Samarqand davlat universitetining 90-yilligiga bag‘ishlanadi



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/253
Sana25.01.2022
Hajmi2,58 Mb.
#408476
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   253
Bog'liq
iqtisodiy nazariya

bozor muvozanati
 deyiladi.
 
Bozor  muvozanati  vujudga  kelgan  holda  shakllangan  narx  bozor  narxi  deyiladi. 
Ba’zan  uni  muvozanatlashgan  narx  ham  deb  yuritiladi.  Bozor  muvozanati  va 
muvozanatli  narx  har  doim  mavjud  bo‘lib  turmaydi,  ularga  ta’sir  qiluvchi  ko‘plab 
omillar  muvozanatlikning  buzilishiga  sabab  bo‘ladi.  Ammo  iqtisodiyotda  ushbu 
muvozanatga doimo intilish mavjud bo‘ladi. 
 


70 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Grafikda  E  nuqatga  muvozanatli  narx  (N
m
)  va  mahsulotning  muozanatli 
miqdori (M
m
) mos keladi. Ya’ni, narx 250 so‘m bo‘lganda, xaridorlar mazkur tovar 
(un)  dan  3  tonna  sotib  olishga, sotuvchilar  esa  3  tonna  unni  bozorga  chiqarishiga 
tayyor  bo‘ladi.  200  so‘mlik  narxda  sotuvchilar  va  xaridorlar  ahvoli  butunlay 
o‘zgaradi:  sotuvchilar  faqat  2  tonna  unni  sotishga,  xaridorlar  esa  5  tonna  sotib 
olishga tayyor bo‘ladi.  
so‘m 
 
350 
300   
250 
200 
150 
100 
 50 
   0 
 
P  
      D      ortiqcha ishlab chiqarish         S                    
 
                    E                   
                                 
S                                                  D 
                 taqchillik                      
 
 
 
 
 1,0    2,0    3,0    4,0    5,0     6,0        Q, tonna 
Grafikda narxning 350 so‘m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab 
chiqarilishini  ko‘rsatadi  va  to‘yingan  bozorni  ifodalaydi.  Aksincha,  150  so‘m 
darajasidagi  bozor  holatida  tovar  taqchilligi  (defitsit)  vujudga  keladi  va  taqchil 
tovar bozorini tavsiflaydi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos 
kelishini  qarab  chiqishga  o‘tish  imkonini  beradi.  Mos  kelishlik  o‘z  ifodasini 
muvozanatli narxda topadi.  
Oldingi  bandlarda  ko‘rib  chiqilgan  talab  va  taklif  egri  chiziqlarini  bitta  grafikka 
joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini hosil qilamiz (7-chizma):   
T
b
=T
f
=N
m
=M
m
,  bu  erda:  T

-  talab,  T

-  taklif,  N
m
  -  muvozanatli  narx,  M
m
  – 
tovarning muvozanatli miqdori. 
 
Muvozanatli  narxni  tushunib  olish  uchun  vaqt  omili  katta  ahamiyatga  ega 
bo‘ladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va  uzoq davrli muvozanatlik 
holatni farqlash zarur. 
Bir  zumlik  muvozanat  uchun  taqdim  qilinadigan  tovarlarning  o‘zgarmas  yoki 
doimiy  miqdori  xos.  Bu  ishlab  chiqarishning  bozor  vaziyatiga  tez,  birdaniga 
moslasha olmasligi bilan bog‘liq. 
 
Muvozanatli  narxni  tushunib  olish  uchun  vaqt  omili  katta  ahamiyatga  ega 
bo‘ladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va  uzoq davrli muvozanatlik 
holatni farqlash zarur. 
Bir  zumlik  muvozanat  uchun  taqdim  qilinadigan  tovarlarning  o‘zgarmas  yoki 
doimiy  miqdori  xos.  Bu  ishlab  chiqarishning  bozor  vaziyatiga  tez,  birdaniga 
moslasha olmasligi bilan bog‘liq. 
 


71 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Uzoq  davrli  muvozanatlik  o‘zgarishi  uzoq  muddatli  davrdagi  omillardan 
foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash 
va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‘liq investitsiyalar haqida gap 
boradi.  Bu  davrda  yangi  korxonalarni  qurish  hamda  mazkur  bozorda  yangi 
korxonalarning paydo bo‘lishi ham mumkin bo‘ladi. 
 
Bozorning  yuqorida  bayon  etilgan  modeli  statik  model  hisoblanadi,  chunki  u 
vaqtning  qandaydir  qat’iy  belgilangan  davri  (masalan,  yil,  oy  va  h.k.)ni  o‘z  ichiga 
oladi.  Vaqt  mobaynidagi  uning  o‘zgaruvchilari  o‘rtasidagi  aloqalar  ko‘rib 
chiqilmaydi. 
 
Modelga  talab,  taklif  va  narxning  vaqt  mobaynidagi  o‘zaro  bog‘liqligining 
kiritilishi  uning  dinamik  modelini  tashkil  etadi.  Bunda  amaldagi  bozor  narxi 
muvozanat  narxiga  muvofiq  kelishi  ham,  kelmasligi  ham  mumkin.  Umuman 
olganda,  dinamik  modelda  vaqt  o‘tishi  bilan  talab  va  taklifning  o‘zaro  nisbati 
saqlanib  qolgani  holda  narxning  muvozanatga  intilishiga  ko‘ra  3  xil  holat  ro‘y 
berishi mumkin: 
 
1) vaqt o‘tishi bilan muvozanat narxidan chetlanish darajasining kamayib borishi 
(8-chizma); 
 
2) vaqt o‘tishi bilan muvozanat narxidan chetlanish darajasining o‘sib borishi (9-
chizma); 
 
3)  narxning  muvozanat  narxi  atrofida  tebranib,  umuman  muvozanatga 
erishmasligi (10-chizma). 
 
Bu  holatlarning  grafikdagi  ko‘rinishi  xuddi  o‘rgimchakning  to‘ri  shaklidagi 
chiziqlar hosil qilganligi uchun odatda iqtisodiyot nazariyasida uni «o‘rgimchak to‘ri 
shaklidagi model» deb ataladi.  
 
Birinchi  holatni  ko‘rib  chiqamiz.  8-chizmadan  ko‘rinib  turibdiki,  narxning 
dastlabki  R
0
  darajasida  talab  juda  past,  taklif  esa  juda  yuqori  bo‘ladi,  ya’ni  ishlab 
chiqaruvchilar mahsulot hajmini Q
0
 darajasiga qadar etkazishlari mumkin. 
 



Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish