O’zbekistonda olib borilayotgan islohatlar va amalga oshiralayotgan loyialar.
3. Shuni ham ta’kidlash zarurki, markaz malakali xodimlarni saralab olishga yo‘naltirilgan o‘z ishlarini davom ettirib, Toshkent shahridagi 12ta yetakchi oliy ta’lim muassasalari, xususan, Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiyasi Universiteti, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti, Toshkentdagi Menejmentni rivojlantirish Singapur instituti va boshqa OTMlarning bitiruvchi hamda magistrlari bilan uchrashuv-suhbatlar o‘tkazmoqda. Mazkur oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilaridan ko‘plab rezyume (obyektivkalar) qabul qilingan. Ularning safidan munosiblarini saralab olish hamda kelgusida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi «Elektron hukumat» o‘quv markazida malaka oshirishlarini rejalashtirganmiz. Shundan keyin muvaffaqiyat bilan attestatsiyadan o‘tgan talabgorlarni ishga qabul qilish uchun suhbatga taklif etiladilar.
— Markaz faoliyati, dastlabki natijalar borasida so‘z yuritsangiz.
— Markaz tashkil etilganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q, biroq shunga qaramay, talaygina ishlar amalga oshirildi. Sohaga oid qonunchilik-me’yoriy bazasi shakllantirildi va yanada takomillashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Davlatimiz tomonidan 2013–2020 yillarda O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilinib, unda aholining davlat hokimiyati organlari bilan elektron shaklda o‘zaro aloqalarda bo‘lishini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimida «yagona oyna» tamoyilini joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilandi. «Elektron hukumat» axborot tizimlarini va ma’lumotlar bazasi komplekslarini yaratish bo‘yicha tadbirlar belgilab berildi. «Elektron hukumat» tizimini joriy etish bo‘yicha taklif etilgan choralar samaradorligini baholash uchun davlat organlarida interfaol xizmatlarning turli sohalari va yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlar ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, vazirliklar va idoralar tomonidan kelishish uchun Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga taqdim etilgan Davlat rahbariyati va Hukumati darajasida qabul qilinadigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari har tomonlama o‘rganildi hamda «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonun loyihalari bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Hozirgi davrda hujjat idoralararo ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan; «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonun; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha «yagona oyna» mar-kazlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi «Tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 312-sonli Qarori va qator boshqa hujjatlar.
Davlat organlari faoliyati funksional va operatsion jarayonlarini qayta tashkil qilish, shu jumladan, davlat xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan biznes-jarayonlarini boshqarishni yaxshilash, takomillashtirish va innovatsion mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan ishlar faol olib borilmoqda. Barchaga ma’lumki, elektron hukumat tizimini yaratish kam vaqt sarflab, yanada samarali boshqaruvni ta’minlash bilan birga, jamiyat hamda hukumat o‘rtasidagi aloqalarni tubdan o‘zgartirishni ham ta’minlaydi.
Hozirgi holatga kelib, Markaz xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri yo‘lovchi transporti ishini tashkil etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Xususan, «8-Avtosaroy» OAJ ish jarayonini maqsadli o‘rganish o‘tkazildi. Ish jarayonlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va boshqaruv tizimini yaxshilash bo‘yicha takliflar va tavsiyalar bilan Axborot-tahliliy ma’lumotnoma taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi ushbu hujjatni «Toshshahartransxizmat» tizimi boshqa avtoparklarida hisobga olish uchun va xulosalari hamda tavsiyalaridan amaliy foydalanishni tavsiya etdi.
Shu bilan birga Markaz xodimlari tomonidan AKT’ni rivojlantirish va Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) va «Toshkent-tovar» (TIY tovar posti) tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida eksportni bojxona rasmiylashtirish amallarini maqsadli o‘rganish o‘tkazildi.
Bundan tashqari, hozirga kelib, Markaz tomonidan «Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi» xodimlari bilan hamkorlikda ko‘chmas mulkka huquqlar o‘zgarishini davlat ro‘yxati xizmatlari operatsion jarayonlarini o‘rganish va yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish ishlari yakunlandi va «O‘zbekenergo» DAK hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan hamkorlikda yer uchastkalari berish, qurilishga ruxsat berish hamda elektr quvvati ta’minoti obyektlariga ulanish masalalarini o‘rganish davom ettirilmoqda.
Davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi holati va rivojlantirilishini tizimli monitoring qilish doirasida, Markaz xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi Qarorining bajarilishi yo‘lida yilning 1-choragi bo‘yicha 123ta ixtisoslashtirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimi bo‘limlari hamda mahalliy hukumat organlarida davlat hokimiyati axborot faoliyatini joriy etish va rivojlantirish holatini baholash o‘tkazilib, unda axborot tizimlari va resurslarini joriy etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini reytingli baholash tizimining joriy etilishi o‘rganildi.
Elektron hukumat arxitekturasini hamda axborot tizimlarini rivojlantirish va axborot tizimlari ekspertizasini o‘tkazish yo‘nalishi bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. Markazga kelishuv bo‘yicha texnik loyihalar, texnik topshiriqlar, TIA va OTIH, konsepsiyalar va takliflar kelib tushadi, xodimlar tomonidan ularning ekspertizasi o‘tkaziladi va ular bo‘yicha ko‘rsatmalar hamda takliflar ishlab chiqiladi. Ular orasida EHAT «E-hujjat» versiyasini yaratish, mobil qurilmalarda «E-XAT» dan foydalanish uchun; yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha «Newjob» hisobot yuritishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi kabi va ko‘plab boshqa loyihalarni ko‘rsatish mumkin.
Qo‘shimcha qilib, bugungi kunda elektron hukumat tizimining samarali elementlari sifatida 20dan ortiq loyihalar amalga oshirilganligini ta’kidlab o‘tish lozim. Shu jumladan: Tashkilotlar hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida elektron-axborot o‘zaro munosabatlari infratuzilmasi tizimini tashkil etuvchi elementi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali — gov.uz har qanday fuqaro yoki korxona, tashkilot, muassasa vakili O‘zbekiston davlat hokimiyati barcha elementlari bo‘yicha to‘la axborot olishi hamda bevosita gov.uz portali orqali elektron ko‘rinishda davlat hokimiyati u yoki bu organiga rasmiy so‘rovnoma jo‘natishi mumkin. Bundan tashqari, mazkur portalda Asosiy davlat interfaol xizmatlari to‘la reyestri berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |