9
g‘oyaviy-tarbiyaviy
vazifasi
– ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida
talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o‘rganuvchilarning
ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini
talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari
yo‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko‘pay-
tirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon
miqyosida bozorgir bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholi-
sining turmush darajasini ko‘tarish ruhida tarbiyalaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning
inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni
mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbi-
yalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |