Samarqand davlat veterinariya va biotexnalogiyalar universiteti talabasi Rahmatullayev Dilshodning Mutahassilik fanidan tayyorlagan slayd ishi
Mavzu; Produtsenlar
Produtsentlar (lot. producentis — ishlab chiqaradigan, hosil qiladigan) — fotosintez va xemosintez yordamida anorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladigan avtotrof organizmlar. Produtsentlar geterotrof organizmlar — konsumentlar va redutsentlarga qarama qarshi qoʻyiladi. Produtsentlar oʻtxoʻr konsumentlar uchun ozuqa manbai hisoblanadi. Quruqliq va suv ekosistemasidagi asosiy P. — yashil oʻsimliklar hisoblanadi. P. oziqlanish zanjirining boshlangʻich zvenosini, barcha ekosistemalar asosini tashkil etadi.[1]
Asosiy tushunchalar;
Produtsentlar yoki avtotrof organizmlar oʻzlari uchun kerakli boʻlgan organik moddalarni hosil qiladi. Konsumentlar yoki geterotrof organizmlar esa boshqa organizmlarni isteʼmol qilish orqali ulardagi organik moddalarni oʻzlashtiradilar.
Oziq zanjiri bu organizmlarning chiziqli ketma-ketligi boʻlib, bir organizm boshqasi bilan oziqlanishi natijasida oziq moddalar va energiyaning bir organizmdan ikkinchi organizmga oʻtishidan iborat.
Oziq zanjirida har bir organizm turlicha trofik darajani egallaydi va bu zanjir asosidagi qismdan qancha energiya ajralib, zanjirning keyingi qismiga oʻtishiga koʻra farqlanadi.
Oziq toʻrlari bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan koʻplab oziq zanjirlaridan iborat va ular ekotizimdagi ozuqa isteʼmoli munosabatlarining grafik ifodasi hisoblanadi.
Oziq zanjiri;
Oziq zanjiri asosida produtsentlar joylashadi. Produtsentlar avtotrof organizmlardir va ularning asosiy qismini oʻsimliklar, suvoʻtlar va sianobakteriyalar kabi fotosintez qiluvchi organizmlar tashkil etadi.
Produtsentlar bilan oziqlanuvchilar birinchi tartib konsumentlar deb ataladi. Birinchi tartib konsumentlar odatda oʻsimliklar bilan oziqlanuvchi oʻtxoʻrlardan iborat, shu bilan birga, suvoʻtlar va bakteriyalar bilan ham oziqlanishi mumkin.
Birinchi tartib konsumentlar bilan oziqlanuvchi organizmlar ikkinchi tartib konsumentlar deb nomlanadi. Ikkinchi tartib konsumentlar asosan goʻsht bilan oziqlanuvchi yirtqich hayvonlardan iborat.
Ikkinchi tartib konsumentlar bilan oziqlanuvchi organizmlar uchinchi tartib konsumentlar deb nomlanadi. Bular burgut yoki katta baliq kabi yirtqichlar bilan oziqlanuvchi yirtqichlarni oʻz ichiga oladi.
Baʼzi oziq zanjirlarida toʻrtinchi tartib konsumentlar kabi qoʻshimcha darajalar ham mavjud, yaʼni uchinchi tartib konsumentlar bilan oziqlanuvchi yirtqich hayvonlar. Oziq zanjirining eng yuqorisidagi organizmlar yuqori konsumentlar deb nomlanadi.
Produtsentlar avtotrof organizm bo'lib, qumqlikdagi va suvdagi yashil o'simliklardan tashkil topgan. Tayyorlangan organik moddalarning bir qismi konsumentlar (o'txo'r hayvonlar) tomonidan iste’mol qilinadi, keyingilari esa o'z navbatida go'shtxo'r hayvonlar va odamlar uchun oziq hisoblanadi.
Har yili yerda fotosintezlovchi organizmlar 140 mlrd tonnaga yaqin organik moddalarni sintezlaydi. (T.A.Akimova, V.M.Xaskin, 1998) Geologik davr (1 mlrd yil) davomida organik moddalar parchalanishiga ko‘ra sintezlanishi qo'proq bo'lishi natijasida atmosferada CO2 miqdori kamayib 02 miqdorining tobora ortib borishiga sabab bo'lgan.