doiraviy aylanishi
deyiladi.
Tadbirkorlik kapitali doiraviy aylanishining yaxlit ko‘rinishi quyidagicha
bo‘ladi:
Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muomala sohasida, ya’ni
resurslar va tovarlar bozorida, ikkinchi bosqichi esa ishlab chiqarishda ro‘y beradi.
Shuning uchun formulada ishlab chiqarish jarayoni va muomala sohasi o‘rtasidagi
oraliqlar nuqtalar (…) bilan ajratilib ko‘rsatiladi.
Har bir bosqichda kapital muayyan harakat shakliga kiradi. Birinchi bosqichda
u pul shaklida, ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari va uchinchi
bosqichda tovar shaklida yuzaga chiqadi. Kapital doiraviy aylanish jarayonida uning
har bir shakli alohida vazifani bajaradi va shunga ko‘ra ular
Do'stlaringiz bilan baham: |