Uchinchidan,
mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan
foydalanishning mos kelishi kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik
holatini aks ettiradi
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpi
ichki mahsulot (YaIM), sof
milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik,
inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi.
Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda yangilanib, miqdoran
ko‘payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga
qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni ham to‘xtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |