Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 V. Pareto. Umumiy iqtisodiy muvozanat



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/170
Sana31.01.2023
Hajmi1,88 Mb.
#905685
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   170
Bog'liq
d1c0a909228ef2039cb1a023dfc722fd IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI

 
13.3. V. Pareto. Umumiy iqtisodiy muvozanat 
Val`ras umumiy iqtisodiyot modelini faqatgina ideal raqobatchilik sharti 
doirasida ko`rib chiqgan bo`lsa, Pareto mazkur masalani iqtisodiyotning 4 ta holati 
asosida ko`rib chiqgan. Birinchi holatda iste`molchilar va ishlab chiqaruvchilar, 
bozorda mavjud erkin narxlarni qabul qilishib, ulardan o`z maqsadlari yo`lida 
foydalanish, ehtiyojlarini mazkur narxlarga moslashtirishadi. Ikkinchi holatda 
iqtisodiyotdagi, xo`jalik sub`ektlarining asosiy maqsadi, maksimal darajada 


109 
daromad 
olish 
uchun 
bozor 
narxlarini 
o`zgartirishga 
qaratiladi. 
Bu 
monopolizatsiyalashgan iqtisodiyotga xos bo`lgan xususiyatdir. Iqtisodiyotning 
uchinchi turida, bozorning markaz tomonidan boshqarilishi, hamda narxlar 
ijtimoiylashishi asosida ular hukumat tomonidan belgilanib, bu jarayon 
jamiyatning barcha a`zolari maksimal darajada rivojlanishlari uchun amalga 
oshiriladi. Sotsializm sharoitlarida tovar - pul munosabatlari barham topib, tayyor 
mahsulotlar taqsimlanishi yuz berishini ta`kidlagan marksistlardan farqli o`laroq, 
Pareto umumiy iqtisodiy muvozanatga erishish uchun, narx proportsiyalariga 
erishish lozimligini isbotlagan. «Agarda sotsialistik hukumat, almashinuvning 
barcha imkoniyatlarini cheklaydigan bo`lsa, narxlar baribir yo`qolmaydi, juda 
bo`lmasa tovar taqsimlanishida hisob vositasi sifatida saqlanib qoladi», - deb 
ta`kidlaydi. 
Shunday qilib, Pareto hukumat narxlar muvozanatini hisoblab chiqishga 
qodir bo`lsa, xususiy mulkka tayangan jamiyat tashkiliyligi va ijtimoiy tashkiliylik 
orasida biz uchun hech qanday tanlov qolmaydi. Bu muammo, ushbu fenomenning 
boshqa omillarini hisobga olgan holda, echish mumkin deb aytgan edi u. 
 
13.4. Foydalilikni ordinalistik nazariyasi 
Yuqorida aytib o`tilganidek, maksimal foydalilik tushunchasi, marjinalistik 
nazariyaning asosida yotadi. Ammo agarda, maksimal daraja, miqdoriy daraja 
bilan baholanadigan bo`lsa, foydalilik darajasi sub`ektiv, tushunarsiz bo`lib qoladi. 
Shu bilan birgalikda, turli tovarlardan kutilayotgan daromadni maksimalllashtirish 
uchun, Menger, Djevons, Val`ras va Marshall foydalilik hisoblanish imkoniyatini 
taxmin qilishgan, ammo mazkur birlikni topish, ularning qo`lidan kelmagan. 
Foydalilik maksimal darajasini topishga harakat jarayoni, iqtisodiyot faniga 
kardinalizm nomi bilan kirib kelgan. 
Paretoning ta`kidlashicha foydalilikni absolyut hajmini o`lchash imkoniyati 
mavjud emas, ammo uning tartib hajmini, ketma - ketligini belgilash mumkin, 
ya`ni, A foydalilik darajasi, B foydalilik darajasidan, B foydalilik darajasi esa V 
foydalilik darajasidan yuqori bo`lgan. Bunday yondashuv ordinalistik yondashuv 
nomini olib, XX asrning 30-yillarida, R. Allen va Dj. Kiks asrlarida to`liq 
isbotlangan, va jamiyat tomonidan tan olingan. Foydalilik nazariyasi ishlab 
chiqarilishida, Pareto, farqsizlik chiziqlaridan foydalanib, ular tahlil nazariyasiga 
ingliz iqtisodchisi Frensis Edjuort (1845-1926) tomonidan kiritilgan. Edjuortning 
o`zi, ularni barter almashinuvi tahlili uchun qo`llab, foydalilik darajasining 
miqdoriy o`lchamlaridan kelib chiqgan (kardinalistik yondashuv). 
Pareto nazariyasida, Edjuort farqsizlik chiziqlari ordinalistik yondashuv 
sifatida qo`llanila boshlandi. U narxlarni foydalilik darajasini miqdoriy 


110 
foydalanilishidan voz kechib, e`tiborini asosan tovarni tanlash nazariyasidan kelib 
chiqib bir tovarga nisbatan boshqa tovarning xush ko`rilishiga qaratgan. V.Pareto 
nazariyasida, farqsizlik chiziqlari, yoki farqsizlik chiziqlari xaritasi quyidagicha 
ko`rinishga ega (13.4.1-rasm). 
13.4.1-rasmda OY va 0X o`qlari bo`yicha ikki tovar miqdori boshlanib, ular 
iste`mol yig`indisini tashkil etadi I, II, III chiziqlar farqsizlik chiziqlaridir. 
Ularning yig`indisi farqsizlik xaritasini tashkil etadi. Agar, istalgan farqsizlik 
chizig`ini oladigan bo`lsak, uning har - bir nuqtasi mo„ayyan iste`mol tovarlari 
yig`indisini, ya`ni (Y va Xni) tashkil etadi. Bu yig`indilar, ratsional sub`ekt uchun 
bir - xil darajadagi foydalilikka ega. Uning uchun, xususan, XA va YA, XB va YB, 
XS va YS hajmlarida tovar iste`mol qilinishi yoki xarid qilinishi farq qilmaydi. 
Ikkinchi va uchinchi chiziqlar birinchi chiziqdan Shunisi bilan farq qiladiki, ular X 
va Y tovar katta yig`indilari bilan tavsiflanib, iste`molchi yuqori daromadiga 
muvofiq bo`ladi. U yoki bu tovarlar yig`indisi foydaliligini belgilashda ordinalistik 
yondashuv, I, II, III chiziqlar mutanosibligi bilan belgilanadi. Agarda, farqsizlik 
chizig`ining o`zida, tovarlar yig`indisi, teng taqsimlangan bo`lsa, III chiziqda aks 
etgan tovarlar yig`indisi ko`proq tanlanadi va II chiziq yig`indilari, kamroq talab 
qilinadi, ular esa o`z navbatida, doimiy ravishda iste`molchi tomonidan tanlanadi, 
zero iste`molchi, ularni I chiziq bo`yicha joylashgan yig`indilar bilan taqqoslaydi. 
Shunday qilib, farqsizlik chizig`i xaritasi, sub`ekt talablarining mo„ayyan ketma- 
ketlik tartibini aks ettiradi. Bunday ketma-ketlik, foydalilik darajasining tartibli 
yoki ordinalistik funktsiyasi deb ataladi. 

Y


III 
Y


II 
Y

C I 

X

X

X



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish