budjetlarigaqonun hujjatlarida belgilangan beg’arazlik va qaytarib bermasliktartibida kelib tushadigan pul mablaglaridir. Davlat daromadlari - bu yaratilgan milliy boylikning davlat ehtiyojlari uchun jalb etiladigan qismidir. Davlat daromadlari keng mazmunli tushuncha bo’lib, oz ichiga budjet daromadlari (milliy daromadning turli darajadagi budjetlarga jalb etilgan qismi)ni ham, budjetdan tashqari davlat jamg’armalari mablag’larini ham o’z ichiga oladi. Budjet daromadlari davlat daromadlarining eng salmoqli qismini tashkil etadi.
Budjet daromadlari Soliqlar va boshqa majburiy tolovlar; davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar; meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari; rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar. O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 50-moddasiga binoan Davlat budjeti daromadlari quyidagilardan iborat:
Davlat budjeti xarajatlari YaIMning qayta taqsimlanishi natijasida davlat budjetida jamlangan pul mablag’larining maqsadga muvofiq qayta taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog’liq budjet qonunchiligi bilan tartibga solinadigan pul munosabatlari yig’indisidir. Budjet xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy taminlashga yonaltiriladigan pul mablag’laridir. Davlat budjeti xarajatlari Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qollab-quvvatlash xarajatlari; nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari; iqtisodiyot xarajatlari; markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlab turish xarajatlari; sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari; fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari; boshqa xarajatlar. Davlat budjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat:
Budjet jarayoni, odatda, budjet faoliyatining quyidagi tort bosqichini oz ichiga oladi:
budjet loyihasini tuzish;
budjetni korib chiqish va tasdiqlash;
budjetni ijro etish;
budjetning ijrosi togrisidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash.
Budjetnoma erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini nazarda tutadigan hujjat bo’lib, ushbu yo’nalishlar asosida Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihalari shakllantiriladi.


Download 176,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish