Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/170
Sana31.01.2023
Hajmi1,88 Mb.
#905685
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   170
Bog'liq
d1c0a909228ef2039cb1a023dfc722fd IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


235 
XХIX-BOB. 1970- YILLAR – 1990-YILLAR BOSHI 
INSTITUTSIONALIZMI 
 
29.1. P. Druker iqtisodiy bilimlar kontseptsiyasi 
 
1970-1980-yillar davomidagi institutsional nazariyalar asosiy e`tiborini
yuqorida aytib o`tilganidek iqtisodiyotda yuz berayotgan o`zgarishlar tahliliga 
qaratgan, zero bu o`zgarishlar ilmiy - texnik progress, ishlab chiqarish tuzilishidagi 
o`zgarishlarning, xizmat ko`rsatish sohasi va axborot bozori rivojlanishi, 
globalizatsiya jarayonlari bilan bog`liq. Mazkur davr institutsional nazariyalarining 
1940-1960-yillar nazariyasidan asosiy farqi Shundaki, ularning ko`pchiligi 
e`tiborlarini iqtisodiyotda amal qilayotgan yirik korporatsiyalar roliga nisbatan 
qarashlarni o`zgarishidir. Institutsionalistlardan bir qismining xulosa qilishicha, 
kelajakda mamlakatlar iqtisodiyotida asosiy rolni kichik biznes o`ynaydi; 
institutsionalistlarning boshqa qismi esa zamonaviy iqtisodiy tizim asosini gigant 
firmalar tashkil etishini tan olgan holda, bunday tizim rivojlanishi istiqboliga 
nisbatan munosabatini optimistik jihatidan pessimistik jihatga o`zgartirdi. 
Zamonaviy 
iqtisodiyot 
tuzilishidagi 
o`zgarishlar 
tadqiqoti 
bilan 
Shug`ullangan institutsionalistlardan biri P. Drukerdir. 1969 yilda, uning «Asta - 
sekinlik tanaffusi davri» deb nomlangan kitobi nashr etilib, unda muallif 
zamonaviy iqtisodiyotda markaziy rolni qaysi resurs o`ynashi haqidagi masalani 
ko`targan. Bilimlar iqtisodiyoti tushunchasini kiritgan holda P. Druker na moddiy 
resurslar, na moliyaviy resurslar, va hattoki na boshqaruv resusrlari ishlab 
chiqarish yetakchi omillari bo`la olmaydi deb ta`kidlaydi. Zamonaviy iqtisodiyot 
faqatgina axborotga, uning yaratilishiga va tarqatilishiga asoslangan. Aynan, 
bilimlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi, firmalar ishlab chiqarish va 
raqobatbardoshliligini belgilaydi. Bilim iqtisodiyoti, tuzilmaviy o`zgarishlarni 
talab etadi. Rejalashtirishga asoslangan yirik institutlar yoki byurokratiya 
tomonidan boshqarilayotgan hukumat iqtisodiyot samarasiz bo`ladi, zero uning 
asosida innovatsiyalar bo`lmaydi. Innovatsiyalarni esa, faqatgina xususiy kichik 
tadbirkorlik amalga oshirishi mumkin. O`z kontseptsiyasi doirasida, P. Druker 
Y.Shumpeter nazariyasiga ko`pchilik jihatidan mos tushadigan tadbirkorlik 
nazariyasini ilgari suradi. U innovatsiyalarni uzoq vaqt tadbiq jarayonini va yirik 
kapital kiritmalarini Yangi texnologiyalar bilan bog`lamaydi, zero bunga faqatgina 
yirik korporatsiyalargina qodir bo`ladi (Dj. Gelbreyt nazariyasi). P. Druker 
fikricha, innovatsiyalar birinchi navbatda biznes tashkillashtirilishining Yangi 
shakllari bo`lib, bunda ham tashqi (Yangi bozorlar, tovarlarning Yangicha tarzda 
qo`llanilishi), ham ichki tashkiliylik tushuniladi.
P. Drukerning fikricha, zamonaviy iqtisodiyot asosida xususiy tadbirkor 
yotadi, u tashabbuskor va tavakkal qilishga qodir bo`ladi. 


236 
Uning zimmasida, iqtisodiyotning asta-sekin rivojlanishiga barxam berish, 
portlatish va uni Yangi sifat darajadagi rivojlanishga ko`tarish kiradi. 
Korporatsiyalar esa, mohiyatan rejaviy tuzilma bo`lib, ular innovatsion jarayon 
asoslarini yo`qotadi.
Shu sababli iqtisodiyot rivojlanishi uchun ishlab chiqarish detsentralizatsiyasi 
kichik xususiy tadbirkorlikning qayta tug`ilishi, hamda yirik korporatsiyalarning 
isloh etish zarur. P. Drukerning fikricha, mazkur tuzilmalar samaradorligini 
oshirish 
uchun, 
kompaniya 
doirasida 
qaror 
qabul 
qilish 
jarayonini 
dejitralizatsiyalash zarur. Shu bilan birgalikda, firmaning malakasiga muvofiq 
alohida a`zolariga qo`shimcha vakolat va majburiyatlarni maksimal darajada 
taqdim etib, ularni maksimal darajada boshqaruv jarayoniga jalb etish lozim. 
Bularning barchasi ichki tadbirkorlik rivojlanishiga olib kelib, oqibatda ushbu 
mazkur tuzilmalar doirasida innovatsion jarayonni tiriltirish imkoniyatini beradi.
P. Druker hukumat tadbirkorligiga tanqidiy munosabat bildiradi. Uning fikricha, 
faqatgina xususiy biznes, iqtisodiyot rivojlanishini ta`minlashi, hukumat esa o`z 
byurokratiyasi bilan, resurslarni samarasiz tarzda sarf etib, Yangiliklarni tadbiq 
etilishi uchun, to`sqinliklar yaratadi. P. Druker nazariyasi, tasodifiy bozor 
samaradorligi va xususiy manfaatga asoslangan erkin tadbirkorlik samaradorligiga 
ishonchda qurilgan. Siyosat bilan bog`liq istalgan tuzilishlar sirasiga P. Druker 
kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalarni kiritib, ular xususiy biznesga aralashish 
orqali, iqtisodiy jarayonga xalaqit berishadi. Shu sababli, P. Druker zamonaviy 
davlat oldida turgan ikki vazifani ajratadi: 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish