O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
Alisher Navoiy nomidagi
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Fakultet: Ijtimoiy - iqtisodiyot
Yo’nalish: Ijtimoiy ish
Fan: Mehnat sotsiologiyasi
KURS ISHI
Mavzu: MEHNAT SOSIOLOGIYASI VA IQTISODIY SOSIOLOGIYANING ASOSIY KATEGORIYALARI
Bajardi: Baratov A
Tekshirdi: dost. Jo’rayev L.
Samarqand -2014
Mavzu: MEHNAT SOSIOLOGIYASI VA IQTISODIY SOSIOLOGIYANING ASOSIY KATEGORIYALARI
Reja:
Kirish
Asosiy qism.
-
Iqtisodiy sosiologiya fanining rivojlanishida xissa kushgan olimlar.
-
Mehnat va iqtisodiy sosiologiyaning mohiyati va asosiy xususiyatlari.
-
Mehnat va iqtisodiy sosioloigyaning sosial shakllari va shart-sharoitlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati.
Kirish
Hozirgi kunda ijtimoiy fanlar qatorida, xususan, “Sosiologiya” fani oldida shakllanib kelayotgan yangi ijtimoiy munosabatlar va ularning xususiyatlari, bozor munosabatlariga o’tish jarayoni hamda uning kelgusidagi ijtimoiy oqibatlarini, mehnat munosabatlarining yangi sharoitdagi o’ziga xos jihatlarini o’rganish masalasi ko’ndalang bo’lib turibdi. Sosiologiya va uning maxsus nazariyasi- mehnat sosiologiyasi doirasida bu muammolarning ham nazariy, ham amaliy tomonlari o’zaro dealektik bog’liq holda olib qaralishi lozim. Mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan jamiyat hayotining barcha jihatlari, jarayonlari konkret sosiologik tadqiqot asosida o’rganiladi.
O’zbekiston davlati iqtisodiy asoslarini, ularning tarkibiy funksional qatlamini mehnat sosiologiyasi doirasida o’rganish muammosi hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biridir. Chunki, hozirda mehnatning mazmuni, xarakteri va unga bo’lgan munosabat o’zgarmoqda. Boshlanayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy davr talablaridan biri “Ishlab chiqaruvchilarning ham, iste’molchilarning ham ruhiyatini o’zgartirishi lozim” bo’lgan vazifa turadi.
Iqtisodiy sosiologiyaning vazifasi uning predmeti bilan bog’liq bo’lgan kishilarning ijtimoiy hayot qonuniyatlari, mehnatning ijtimoiy muammolari, mehnat faoliyati jarayonlarini o’rganishdan iborat. Sosiologiya ning bu maxsus nazariyasi mehnat sohasidagi tadqiqotlarning xususiy prinsiplari, kategoriyalari va usullaridan foydalanadi. Mehnat sosiologiyasining tarkib topishi va rivojlanishi g’arb sosiologiyasi bilan marksistik sosiologiyada deyarli bir davrda – XX asrning 20-yillaridan boshlandi. AQShda mehnat sosiologiyasi F.Teylor, E.Meyo, K.Levin, Dj.Moreno, F.Xersberglarning sosiologik konsepsiyalari asosida shakllanib, o’zining yuksak ilmiy darajasiga erishdi.
Iqtisodiy sosiologiya fanining rivojlanishida xissa kushgan olimlar.
Iqtisodiy sosiologiya fanining rivojlanishida S.Sismondi, U.Petti, A.Smit, D.Rikardo kabilar tarmoq xususiyatlaridan qat’i nazar, ishlab chiqarish, shuningdek ne’matlarning taqsimlanish masalalarini o’zlarining asosiy tadqiqot obyektlari qilib olishgan edi. Bu iqtisodchilar ko’plab iqtisodiy jarayonlarning ilmiy ifodasi bo’lgan tushunchalarni va kategoriyalar sistemasini ishlab chiqishdi va ularni asoslab berishdi
Iqtisodchilardan A.Smit, Uilyam Petti, D.Rikardolar tomonidan boshlangan qiymat nazariyasini yorqin va tushunarli qilib xulosaladi. U ishlab chiqarish jarayonida iste’molda bo’lgan ishlab chiqarish vositalarining qiy-mati, ishchi o’zining iste’moli uchun ketadigan zaruriy mahsulot qiymatidan tashqari qo’shimcha mehnat qilib, qo’shimcha mehnat yarata olishini ko’rsatib berdi, qo’shimcha mahsulot hisobidan jamg’arish, tibbiyot, maorif, madaniyatni rivojlantirish, davlatni boshqarishni, mudofaani mustahkamlash va ularni mablag’lar bilan ta’minlash mumkinligini isbotlab berdi.
Qo’shimcha mahsulot faqat ekspluatasiyaning mavjudligini isbotlaydigan ko’rsatkich emas. Shu barcha taraqqiyotning iqtisodiy mezoni, uning manbai ekanligi isbotlandi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan “marjinalizm” (fransuzcha mar-ge «yozilgan sahifada qoldirilgan ochiq joy (pole)» ma’nosini bil-diradi) deb atalgan oqim vujudga kelib, shakllana boshladi. Bu oqim tarafdorlari o’z tadqiqotlarida individual iqtisodiy xulq-ning subyektiv ta’rifini asos qilib oldilar. Bundan tashqari, iqtisodiy tahlilda og’irlik nuqtasi ishlab chiqarish xarajatlari va sarflaridan natijalarga o’tkaziladi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo’lgan talab va uning bahosi o’rtasidagi bog’liqlik hamda o’zaro ta’sirni tahlil qilishda keng qo’llanildi. Ular tomo-nidan chegaraviy fanga chegaraviylik qoidasi kiritildiki, bu matematik tahlil usullaridan keng foydalanish imkonini yaratdi. Ushbu yo’nalishda iqtisodiy fanda bir qator maktablar shakllandi, ularning bir qismi hozirda e’tirof etilib, tan olingan. Jumladan, avstriya maktabi namoyondalari K.Menger, E.Bem-Bevorklar ne’matlarning chegaraviy foydaliligi nazariyasi bilan taniqlidir. Unga muvofiq ne’matlarning qiymati uning chegaralanganligi va noyobligi bilan aniqlanadi1.
Iqtisodiy sosiologiyaning yangi yo’nalishi neoklassik (ya’ni yangi klassik) deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan biri A.Marshall bo’lib, iqtisodiy jarayonlarning funksional bog’-lanishi va funksional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi. Uning fikricha, bozor muvozanati va bahosini aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat. Bu nazariy yo’nalishning namoyonda-laridan biri Shveysariya iqtisodchisi Leon Valras bo’lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelini ishlab chiqishga harakat qildi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi S.Shumpeter «Iq-tisodiy taraqqiyot nazariyasi» (1912) deb atalgan kitobida iqtiso-diy tizimlar o’zgarishining ichki kuchlarini, uning ichki mazmunini va turtki beruvchi ichki kuchini ko’rsatishga harakat qilib, iqtisodni asosiy harakatga keltiruvchi kuch tadbirkordir, degan xulosaga keladi.
Ingliz iqtisodchisi Djon Keyns o’zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) degan kitobida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – daromad (kapital xarajatlar), iste’mol va jamg’a-rishlarning o’zaro bog’liqligini tahlil qilib, investisiya va iste’-molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili ekanligini isbotlab beradi. Keyns ta’siri bilan iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo’lga qo’yildi.
Hozirgi iqtisodiy nazariyaning muhim yo’nalishlaridan biri “monetarizm” deb ataladi. Uning asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi Milton Fridmen tadqiqotining negizida iqtisodiyotni barqaror qilishda pul omili asosiy rol o’ynaydi, degan g’oya yotadi.
Amerikalik olim Vasiliy Leontyev «xarajat-natija», deb atalmish iqtisodiy nazariyaning asoschisidir.
Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator yo’nalishdagi iqtisodiy ta’limotlar majmui «Ekonomiks» («Iqtisod») nomli kitobda mujassamlashgan bo’lib, u AQSh, Angliya va boshqa qator mamlakatlarda darslik hisoblanadi. Rus tiliga tarjima qilingan va bizga ma’lum bo’lgan P.Samuelson, Makkonnell va Bryular kabi iqtisodchilarning asarlari uning namunalaridir. Shunday qilib, Iqtisodiy sosiologiya fani avvalda politicheskaya ekonomiya (siyosiy iqtisod), keyin esa ekonomiks nomi bilan yuri-tila boshlandi.
Hozirgi paytda bu fan yurtimizda va boshqa qator mamlakat-larda Iqtisodiy sosiologiya deb atala boshladi.
Iqtisodiy sosiologiya fan sifatida shakllangungacha bosib o’tilgan yo’llar, vujudga kelgan g’oyalar, oqimlar juda murakkab, bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shunday bo’lsa-da, ular bir-birini to’ldirib, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyat-larini, qonunlarini ma’lum darajada ifodalab keldi. Shuning uchun ularni bilish va Vatanimiz iqtisodiy ravnaqi yo’lida ulardan foydalanish zarurdir.
Iqtisodiy sosiologiya fani nimani o’rganadi, degan savolga to’g’ri javob berish uchun, avvalo, iqtisod, iqtisodiyot tushunchalari-ni va Iqtisodiy sosiologiya fanining mazmunini, uning maqsad va vazifalarini bilish lozimdir1.
Insonlar faoliyati ichida eng muhimi va asosiysi iqtisodiy faoliyatdir. Bir-biri bilan chambarchas bog’liklikda amal qiladigan iqtisodiy faoliyatlarning barchasi yaxlit qilinib bir so’z bilan iqtisod deb, ataladi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi tarzida bo’lganligi uchun iqtisod degan tushuncha paydo bo’lgan edi (uning kelib chiqishi haqida yuqorida ma’lumot berilgan edi). Lekin hozirgi davrda iqtisod faqat uy yoki individual xo’jalikdan iborat emas, balki yirik jamoa, hissadorlik, davlat xo’jaliklari, moliya va bank sistemalari xo’jaliklararo, davlatlararo qo’shma kor-xonalar, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy aloqalardan tashkil topgan bo’lib, juda murakkab soha hisoblanadi. Buning ustiga, hamma resurslar, ya’ni mablag’lar, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari cheklangan. Shu cheklangan resurslardan oqilona foydalanib, aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi talabini qondirish, shu yo’lda eng kam resurs sarflab, ko’proq natijaga erishish, resurslar va mahsu-lotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini topish ham iqtisodiyot naza-riyasi fanining mazmunini tashkil etadi. Hamma fanlar kabi iqtisodiy sosiologiya fani ham, eng avvalo, bilish vazifasini bajaradi. U jamiyat iqtisodiy hayotining jarayonlari va hodisalarini o’rganish va ularni tushuntirib berishga da’vat etadi. Bu fan funda-mental bo’lib, iqtisodiy hayotning ayni mohiyatiga kirib borishi, iqtisodiy jarayonlarni boshqaruvchi qonunlarni kashf etishi va bu qonunlardan foydalanish yo’llarini ko’rsatib berishi lozim. Iqti-sodiyot nazariyasi bilishning nazariy va amaliy vazifalari bir-biri bilan uzviy aloqador ekanligini ham ifodalaydi. Zero, iqti-sodiyot nazariyasi fani raqam va dalillarni faqat yig’ib, yuzaki kel-tirib o’tish bilan chegaralanib qolmay, ularni nazariy va ilmiy ji-hatdan chuqur tahlildan o’tkazib, jamiyatning rivojlanish qonun-larini kashf etadi va ularni hayotga tatbiq qiladi.
Iqtisodiy sosiologiya fanining yana bir vazifasi – tarmoq sohalar iqtisodiyoti fanlari uchun metodologik manba bo’lib hisoblanishidadir. U tarmoq (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport va hokazolar iqtisodi), fundamental (mehnat iqtisodiyo-ti, moliya, pul muomalasi va kredit, iqtisodiy statistika va boshqalar) kabi fanlarning nazariy poydevori sifatida maydonga chiqadi. Bundan tashqari, mazkur fan bilimning turli tarmoqlari chegarasida tutashgan fanlar, masalan, iqtisodiy geografiya, demo-grafiya, iqtisodiyot tarixi, boshqarish nazariyasi kabilar bilan aloqador bo’lib, bu fanlarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Shuning uchun iqtisodiy sosiologiya fanini hozirgi davrda qisqa qilib, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish va boshqarish qonun-qoidalarini o’rgatuvchi fan desa bo’ladi. Iqtisodiyot nazariya-si fani iqtisodiy tizimlar, ularning tarkibi va o’zgarishi yo’lla-rini ham o’rganadi.
Tarixiy taraqqiyot darajasiga qarab, turli davrlarda va turli mamlakatlarda iqtisodning tizimlari turlicha bo’lishi mumkin.
Hozirgacha iqtisodning bir necha tizimi ma’lum:
1) an’anaviy iqtisod tizimi;
2) bozor iqtisodi tizimi;
3) ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizim;
4) ongli ravishda tartibga solinadigan uyushgan iqtisodiy tizim.
Iqtisod qamrab olish darajasiga qarab ham turlicha bo’lishi mumkin. Masalan: xalq xo’jaligi yoki mamlakat iqtisodi, tarmoq iqtisodi, funksional iqtisod, mintaqa iqtisodi, korxona yoki firma iqtisodi va boshqalar1.
Ba’zan ular yaxlitlashtirilib makroiqtisod va mikroiqtisod deb ataladi. Sanab o’tilgan tarmoq va funksional iqtisodni o’rga-nuvchi fanlar alohida bo’lib, ulardan har birining o’z predmeti va vazifalari mavjud.
Iqtisodiy sosiologiya bu fanlar bilan chambarchas bog’langan holda amal qiladi, ulardan o’z ifodasini topgan ayrim aniq jihat-larni oladi va o’rganadi. Shu bilan birga, Iqtisodiy sosiologiya fani aniq iqtisodiy fanlarning nazariy asosi va ularning funda-mental asosi bo’lib xizmat qiladi, ularga nazariy va uslubiy yo’nalish beradi.
Iqtisodiy sosiologiya fani ijtimoiy fan bo’lganligi uchun, falsafa, huquq, siyosatshunoslik, tarix kabi ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog’liqdir, chunki ulardan uslubiy va boshqa ilmiy ozuqa oladi, hamda o’z navbatida, ular uchun ham manba bo’lib xizmat qila-di. Lekin ularning birontasi ham Iqtisodiy sosiologiya fanining o’rnini bosa olmaydi, chunki uning o’z vazifasi va predmeti bordir.
Iqtisodiy sosiologiya fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuri-tilganda uning predmeti ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rta-sida sodir bo’ladigan munosabatlarni, ya’ni ishlab chiqarish muno-sabatlarini o’rganishdan iborat fan deb qaralar edi.
Iqtisod (Ekonomiks)ning predmeti kishilarning moddiy talablarini to’laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilarning hulq-atvorini o’rganishdan iborat. Bundan ko’rinib turibdiki, siyosiy iqtisodda ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan kishilar o’rtasida bo’ladigan munosabatni o’rganishga alohida e’tibor bergan bo’lsa, ekonomiksda kishilarning resursda, ashyo va buyumlarga muno-sabatini o’rganishga, resurslardan unumli foydalanishga alohida e’tibor berilgan.
Iqtisodiy sosiologiya fani masalaning u tomonini ham, bu tomonini ham chetda qoldira olmaydi. Chunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vosita-lar orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun bu fanda mavjud resurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xiz-matlarga, ulardan unumli foydalanishga bo’lgan munosabat, ular-ning o’zaro bog’liqligi va bir-biriga ta’siri o’rganilishi lozim. Ikkinchi tarafdan, hyech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida, albatta, o’zaro bir-birlari bilan ham, boshqalar bilan ham alohida munosabatda bo’ladilar, va shu munosabatga qarab harakat qiladilar, o’z xulq-atvori, xatti-harakatini belgilaydilar. Demak, Iqtisodiy sosiologiya fani shu munosabatlarning har ikki tomonini qamrab olgan bo’lishi, ularni o’rganishi lozim. Bundan tashqari, mazkur munosabatlar, xatti-harakatlar ishlab chiqarish jarayonining hamma fazalarida ishlab chiqarish, pul orqali ayirboshlash (sotib olish, sotish), taqsimlash va foydalanish, ya’ni iste’mol qilish jarayonlarida ham sodir bo’ladi.
Mana shularni hisobga olib, iqtisodiy sosiologiya fanining predmeti iqtisodiy resurslarni va mahsulotlarni hamda xizmat-larni yaratish, taqsimlash, ayirboshlash, unumli foydalanish bo’yicha kishilar o’rtasidagi munosabatlar tizimini, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish va boshqarish qonun-qoidalarini o’rganishdan ibo-ratdir, deb aytish mumkin.
Iqtisodiy sosiologiya fani iqtisodni sof holda emas, balki sosial-siyosiy, ruhiy-axloqiy, milliy-demografik omillar ta’si-rini inobatga olgan holda o’rganadi.
Iqtisodiy sosiologiya fanining maqsadi va vazifalarini ikki tomonlama, ya’ni amaliy va nazariy tomonlari haqida so’z yuritish mumkin1.
Amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi iqtisodiy rivojla-nishni ta’minlashdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, uning vazifalari quyidagilardan iborat ekanligini ta’kidlash mumkin: cheklangan turli xil resurslardan samarali foydalanib, uning har bir birligi evaziga ko’proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo’yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan natija, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslarlardan samaraliroq foydalanish yo’llarini topish va boshqalar. Bundan tashqari, Iqtisodiy sosiologiya ishchi kuchini ish bilan ta’minlash, pul qadrsizlanishining oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish yo’llarini aniqlab berish kabi muammolarni hal etib berishi lozim. Mazkur fan masalalarni mak-roiqtisod darajasida tahlil qilib, uning sohalari, ko’rsatkichlari, omillari o’rtasida bog’lanishlarni, iqtisodiy o’sish yo’llarini aniqlab beradi va davlatning tashqi va ichki siyosatida ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi. Binobarin, yuqoridagi tahlillarga asoslanib iqtisodiy sosiologiya fanining predmetini quyidagi umumlashgan ilmiy tushunchaga asoslanib-cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish natijasida yuksalib borayotgan inson ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish maqsadida tobora ko’proq moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va ayirboshlashni optimallashtirish jarayonida yuzaga keladigan aloqa va bog’lanishlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish, boshqarish soxasidagi qonun-qoidalarni o’rganish. Shuningdek, Iqtisodiy sosiologiya fani iqtisodiy munosabatlarning doimo shaklan va mazmunan o’zgarib turishi, ularni asoslab beruvchi iqtisodiy tushunchalar, qonun-qoidalarning ham o’zgarib turishi ularning doimiy harakati, rivojlanishi kabi masalalarni o’rganadi. Turli iqtisodiy voqyea-hodisalar va jarayonlarning mazmuni, mohiyati va ularning o’zaro aloqadorligi hamda bir-biriga ta’sirini ham o’rganish iqtisodiy sosiologiya fanining vazifasidir1.
Har qanday fanlar qatori Iqtisodiy sosiologiya fanining ham asosiy vazifasi iqtisodiy munosabatlar haqida ma’lumotlar yig’ish, sistemalashtirish, izohlab berish va ular asosida tegishli xulosalar chiqarishdan iboratdir. Kuzatish va ta’riflash, aniqlash, va tasnif qilish - bular faqat tayyorgarlik ishi hisoblanadi. Lekin biz erishmoqchi bo’lib, intilayotgan narsa iqtisodiy voqyea-hodisalarning bog’liqliini bilishdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, Iqtisodiy sosiologiya fanining asosiy vazifasi iqtisodiy qonun-larni bilish va ularning mazmunini ochib berish hisoblanadi. Har qanday jamiyatda iqtisodiy jarayonlar, ularga xos bo’lgan ichki qonunlar, iqtisodiy faoliyat qonunlari bilan boshqariladi. Iqtisodiy hayot qonunlarining mavjudligi taraqqiyot jarayonida kutil-magan, tasodifiy hodisa va voqyealarning pastu balandliklari mavjudligini inkor etmaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar alohida olingan bir hodisada namoyon bo’lmaydi, balki hodisalar va jarayonlarning yig’indisida ko’rinadigan hukmron tendensiyalar tarzida namoyon bo’ladi.
Iqtisodiy qonunlar deb, iqtisodiy jarayonlar o’rtasidagi doimiy takrorlanib turadigan, barqaror tipik sabab-oqibat aloqalarini, ularning bog’liqligini ifodalovchi voqyea-hodisalarga aytiladi. Jamiyatdagi barcha ishlab chiqarish va taqsimotga, ayirboshlash va iste’molga bog’liq bo’lgan munosabatlar iqtisodiy qonunlar orqali boshqariladi va yo’naltirib turiladi.
Iqtisodiy qonunlar ijtimoiy hayotning u yoki bu sohasini rivojlantirishning muhim, asosiy yo’nalishlarini ifodalaydi.
Iqtisodiy sosiologiya fani tomonidan ochib berilgan iqtisodiy qonunlar obyektiv amal qilayotgan iqtisodiy qonunlarning umumlashgan nazariy ifodasi bo’lib, obyektiv reallikni ilmiy bilish natijasidir, uning inson ongidagi in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar obyektiv xarakterga ega bo’lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi rivojlanishi va halok bo’lishi alohida kishilarning ongiga, xohish-irodasiga bog’liq emas. Ma’lum iqtisodiy faoliyatlar tipi mavjud ekan, shu tarixiy davrda, shart-sharoitga mos keladigan iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar vujudga keladi va amal qiladi. Lekin iqtisodiy qonunlar odamlarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda amal qilmaydi, balki aynan odamlarning faoliyati, ularning xatti-harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon bo’ladi. Kishilar iqtisodiy qonunlarning xarakterini, talablarini bilib, undan foydalana olishlari lozim. Masalan, kishilar vaqtni tejash qonunini, ishlab chiqarish yoki bozor muvozanati qonunlari talablarini bilsalar, shunga binoan, qarorga kelib, o’zaro kelishib, faoliyat ko’rsatsalar bir qancha ish vaqti va boshqa cheklangan resurslarni tejashlari, o’z faoliyatlarini samarali olib borishlari mumkin. Bu talablarga zid har qanday qarorlar va xatti-harakatlar kishilar xohlaydilarmi-yo’qmi, bundan qat’i nazar, muqarrar ravishda ko’plab xo’jalik qiyinchiliklariga duch keladi va natijada resurslar isrofgarchiligiga yo’l ochib beriladi.
Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlari singari obyektiv bo’lib, ularning yuzaga kelishi, yashashi, amal qilishi yoki amal qilmasligi kishilar, siyosiy kuchlar istagi, talabiga mutlaqo bog’liq bo’lmaydi. Masalan, yil fasllarining o’rnini hyech qachon kishilarning xohishi bilan o’zgartirib bo’lmaganidek, iqtisodiy qonunlarning ham amal qilishi, harakatini to’xtatib qo’yish, bekor qilish, biri o’rniga ikkinchisini qabul qilish mumkin emas1.
Iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlariga o’xshaydi, shuning uchun ulardan bilib foydalanilar ekan, insoniyatga, mamlakatlarga foyda keltiradi, ulardan bordi-yu, ularning talablarini bilmas-dan, ko’r-ko’rona xatti-harakat qilinsa, katta zararlar ko’riladi. Le-kin iqtisodiy qonunlarning tabiat qonunlariga o’xshamaydigan jihatlari ham mavjud. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa o’zgaruvchan bo’lib, kishilarning faoliyati bilan bog’liqdir. Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy jarayonlar o’rtasidagi doimiy takrorlanib turuvchi, barqaror, aniq sabab-oqibat aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalovchi voqyea-hodisalarning, munosabatlarning ilmiy majmuidir.
Jamiyatdagi barcha ishlab chiqarish va taqsimotga, ayriboshlash va iste’molga bog’liq bo’lgan munosabatlar iqtisodiy qonunlar orqali boshqariladi va yo’naltirib turiladi.
Iqtisodiy qonunlar buyuk mutafakkirlar tomonidan iqtisodiy tafakkurning mahsuli sifatida ifoda etilib, unga amal qilish mohiyati, talablari aniqlab berildi.
Shuning uchun iqtisodiy qonunlarni bilish, o’rganish uning talablariga mos ravishda xo’jalik yuritish, boshqarish ijobiy nati-jalar beradi. Oqibatda iqtisodiyot barqaror o’sadi, tanazullarga yo’l qo’yilmaydi, xalq ehtiyojlari qondirilib, inson turmush dara-jasi ko’tariladi, hayoti farovon bo’ladi. Aksincha, iqtisodiy qonun-larni bilmaslik, o’rganmaslik, ularning talablariga mos ish yurit-maslik natijasida xo’jalik faoliyatining pirovard yakunlari sama-rasiz yoki kam samarali bo’lishi, ishlab chiqarishdan ko’zlangan nati-jaga, barqaror o’sishga erishish qiyinlashadi. Shu sababli kishilar-ning o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirib bo’lmaydi, xalq turmush darajasi, ijtimoiy ahvoli yomonlashadi, oxir-oqibatda jamiyat iqtisodiy inqirozga, hatto tanazzulga uchrashi ham mumkin.
Shuning uchun kishilar o’z kuchlari, tafakkuri yordamida o’zlari yashab turgan muhitni, shuningdek iqtisodiy qonunlarni o’rganib, ularning mohiyati, harakati va amal qilish yo’llarini bilib olishga intiladilar hamda ulardan o’z faoliyatlarida foydalanadilar. Qaysi jamiyatda iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ulardan foydalanishga keng yo’l ochilsa, o’sha joyda iqtisodiy o’sish, iqti-sodiy barqarorlikka erishilayotganligi, yalpi ichki mahsulotning yillik o’rtacha o’sish sur’ati 4% ortiq bo’layotganligi, iqtisodiy qonunlar talablari asosida ish olib borilayotganligining natijasi ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Iqtisodiy qonunlarni mamlakatlarning qonun chiqaruvchi or-ganlari (Parlament, Senat, Seym, Oliy Majlis, Davlat dumasi) to-monidan qabul qilinadigan qonunlar bilan baravarlashtirib bo’lmaydi.
Mamlakatlarning qonun chiqaruvchi organlari qabul qilgan qonunlar iqtisodiyotni tashkil etish, uning harakati va rivojlani-shini kafolatlovchi huquqiy asoslarni belgilab beruvchi aniq iqti-sodiy holatdan, iqtisodiy taraqqiyot zaruratidan kelib chiqilgan holda ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Bunday huquqiy qonunlar tegishli tartibda qabul qilingandan keyingina haqiqiy kuchga kiradi va, pirovardida, kutilgan natijaga erishish imkoni tug’iladi.
Mustaqilligimizning o’tgan 13 yili mobaynida Respublikamizda o’tkazilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini belgilovchi 400 dan ortiq Qonun qabul qilingan. Muhimi, ularning 100 tadan ortig’i bevosita iqtisodiy islohotlar bilan bog’liq. Quyidagilar shunday qonunlar jumlasidandir: «Mulkchilik to’g’risida», «Tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida», «Tadbirkorlik to’g’risida», «Korxonalar to’g’risida», «Soliq to’g’risida», «Banklar va banklar faoliyati to’g’risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida», «Chet el investisiyalari to’g’risida», «Yer to’g’risida», «Dehqon xo’jaligi to’g’risida», «Fermer xo’jaliklari to’g’risida», «Shirkat xo’jaliklari to’g’risida», «Ijara to’g’risida» va boshqalar. Hayot talablari taqozosi bilan zarurat tug’ilganda bu kabi qonunlar-ga tegishli o’zgarishlar, qo’shimchalar kiritilib, to’ldirib boriladi.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning asoslarini huquqiy qonunlar belgilab beradiki, ular bilan iqtisodiy qonunlar o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjuddir. Shuning uchun ham iqtisodiy qonunlarni, shu bilan birga, ularni ro’yobga chiqarishga xizmat qiluvchi huquqiy qonunlarni ham bilish va o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiy qonunlar butun bir tizimlar majmuidan iborat bo’lib, ulardan har birining o’z o’rni, mavqyei mavjud.
Iqtisodiy sosiologiya iqtisodiy qonunlarning harakat mexanizmini turli guruhlarga bo’lib o’rganadi.
1.Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida harakat qiladi. Ular, iqtisodiyotning aniq ijtimoiy shaklidan qat’i nazar, amal qilish kuchiga ega bo’lgan qonunlardir. Bunday qonunlarga vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o’sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, mehnat unumdorli-gining o’sishi qonuni, mehnat taqsimoti qonuni, jamg’arish qonuni kabilar kiradi.
2. Formasion-maxsus qonunlar muayyan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda harakat qiluvchi qonunlar hisoblanadi. Bularga feoda-lizm, kapitalizm,sobiq sosializm tizimida mavjud bo’lgan: qo’shim-cha qiymat qonuni, mehnatga qarab taqsimlash qonuni, xalq xo’ja-ligini rejali rivojlantirish deb ataluvchi qonunlarni kiritish mumkin.
3. Xususiy iqtisodiy qonunlar insoniyat taraqqiyotining bir necha bosqichlarida amal qiladi. Masalan: talab va taklif qonuni, qiymat qonuni, pul muomalasi qonuni va boshqalar.
Umumiy iqtisodiy qonunlar, ilmiy tushunchalarni bilish, yaxlit va keng ma’noda, Iqtisodiy sosiologiya fanini yaratish yoxud to’ldirishda muhim rol o’ynaydi.
Iqtisod nazariyasi yuqoridagi qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy kategoriyalarni ham o’rganadi.
Ma’lum bir iqtisodiy munosabat va uning qonunlarini bilib olish ularni ifodalovchi iqtisodiy kategoriyalarni anglab yetish yo’li bilan amalga oshadi. Shu sababli iqtisodiyotni o’rganish uning kategoriyalarini bilib olishdan boshlanadi. Ayrim iqtisodchilar iqtisodiy kategoriyalarni iqtisodiyot ilmining «kaliti» yoki «tili» deb ham ataydilar.
Iqtisodiy kategoriyalar, iqtisodiy jarayonlar, hodisa va voqyealarning biron-bir alohida jihatlarini xarakterlaydigan ilmiy tushunchalar yoki ularning ilmiy-nazariy in’ikosidir.
Nazariyada iqtisodiy kategoriyalar guruhlarga bo’lib o’rga-niladi.
1. Umumiqtisodiy kategoriyalar. Bunday qonunlar iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlariga xos, lekin ijtimoiy-iqtisodiy tizimga aloqasi bo’lmagan umuminsoniy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalar. Ishlab chiqarish, ishlab chiqarish omili, mulk, mehnat jarayoni, mahsulot, ish vaqti, mehnat taqsimoti, ayriboshlash, iste’mol, iqtisodiy manfaat, mehnat unumdorligi kabilar shunday kategoriyalar jumlasidandir.
2. Tizimning o’ziga xos kategoriyalari. Bular iqtisodiy taraq-qiyotning muayyan bir bosqichiga, ijtimoiy-iqtisodiy tizimning tabiatiga aloqador bo’lgan va o’tkinchi munosabatlarni ifodalovchi maxsus kategoriyalardan iborat. Masalan, ekspluatasiya, renta, ekspansiya, rantye, aholi ortiqchaligi, qashshoqlanish, monopoliya, oligopoliya kabi kategoriyalar mavjudligini bilish lozim.
3. Davriy oraliq kategoriyalar. Ular umuminsoniy xarakter-dagi, lekin bir necha iqtisodiy tizimlar sharoitida amal qiluvchi, tarixan uzoq saqlanuvchi, ammo o’tkinchi mazmundagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalardan iborat. Bularga bozor munosabatlariga xos kategoriyalar: tovar, pul, talab-taklif, marketing, narx-navo, inflyasiya va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy munosabatlar o’zgarib turganligi tufayli birining o’rniga boshqasi kelishi, ayrimlarining yangilanib turishi, boyib borishi, yangi qirralarining paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli iqtisodiy kategoriyalar ham o’zgarib turadi, ilgari bo’lmaganlari o’rnida yangilari paydo bo’ladi. Masalan: integrasiya, diversifikasiya, infrastruktura, konversiya, xususiylashtirish, tasarrufdan chiqarish va boshqalar.
Iqtisodiy kategoriyalar o’ziga xos tizimlardan iborat bo’lib, unda har bir kategoriyaning o’z o’rni va mavqyei bor. Masalan, ma’lum iqtisodiy davr iqtisodiyotining holati bir necha iqtisodiy tushun-chalar orqali ifodalanadi. Jami ijtimoiy mahsulot (JIM), yalpi milliy mahsulot (YaMM), sof mahsulotlar (SM), zarur mahsulot (ZM), qo’shimcha mahsulot (QM), yalpi daromad (YaD), milliy daromad (MD), iqtisodiy tushunchalarning ayrimlari iqtisodiy holatni umuman aks ettirsa, boshqalari nisbiy ravishda ifodalaydi. Agar sof mahsulot iqtisodiyotning holatini buyum, mahsulot shaklida ijtimoiy mehnat sarfini ifodalasa, milliy daromad qiymat-pul hisobi (qiyosiy, qat’iy o’zgarmas narxlar) dagi holatini aniqlaydi.
AQShda va G’arbiy Ovro’pada mehnat sosiologiyasiga e’tiborning ortishiga, asosan Rossiya va bir qator Ovro’pa mamlakatlarida ro’y bergan sosial inqiloblarning sodir bo’lishi, mehnatkashlarning mavjud siyosiy-iqtisodiy tuzumga qarshi bosh ko’tarib chiqishi va sinfiy kurash ko’lamining ortishi sabab bo’ldi. XX asrning 20-yillarida bir qator kapitalistik mamlakatlarda bir necha bor takrorlangan iqtisodiy inqirozlar esa siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirib qo’ygan edi.
Qanday bo’lmasin siyosiy vaziyatni yumshatish va iqtisodiy tanglikdan chiqish muammosi mavjud kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning hayot-mamot masalasiga aylanib qoldi. Bularning barchasi eski ishlab chiqarish munosabatlarini isloh qilish yo’li bilan, tadrijiy suratda yangilanib borish, ya’ni zamonaviy mehnat munosabatlarining tarkib topishiga olib keldi. Mehnat sosiologiyasi xuddi shu tarixiy missiyani bajarishga xizmat qildi. AQShda mehnat sosiologiyasi asosan boshqaruv sosiologiyasi doirasida o’rganib kelindi. G’arbiy Ovro’pa mamlakatlarida esa alohida fan sifatida o’rganilib kelinmoqda.
XX asrning 70-yillaridan boshlab G’arb mehnat sosiologiyasi doirasida mehnatni gumanizasiyalash tendensiyasi o’rganila boshlandi. Mehnat sharoitini yaxshilashga ko’proq e’tibor berildi. G’arb sosiologlarining fikricha, mehnat insonga azob-uqubat emas, balki, huzur bag’ishlashi kerak. Bu tamoyil ayniqsa bizda, kelajagi buyuk davlat qurish yo’lida yanada muhim ahamiyat kasb etmog’i lozim. O’tish davrining hozirgi bosqichida asosiy vazifalardan biri “…sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag’bat bilan imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo’l tanlash va faoliyat ko’rsatish erkinligiga bo’lgan kafolatli huquqni qaror toptirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir”.
Bu yo’lda, mehnat sosiologiyasining muhim vazifalaridan biri mehnat unumdorligini oshiruvchi sosiologik omillarni va zahiralarni tahlil qilib o’rganishdir. Uning asosiy ijtimoiy vazifalaridan yana biri, jamiyat hayotida, xalq xo’jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni, mehnat sohasi bilan bog’liq bo’lgan barcha ijtimoiy munosabatlarni o’rganishni o’z ichiga oladi. Mehnat sosiologiyasi quyidagi asosiy ijtimoiy munosabatlar jarayonini o’rganadi: ishlab chiqarish vositalariga va mulkka bo’lgan munosabatlar, mehnat kooperasiyasi va taqsimoti, bajarilayotgan mehnatning sharoiti va mazmuni, mehnat turlarining o’zgarishi, mehnatga qarab taqsimlash, jamiyat a’zolarining ijtimoiy foydali mehnatga bo’lgan ehtiyojlarining o’sib borishi, ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoiti va turmush tarziga qarab, turli ijtimoiy shart-sharoit va omillar ta’sirida mehnat xulqining o’zgarib borishi, mehnat xulqi motivlari va tiplari, shaxsiy daromadlarning miqdori va uni olish yo’llari, mehnat qadriyatlari va boshqalardir. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Bozorga o’tish dasturini ro’yobga chiqarishdagi ijtimoiy tayanchlardan biri, birinchi navbatda, jamiyatning ijtimoiy faol qatlamlaridir. Shu bois islohotlar ikkinchi bosqichining eng muhim vazifasi har bir kishi mehnatining qadrini oshirish, uning ijodiy faoliyat ko’rsatish imkoniyatlarini nomoyon etishi uchun sharoit yaratishdan iborat.Har bir kishining iqtisodiy erkinligini uning o’z muvaffaqiyati hamda o’z oilasining farovonligi uchun iqtisodiy mas’ulligi bilan qovushtirib borishga asoslangan iqtisodiy munosabatlarni qaror toptirish kerak. O’z ijodiy qobiliyatlari va imkoniyatlariga tayanishni nazarda tutgan munosabatlar har bir kishi farovonligining muhim va yagona manbaidir”.
Mehnatning va iqtisodiy sosiologiyaning sosial shakllari va shart-sharoitlari
Umumiy mehnat o’zida murakkab tuzilishni ifodalaydi. Buning natijasida u to’la fanlar qatorida o’rganish mavzusi bo’lib hisoblanadi. Mehnat sosiologiyasini tahlil qilishning bir necha yo’nalishlari mavjud: biznes, ishlab chiqarish va hokazolarni boshqarishning tuzilishi va iyerarxiyasini o’rganuvchi tashkilotlar sosiologiyasi; u yoki bu faoliyatning afzalliklarini o’rganuvchi kasblar sosiologiyasi, qimmatbaho oriyentasiyalar, kasbga layoqatlilik va boshqalar; mehnat faoliyati ijtimoiy jarayon sifatida; mehnat unumdorligini oshiruvchi ijtimoiy omillar; texnologik va ijtimoiy sharoitlarning mehnat munosabatlariga ta’siri va hokazo. Ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan mehnat insonlarning tabiatga to’g’ridan-to’g’ri ta’siri jarayonidan iborat bo’lib, uning natijasida iste’mol bahosi, moddiy va ma’naviy manfaat paydo bo’ladi. Marks va Engelsning fikricha, bu «shunday jarayonki, unda inson o’z xususiy faoliyati bilan tabiat va o’zi o’rtasidagi modda almashuvni vositalaydi, boshqaradi va nazrat qiladi». Ushbu mualliflarning asralaridan yana bir fikrni keltirishimiz kerak, ya’ni mehnat butun inson hayotida birinchi va asosiy shart-sharoitdir, chunonchi shu darajadaki, biz aytishimiz kerak: mehnat insonning o’zini yaratadi. Mehnat biz tomondan kishilik jamiyati hayot faoliyatining asosiy shakli, turmushning muhim sharti sifatida ko’rib chiqiladi. Mehnat tarixan jamiyatni tabiatdan, insonni bo’lsa hayvonot olamidan ajralishiga sabab bo’ldi va imkon tug’dirdi.
Mehnat jarayoni o’z ichiga uch lahzani kiritadi: 1) insonning foydali faoliyati yoki mehnatning o’zi; 2) mehnat mavzusi, ya’ni bu faoliyatning nimaga yo’naltirilganligi; 3) ishlab chiqarish qurollari, bular bilan inson ushbu mavzuga ta’sir ko’rsatadi.
Insoniyatning turli rivojlanish bosqichlarida mehnat davr ijtimoiy munosabatlarining rivojlanish ko’rsatkichlari hisoblangan turli shakllarda ko’rinadi.
Hozirgi paytda biz doimo eshitib turadigan ikkita o’xshash tushunchalarni taqsimlashimiz zarurdir: yakka tartibdagi mehnat va yakka tartibdagi mehnat faoliyati. Birinchi toifa shaxsiy ish joyini, ya’ni o’z subyekti, majburiyat va funksiyalar doirasiga ega bo’lgan mehnat zonasini bildiradi – bu mehnatning texnologik taqsimoti tarkibiy qismidir. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati – mehnatning iqtisodiy taqsimoti tarkibiy qismidir. Bu fuqarolarning ijtimoiy-foydali faoliyati bo’lib, u alohida bir shaxs va uning oila a’zolari shaxsiy mehnatiga asolangan. Bunday faoliyat asosini shaxsiy mulkka bo’lgan mehnat vositasi, uy-joy binosi va qurilmalari, yer, ishlab chiqarish mahsulotlari, transport vositalari va hokazolar tashkil etadi. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati jamiyat ichidagi mehnatning taqsimlanishida element bo’lib qatnashadi. Mehnat mazmuni uning texnik funksional tomonlarini, mehnatning mazmundorligi esa, sosial-psixologik tuzilishini ifodalaydi. Agar xususiy reja bo’yicha tuzilgan bo’lsa, mehnat mazmunli va ijodiy subyekt sifatida ko’riladi. Begona hokimlikni irodaga bo’ysundirish – psixologik va ijtimoiy yiroqlashishga yo’ldir. Mana shuning uchun ishchilar, xodimlar oldiga maqsad – vazifani qo’yish va bu maqsadga erishish yo’llarini tanlashda, shubhasiz, uning faoliyatini noziklik bilan nazorat qilish orqali ular fantaziyasiga keng yo’l ochib berishga intilish muhimdir.
Ishlab chiqarishda mehnatni tashkil qilish, uni boshqarishda, biznesda, huquqshunoslik idorasida mehnatni rag’batlantirish va asoslash katta ahamiyat kasb etadi. Rag’batlantirish – bu, to’g’ri va qisman shaklda ifodalangan mehnatni kuchaytirishni moddiy va ma’naviy mukofatlash tizimidir. Rag’batlantirish – majburiy mehnatdan ixtiyoriyga qadamdir. Mehnat asoslari – ixtiyoriy mehnatga boshqacha, yanada kengroq qadam, muhim inson ehtiyojlarini qondirishga asoslangan faol mehnat faoliyatiga mayillik (kuchli shaxslarga, faol biznesmenlarga va boshqalarga mansublik mavqyeini aniqlab olish). Asoslar qadriyatlar va yo’l-yo’riqlar bilan uzviy bog’liqdir. Asoslar u yoki bu holatni, dalilni subyektiv baholashga mo’ljallangan, ular nisbiydir. Qadriyatlar asosida jamiyat tomonidan nimanidir shak-shubhasiz normalar sifatida obyektiv tan olinishi yotadi, qadriyatlar axloqiy talab bo’lib, ular mutlaqdir.
Mehnat mazmundorligining asosiy elementlari bo’lib, agar uni mehnat faoliyatining ijtimoiy-psixologik tuzilishi sifatida tushunilsa, quyidagilar hisoblanadi:
– maqsad - oldindan seziladigan natijalarni tan olingan obrazi bo’lib, ta’sir qilishning ideal rejasi;
– mehnatga munosabat – uning asosida mehnatning ongliligini va maqsadga tegishlilikni o’zinikidek sezish, atrof olamni, shaxsiy reja bo’yicha qayta rivojlantirish;
– mehnatni rag’batlantiruvchi omillar – mehnat faolligiga undovchi tashqi omillar;
– mehnat asoslari – muhim bir narsadek tan olinuvchi ehtiyoj, ichki rag’batlantiruvchi omillar;
– qadriyatlar va ularga qarab mo’ljallash – mehnat faoliyatining axloqiy talabi.
Mehnat jamoalarining sosial harakteri va asosiy funksiyalari
Mehnat jamoalari ijtimoiy hayotning noyob hodisasidir, ular hozirgi jamiyat hayotida muhim rol o’ynaydi. Shu munosabat bilan besh jihatni ta’kidlab o’tamiz:
Birinchidan, mehnat jamoalari barcha asosiy moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchilardir.
Ikkinchidan, ish bilan band aholining hamma asosiy kategoriyalari – barcha millatlarga mansub ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, xizmatchilar mehnat jamoalarida jamlangan.
Uchinchidan, mehnat jamoalari – umuminsoniy va sinfiy, shuningdek, bizning sharoitdagi milliy jihatlar dialektikasining, ularning demokratik negizidagi o’zaro hamkorligining, garchi, yagona bo’lmasada, timsolidir.
To’rtinchidan, mehnat jamoalari jamiyatimiz sosial strukturasining alohida «qavat»ini tashkil etuvchi sosial subyektlar bo’lib, burjua davlatlarida ularni sosiallashtirish sari bo’lgan barcha harakatlarga qaramay, bunga o’xshash «qavat» umuman mavjud emas. Ana shu «qavat» subyektlari o’zaro mehnat taqsimoti hamda boshqa aloqalarning yaxlit sistemasi bilan birlashtirilgan. Mehnat jamoalarining o’z a’zolari–jonli kishilar bilan aloqalari ham juda katta ahamiyatga ega, zero ularning qiziqishlari va xatti-harakatlari ana shu jamoalarning o’z faoliyatiga qaraganda xilma-xilroq, boyroqdir, chunki u «o’rtachalashtirilgan» sifatida maydonga chiqadi.
Mehnat jamosi ishlab chiqarish korxonasi, muassasa va hokazolar bazasida faoliyat ko’rsatuvchi sosial guruhdir.
Beshinchidan, bozor munosabatlariga o’tish muammosi sababli, mehnat jamoalarining ahamiyati haqidagi masala alohida faollik kasb etmoqda.
So’l-o’ng yo’nalishi, biz allaqachon ko’rayotganimizdek, xususiy tadbirkorlik negizlarini hukmron negizlariga aylantirishga, ya’ni sinfni-tadbirkorlar sinfi asosida shakllantirishga, iqtisodiyotda mulkchilikning turli xil shakllarini ko’rishga intilmoqda.
O’ng-so’l yo’nalish iqtisodiyotning bozorga daxlsiz shakllari ustun turishini ko’zlaydi, tadbirkorlikka ikkinchi darajali o’rin ajratadi, mehnat jamoalarining rolini bo’rttiradi, lekin shu bilan birga ular kuch-harakatlarining samaradorligini keskin oshirishga qodir bo’lgan mexanzimlarni olg’a surmaydi. Agar biz mehnat jamoalarini rivojlantirish asosiy harakatlantiruvchi kuch deb e’tirof etsak, sobiq totalitar tuzum uchun ana shunday mexanizmlarni shakllantirishdan muhimroq yumush bo’lmaydi. Ana shu muammoga to’xtashdan oldin shuni eslatish kerakki, jamiyatda har doim olg’a qarab harakat qilish uchun ham, bir joyda depsinib turush uchun ham manba bo’lishi mumkin bo’ladigan bir talay ziddiyatlar mavjud. Depsinishda ziddiyatlar ko’pincha, ayniqsa jamiyat rivojlanishining teng davrlarida illatli doira shaklida maydonga chiqadi. Juda murakkab muammolarni oxirigacha hal etish uchun texnologik to’ntarishni amalga oshirish talab qilinadi, lekin buning uchun iqtisodiy maqbul sharoitlar zarur. Yoki qishloqqa sanoat tomonidan yordam ko’rsatmasdan turib, oziq-ovqat muamosi mavjudligi mushkullashib boradi va hokazo.
Mehnat jamoalarining harakatlarini uyushtirish orqali butun jamiyatimiz uchun foydali bo’lgan bir qator maqsad va vazifalarni ro’yobga chiqarish zarur:
-
Mehnat jamoalarining kuch-g’ayrati eng yirik texnik-iqtisodiy, sosial, siyosiy, madaniy muammolarni hal etishga yo’naltiriladi. Xo’jalik yuritish shakllarini tanlashda jamoalarning mustaqilligi, mehnatdagi intizom, uyushqoqlik, mas’uliyatlilik, jonkuyarlik bilan tadbirkorlikni birlashtirish ta’minlanadi. Shu jumladan, o’z-o’zini samarali boshqarish negizida tadbirkor-rahbarlar bilan ishlash mehnat jamoalari o’rtasida yaqindan o’zaro hamkorlik o’rnatilishiga erishiladi.
-
«Samarali, konstruktiv ish yo’lida plyuralizm» shiori ostida mehnat jamoalarini integrasiyalash potesiali ko’paytiriladi.
-
Mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish va bajarishda mehnat jamoalarining kuch-harakatlari birlashtiriladi.
-
Guruhiy xudbinlik, millatchilik va boshqa salbiy tendensiyalarga qarshi turiladi.
Mehnat sohasida ijtimoiy birlikning asosiy ko’rinishi mehnat jamoasi hisoblanadi. Mehnat jamoalaridagi mehnatkashlarning o’zaro munosabatlari, mehnat jarayonidagi ijtimoiy vaziyatlar va mehnat munosabatlari shular jumlasidandir. Mehnat munosabatlari mehnat jarayonidagi ishtirokchilar o’rtasida yuzaga kelib, iste’mol qiymatini yaratish va mehnat kooperasiyasi hamda mehnat taqsimoti asosida sodir bo’ladi. Mehnatning huquqiy munosabatlari mehnat jamoasi kasaba uyushmalarining korxona, tashkilot ma’muriyati, xususiy tadbirkorlar bilan bo’ladigan o’zaro huquqiy aloqalarini ham o’z ichiga oladi.
Mehnat unumdorligi, mahsulot sifati, mehnatni muhofaza qilish, mehnat va davlat intizomi, ishchi va xizmatchilarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirish bilan bog’liq takliflar, mehnat jamoasi kengashi bilan kasaba uyushmasi qo’mitasining birlashgan kengashida, korxona ma’muriyati ishtirokida muhoqama qilinada. Shundan so’ng tushgan qo’shimchlar va takliflar bilan qayta ko’rib chiqilgan jamoa shartnamasi korxona mehnat jamoasining umumiy yig’ilishiga muhokama va qabul qilish uchun tavsiya etiladi. Jamoa shartnomasi tarkibiy qismlari va mazmunini mehnat jamoasi, korxona ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo’mitasi mustaqil ravishda belgilaydi. Jamoa shartnomasi O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadigan xalq xo’jaligi tarmoqlarining mustaqil balansga ega bo’lgan va yuridik shaxs hisoblanadigan korxona va tashkilotlarida tuziladi.
Mehnat sosiologiyasida o’zaro aloqadorlik tushunchasi qo’llanilib, u ikki asosiy munosabatni o’z ichiga oladi. Bular o’zaro hamkorlik va raqobatdir. O’zaro hamkorlikda turlicha ijtimoiy qiziqishlar, manfaatlar o’zaro mos tushadi. Raqobatda esa, aksincha, o’zaro manfaatlar zid keladi. Bu tendensiyalarni o’rganish ayniqsa, hozirda respublikamizda xususiy mulkchilik shakllanayotganligi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning tarkib topishi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa
O’zbekiston Respublikasi bir qator mustaqillikka erishgan davlatlar qatori ishlab chiqarish munosabatlarining bozor iqtisodiyotiga asoslangan shakliga o’tishni tanladi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti o’zining obyektiv qonunlari asosida rivojlanadi. Bu qonunlarning hayotga tatbiqini ta’minlash uchun esa ma’lum bir o’tish davri talab etiladi. Yuqorida biz ana shu o’tish davrida amal qilinishi lozim bo’lgan asosiy tamoyillar xususida, hamda shu davrdagi ijtimoiy boshqaruvning o’ziga xos shakllari haqida fikr yuritdik. O’zbekistonning har bir fuqarosi uchun qonuniy ravishda va uning kundalik hayotida mulkka ega bo’lish, iqtisodiy faoliyatda to’la erkin bo’lish, o’zi mehnat qiladigan sohani va ish shaklini tanlashda erkin bo’lish huquqi ta’minlanishi darkor. Mehnat qilish huquqi, tadbirkorlik ila shug’ullanish imkoniyati hamda o’z mehnatidan daromad olish huquqi, mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligi muammosini hal etish bilan chambarchas bog’liq. Mavjud muammoni hal etishda mehnat sosiologiyasining roli kattadir.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa qilib aytganda, mehnat sosiologiyasi jamiyat iqtisodiy hayotining yuksalishida muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan mehnat sosiologiyasi iqtisodiyot sosiologiyasi bilan chambarchas bog’liq. Iqtisodiy munosabatlar tarkibini o’rganishda mehnat sosiologiyasining ahamiyati beqiyos.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
-
«O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi» -T.: «O’zbekiston», 2002.
-
«O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi». T.: «Mehnat», 1996.
-
Karimov I.A. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin». T.2. T.: «O’zbekiston», 1996.
-
Karimov I.A. «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida». T.: «O’zbekiston», 1996.
-
Karimov I.A. «O’zbekiston buyuk kelajak sari». T.: «O’zbekiston», 1998.
-
Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi uz kuch-kudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq. T.: «O’zbekiston». 2004.
-
Abdurahmonov F.R., Saidxo’jayev X.B. Sosiologiya. Ma’ruzalar kursi. T.: O’zRIIVA, 2000.
-
Bekmurodov M.B. va boshq. Sosiologiya. T.: 2002.
-
Giddens E. Sosiologiya. T.: «Sharq». 2002.
-
Dikareva A.A., Mirskaya M.I. «Sosiologiya truda». (o’quv qo’llanma).
-
Inson taraqqiyoti to’g’risida hisobot. G.Saidova rahbarligidagi mualliflar guruhi - T.: 2001.
-
Mullajonova M.M. va boshq. Sosiologiya fanidan ma’ruza matnlari. T.: ToshDIU, 2003.
-
Nosirxo’jayev S., Bekmurodov M., Sultonov T., Nosirxo’jayeva H. «Sosiologiya asoslari». Ma’ruzalar matni. T.: Nizomiy nom. ToshDPU, 2000.
-
«Osnovы sosiologii». M.: 2001.
-
Sosiologiya. Ma’ruzalar matni. T.: O’JABNT, 2000.
Internet saytlari
-
www.NIR.rug’sociag’scipub.html. Batыgin G.S. “Virtualnыye soobщyestva i kommunikasiya v sosialnыx naukax”.
-
http:Prometeus.nsc.ru. Zdravomыslova S.A., Temkina A.A. Sosiologiya gendernыx otnosheni i gendernыy podxod v sosiologii.
-
httpg’g’www.sociolex.narod.ru Leksii po sosiologii. Sosiologiya. Otraslevыye sosiologicheskiye teorii. Ekonomiki, sem’i, goroda
-
httpg’g’www.isn.rug’sociologu.shtml. Rossiyskaya Set Informasionnogo Obщyestva – Sosiologiya. Sosiologiya. Obщaya sosiologiya.
-
httpg’g’www. socionet.narod.ru. Sosiologiya v ensiklopediyax. Sosiologiya.
-
httpg’g’www.isras.ru. Ekonomicheskaya sosiologiya. Jurnal. Ekonomicheskaya sosiologiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |