Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/170
Sana31.01.2023
Hajmi1,88 Mb.
#905685
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   170
Bog'liq
d1c0a909228ef2039cb1a023dfc722fd IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI

Birinchi bosqich
XVII asrning oxiridan XVIII asrning oxirigacha davom 
etgan. Uni yuzaga kelish davri deb atashimiz mumkin bo`lib, asosiy namoyandalari 
mumtoz siyosiy iqtisodiyot asoschilaridir. Ularning asarlari katta mashhurlikka ega 
bo`lmagan, Chunki hukmdor iqtisodiy kontseptsiya sifatida merkantilizm 
qo`llanilgan. XVIII asrning ikkinchi yarmigagina kelib, fiziokratlar frantsuz 
maktabi birmuncha mashhurlikka ega bo`ldi, ammo bu nazariya o`z hukmdorligini 
faqatgina Frantsiya hududidagina saqlab qolishga muvaffaq bo`ldi.
Ikkinchi bosqich
. XVIII asrning oxiridan XIX asr o`rtalarigacha davom
etgan. Mumtoz siyosiy iqtisod to`la hukmronligini tasvirlagan. Bu davrning 
boshlanish nuqtasi sifatida ingliz iqtisodchisi A. Smitning «Xalqlar boyligi tabiati 
va sabablari haqidagi tadqiqot» asarini tilga olish mumkin (1776). XIX asrning 
boshidan boshlab iqtisodiyot fani mumtoz siyosiy iqtisod sifatida alohida mustaqil 
fan sifatida tan olindi va alohida kurs sifatida universitetlarda o`qitila boshlandi. 
Shu bilan birgalikda ikkinchi davr davomida mumtoz siyosiy iqtisod ijodiy 
rivojlanishi davom etib, Yangidan - Yangi nazariyalar ilgari surildi. Ular alohida 
oqim sifatida mumtoz siyosiy iqtisodiyoti doirasida rivojlana bordi. Ularning bir-
biridan asosiy farqi, ham mumtoz tushunchalar, ham siyosiy o`ziga xosliklar nuqtai 
- nazaridan doimo o`zaro munozaralarga sabab bo`lar edi. Ikkinchi davr yirik 
nazariyachilari sifatida Dj.S.Mill` tilga olinishi mumkin bo`lib, uning yakuniy asari 
«Siyosiy iqtisodiyot asoslari» 1848 yilda nashr etildi. Mazkur davrning yana bir 
namoyandasi K. Marks bo`lib, uning mashhur «Kapital» asari 1850 yil oxirida 
nashr etildi.
Mumtoz siyosiy iqtisodiyotining uchinchi, oxirgi davri XIX asrning 
so`nggigacha davom etib, birinchi davr kabi ikki davr oralig`idagi ko`prik bo`ldi. 
Bir tomondan mumtoz siyosiy iqtisod hukmdorligini saqlab qolgan holda, u 
universitetlarda alohida muvofiq kurs sifatida o`qitilgan, ammo Yangi nazariy 
g`oyalar uning tomonidan ilgari surilmagan. XIX asr chegarasini faqatgina 
marksizm o`tib, mumtoz siyosiy iqtisod metodologik printsiplariga asoslangan 
holda, XIX asr oxiri XX asr boshida kapitalistik iqtisodiyotda yuzaga kelgan Yangi 
hodisalarni tadqiq eta boshladi. Boshqa tomondan, XIX asrning ikkinchi yarmida 


36 
iqtisodiyot fanining Yangi yo`nalishlari yuzaga kelib, ular XX asrda hukmdor 
yo`nalishlar, ya`ni marjinalizm va instituttsionalizm g`oyalariga aylandi. 
Mumtoz siyosiy iqtisodning mazkur davrlanishi umumqabul qilingan holat 
bo`lmagan, ammo Shuni ham nazarda tutish lozimki, istalgan tabaqalanish yoki 
davrlanish ma`lum omillarga bog`liq bo`lib, bu holat birinchi navbatda iqtisodiyot 
nazariyasi uslubi va predmeti haqidagi tushunchalar asosida yotadi. 
Predmet
. Mumtoz siyosiy iqtisod tadqiq etilish predmeti ishlab chiqarish 
sohasi bo`lib, mazkur soha iqtisodiyot boshlang`ich sohasida asosiyga aylanadi, 
demakki xalq boyligi sifatida ishlab chiqarishning bevosita natijasi qabul qilindi. 
Shunday qilib, boylik tadqiqoti va tushunilishi predmetiga nisbatan qarash 
merkantilizm g`oyalariga nisbatan o`zgardi. Iqtisodiy fikr tadqiqoti Yangi fikr 
paydo bo`lishi, birinchi navbatda qishloq xo`jaligi va sanoati kapitalistik 
munosabatlar tarqalishining aksi bo`ldi. Mumtoz siyosiy iqtisod birinchi 
bosqichiga manufaktura ishlab chiqarilishi rivojlanishi davri muvofiq bo`lib, uning 
ikkinchi davri Angliya va Frantsiyada sanoat to`ntarilishi davriga to`g`ri keldi.
Uslub

Mumtoz 
siyosiy 
iqtisod 
metodologiyasi 
merkantilizm 
metodologiyasidan farq qilgan. Merkantilistlardan farqli o`laroq mumtoz nazariya 
namoyandalari iqtisodiy hodisalarni tasvirlash o`rniga ularni tadqiq etib, mantiqiy 
abstraktsiya usullarini qo`llashar, hamda deduktsiya uslubi yordamida tahlil 
natijasida olingan nazariy toifalarni tizimlashtirishar, umumiy nazariyadan xususiy 
hodisalarga o`tishar edi. Bunday boshlang`ich umumiy nazariya sifatida, narx 
nazariyasi ilgari surilib, bunday holatda narx tovar ishlab chiqarilishi bilan bog`liq 
xarajatlardan kelib chiqgan holatda belgilangan. Narx nazariyasi, daromad, kapital 
nazariyasiga asos soldi. Boshqacha qilib aytganda, mumtoz siyosiy iqtisod 
tizimlashtirilishi tamoyili boshlang`ich toifa printsipi bo`lib, uning orqali qolgan 
iqtisodiy toifalar o`zaro bog`liqligi aniqlangan (masalan, shajara kabi). Shuni ham 
aytib o`tish kerakki, barcha fanlar o`zlarining boshlang`ich bosqichlarida 
tizimlashtirishning mazkur printsipini qo`llab, tabiiy fanlar atrof - muhit 
boshlang`ich elementlari nazariyasi birlamchi energiya (flagiston) yo`lidan o`tgan 
holda, faylasuflar tomonidan munozara olib borilayotgan to`qima yoki fikr 
birlamchiligi borasidagi bahslariga qo`shimcha mavzu bo`ldi.
Mumtoz siyosiy iqtisodiyoti metodologiyasi shakllanishiga katta ta`sirni 
falsafa rivojlanishidagi asosiy yo`nalishlar o`zgarishi ta`sir qilgan. Falsafaga 
birinchi navbatda, tabiiy fanlarning keyingi rivojlanishi ham ta`sir etgan. Katta 
tajribaviy materialni yig`gan holda, tabiiy fanlar XVII asrda atrof – muhit umumiy 
nazariyasi ishlanmalarini ishlab chiqarishga o`tdi. Mazkur sohada, ayniqsa, ingliz 
fizigi Isaak N`yuton ishlanmalari alohida ahamiyatga ega bo`lib, mazkur olim 
mumtoz mexanika nazariyasini ilgari surgan holda, mikrodunyodan fazogacha 


37 
bo`lgan barcha tabiiy hodisalar tushuntirilishi uchun qo`llaniladigan g`oyani ilgari 
surdi (Isaak N`yuton «Tabiiy falsafa matematik asoslari» 1687). 
Bunday mexaniko – ratsionalistik yondashuv, jamoatchilik munosabatlarini 
tushuntirish borasida ham qo`llanila boshlandi. Bunda jamiyat, tartiblashtirilgan, 
tabiiy qonuniyatlarga bog`liq dunyo sifatida talqin etilib, ratsional ravishda 
tushunilishi lozimligi haqidagi nazariya ilgari surildi. Bundan xulosa kelib 
chiqadiki, hukmdorlarning sub`ektiv harakatlari tabiiy qonuniyatlarga qarshi 
chiqadigan bo`lsa, hukmdorlarning sub`ektiv harakatlari tabiiy qonuniyatlarga 
qarshi chiqadigan bo`lsa, ong mazkur masalalarni echish yo`lini ko`rsatishi 
mumkin. Bunday yondashuv asosida ingliz faylasuflari T. Gobs va T.J. Lokk 
qalamlariga mansub XVII asr fikrlari yotib, aynan ular, keyinchalik mazkur 
yo`nalish estafetasini XVIII frantsuz faylasuf ma`rifatchilariga uzatishdi. Bunday 
g`oyalar, mumtoz siyosiy iqtisodiyotda F. Kene va A. Smit qalamiga mansub 
«Iqtisodchi inson toifasi» haqidagi nazariyasi, iqtisodiy qonuniyatlari va tabiiy 
(ob`ektiv) hodisalar haqidagi g`oyalarni keltirib chiqarib, mazkur g`oyalar asosida 
inson harakatlari maksimal darajada daromad olishga mexanik ravishda 
yo`naltirilishi lozimligi haqidagi g`oya ilgari surilgan.
Umuman olganda iqtisodiyot, iqtisodchi insonlar miqdori sifatida, yoki 
boshqacha qilib aytganda, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar turli ehtiyot qismlar rolini 
o`ynaydigan butun mexanizm sifatida qabul qilingan. Iqtisodchi inson haqidagi 
g`oyadan tashqari, mumtoz siyosiy iqtisodiyot uchun, iqtisodiy munosabatlar turli 
sinflar orasidagi munosabatlar talqini sifatida ham tavsiflangan. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish