Dezintegratsiya – butunning ayrim qismlarga parchalanishi.
Deizm – Xudo dunyoni yaratgach, unda ishtirok etmaydi va uning voqealari tabiiy kechishiga aralashmaydi, deb hisoblaydigan falsafiy nuqtai nazar.
Determinizm – barcha voqealar va hodisalarning qonuniyligi va sababiy bog’langanligi haqidagi falsafiy ta’limot.
Dialektika – harakat, rivojlanish, o’zgarish haqidagi falsafiy ta’limot.
Ideal – mutlaq barkamollik, bunday barkamollik haqidagi tasavvur.
Ierarxiya – bir narsaning funktsional ahamiyati yoki xizmat mavqeiga ko’ra ikkinchi narsaga, uchinchi narsaga va hokazolarga bo’ysunishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |