ESHITILDI:
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Maktabgacha ta`lim fakulteti "Maktabgacha ta’lim pedagogika va psixologiyasi" kafedrasi mudiri so’zga chiqib quyidagi qarorlar mazmunini qisqacha kafedra professor o‘qituvchilariga o‘qib eshittirdi.
1. Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berilsin.
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida (keyingi o'rinlarda Universitet) Transformatsiya ofisini tashkil etish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilsin. Transformatsiya ofisi quyidagilar uchun mas’ul etib belgilansin: Universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2026-yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta'lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro’yxatga kiritish;
Universitet faoliyatini raqamlashtirish hamda taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
Universitetni tanitish bo‘yicha milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘i va boshqa vositalar orqali targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish. Belgilansinki, Transformatsiya ofisi rahbari lavozimi bo‘yicha Universitet prorektoriga tenglashtiriladi.
Quyidagilar: 2022, 2025-yillarda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetini kompleks rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq; Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetini 2025-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mutaxassislik kafedralarini ilmiy-tadqiqot muassasalari, tarmoq korxonalari va tashkilotlariga biriktirish jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin...
Universitet tarkibida quyidagilar tashkil etilsin: agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Agrobiotexnologiyalar va Agrobiotexnologiyalar instituti); oziq-ovqat xavfsizligi instituti (keyingi o'rinlarda
muhandislik, avtomatika, mexatronika, robototexnika, raqamli elektronika, elektrotexnika, mashinasozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Muhandislik fizikasi instituti (keyingi o'rinlarda - Muhandislik instituti);
pedagogika, axborot texnologiyalari va hududda kadrlarga ehtiyoj yuqori bo'lgan boshqa sohalarda kadrlar tayyorlovchi Universitetning Urgut filiali (keyingi oʻrinlarda - Filial).
Quyidagilar Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialning asosiy faoliyat yo'nalishlari etib belgilansin.
2. 0'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi "Ilm-fan va ta'lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo'shimcha haq to'lash tartibi to'g'risida"gi 1030-son qarori ma'lumot va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Institutda ilm-fan va ta'lim sohasidagi ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchi ilmly darajaga ega xodimlarning lavozim maoshiga qo'shimcha haq to'lash bo'yicha ishchi komissiya tarkibi quyidagicha tasdiqlansin:
Z.Muminova - Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari, rais
A.Ismoilov-Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i, rais o'rinbosari
N.Allanazarova - O'quv-uslubiy bo'limi boshlig'i, a'zo
N.Ro'ziqulova- Institut kasaba uyushmasi vakili, a'zo
S. Qo'yliyev- Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i, a'zo
A.Xolmatov-Moliya-rejalashtirish bo'limi boshlig'i, a'zo
B.Abdurasulov Yuriskonsult, a'zo
G.Xujayev-Bosh auditor
B.Xaydarov -Aniq va tabily fanlar va jismoniy ma'daniyat fakulteti dekani, a'zo
M.Fayziyev - Pedagogika kafedrasi mudiri, a'zo
E.Mardonov- Maktabgacha ta'lim kafedrasi mudiri, a'zo
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5186-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Yo'l xarita”si 9-bandida belgilangan "Uchinchi Renessans yoshlar nigohida" mavzusida tanlov o'tkazish yuzasidan vazirlik va idoralar o'rtasida qo'shma qaror imzolandi.
Sizdan mazkur qo'shma qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosini hamkor tashkilotlar bilan belgilangan muddatida va yuqori saviyada ijrosini ta'minlashingiz so'raladi.
4. 2021/2022-o'quv yilida institutda mavjud magistratura mutaxassisliklari 1-bosqichida ta'lim olayotgan magistrantlarning 2021/2022-o'quv yili ikkinchi semestrda o'qish vaqtini 8:00 dan 13:00 ga ko'chirilsin.
2021/2022 o'quv yilida ikkinchi semester magistratura mutaxassisliklarining dars jadvallarini reja asosida tashkil qilish hamda belgilangan tartibda doimiy nazorat qilish o'quv-uslubiy bo'limi boshlig'i N.A.Allanazarova zimmasiga yuklatilsin.
Yuqoridagi qarorlar va xatlar mazmuni bo’yicha Barcha yig’ilish qatnashchilari o’z fikrlarini bildirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |