Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/170
Sana31.01.2023
Hajmi1,88 Mb.
#905685
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   170
Bog'liq
d1c0a909228ef2039cb1a023dfc722fd IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI

23.2.1-rasm 
Unda, shaxslarning o`z motivlar tizimiga ega bo`lgan to`rt guruhi kuzatiladi. 
Eng tashqi aylana, aktsionerlarni bildiradi. «Ularning korporatsiya bilan aloqasi 
deyarli doimiy ravishda faqatgina mablag` tavsifiga ega». Boshqacha qilib 
aytganda, tashqi aylanada daromad motivi dominant bo`lsada, ammo «ichki 
aylanalar orqali markazga yaqinlashish davomida o`xshatish va moslashish doimiy 
ravishda kuchayib boradi». Ishchilarda esa, aksincha, daromad motivi ustunlik 
qiladi (ish haqi), ammo Shu bilan birgalikda o`xshatish ham mavjud. O`rta texnik 
personalda esa aksincha, o`xshatish motivi mavjud bo`lsada, daromad ham 
birgalikda ko`zga tashlanadi. Texnotuzilmalarda o`xshatish ustunlik qiladi. 
O`zining 
rag`batlantirish 
motivlari 
umumiy 
nazariyasini 
Gelbreyt 
jamoatchilik rivojlanishiga nisbatan ham, ilgari suradi. «iqtisodiyotdagi 
hukmronlik, qadim zamonlarda er egaligiga asoslangan edi, keyinchalik u kapital 
qo`liga o`tdi va nihoyat bizning davrimizda hukmronlik manbai sifatida bilim, va 
tajriba aralashmasi xizmat qilib, bu texnotuzilma shaklida ko`zga tashlana 
boshlandi. Mazkur jarayon bilan paralel ravishda inson faoliyatini nazorat etuvchi 
motivlar almashinuvi ham yuz berdi. Majburlash, qadim zamonlardan beri er 
egaligi bilan bog`liq. Shunga o`xshash mablag` motivi kapital bilan bog`liq. 
Maqsadlarning o`xshatilishi va moslashtirilishi ham texnotuzilma bilan bog`liq». 
Kelajakdagi industrial jamiyatda hukmronlik uning qo`liga o`tishi sababli, 
texnotuzilmaning nafaqat korporatsiya bilan, balki jamiyat bilan ham o`xshatilishi 


197 
yuzaga keladi, boz ustiga texnotuzilma va jamiyat maqsadlari bir - biriga o`xshash. 
«Texnotuzilma asosan, tovarlar ishlab chiqarilishi va mazkur tovarlarga nisbatan 
talab boshqarilishi va rivojlanishi masalalari bilan bog`liq. Demak, mazkur faoliyat 
jamiyatning birlamchi vazifasi sifatida ko`rib chiqilishi muhimdir» deb ta`kidlaydi. 
Keyingi davrlarda Gelbreyt quyidagi masalani ham ilgari surgan: 
korporatsiya hukmronligi tepasiga texnotuzilma kelgan taqdirda korporatsiya 
bozor iqtisodiyotida qanday Yangi harakatlarni amalga oshira boshlaydi? 
«Korporatsiya tadbirkorlik maqsadlari tadbirkor mablag` daromad manfaatlari 
bilan aniqlashtirilgan», ya`ni daromad maksimizatsiyasi maqsadi ilgari suriladi. 
Shu bilan birgalikda daromad maksimizatsiyasiga nisbatan harakat, tavakkalchilik 
oshishi bilan ham bog`liqdir. Texnotuzilma o`z ishi bilan o`xshatishga 
asoslanganligi sababli, uning maqsadi korporatsiya faoliyati, bozordagi mo``tadil 
holati va ishlab chiqarishni o`sishi bo`ladi. Shu sababli, daromadning 
kafolatlangan darajasi va maksimal o`sishi mablag` ta`minoti masalasi bilan mos 
bo`lib, uning mosligi kapital investitsiyalari uchun zarur, demak texnotuzilma 
birlamchi maqsadlari ham Shudir». 
Rivojlanishning mazkur masalalariga erishish uchun, korporatsiya Gelbreyt 
fikricha rejalashtirish bilan Shug`ullanadi. «firma rejalashtirish deb hisoblagan 
narsa, ko`pchilik jihatdan bozor ta`sirini minimum darajasiga tushirish yoki undan 
voz kechishga qaratilgan». 
Korporatsiya hayotiy faoliyati uchta bozorda kechadi: tovar bozori, mazkur 
bozor xom ashyo, uskunalar bozoriga bo`linadi, kapital bozori va mehnat bozori. 
Mazkur bozorlarning barchasida rivojlangan korporatsiya o`zini tavakkal va 
noaniqlikdan himoya qilishi shart. Tovar bozorida «Firma sotayotgan mahsuloti 
ustidan, hamda sotib olayotgan mahsulotlari ustidan nazoratni amalga oshirishi 
kerak. Buning uchun u birinchi o`ringa bozorni rejalashtirilishini amalga oshirishi 
zarur». Bunda Gelbreyt korporatsiyaning rejalashtirilishi bozor monopolizatsiyasi 
bilan barobarligi haqidagi ayblovni inkor etadi. «Bozorlar ustidan bunday nazorat, 
korxonaning yirik hajmlari bilan bog`liq, aniqrog`i mazkur bozor yirik hajmlari 
ustidan». «Iqtisodchilar bozorchi tushunchasini rejalashtirish bilan emas, 
monopoliya bilan bog`lashadi. Bozor kontsentratsiyasi yoki monopoliya 
umumqabul qilingan nuqtai - nazardan bozor mexanizmi vositasida resurslar 
qo`llanilishi samaradorliligiga salbiy ta`sir etuvchi omil sifatida qabul qilinib, 
ko`pchilik jihatdan noqonuniy hodisa sifatida qabul qilinadi». «Bunday fikrlar, 
ko`pchilik insonlarni sarosimaga tushirib qo`yadi. Korxona hajmlari texnik 
progressning sodda yo`ldoshi bo`lib, u hech qachon daromad ob`ekti bilan 
aloqador emas». 
Kapatal bozorida qo`shimcha mablag`larni olish an`anaviy ravishda 
aktsiyalar chiqarish vositasida amalga oshiradi. Bunda istalgan bozordagi kabi 


198 
tavakkalchilik va noaniqlik mavjud, Shu sababli «Yirik hajmlarda kapitaldan 
foydalanuvchilar kapital bozoridan bo`lgan bog`liqliklarni pasaytirishga harakat 
qilishadi». Bundan tashqari qo`shimcha aktsiyalarning mulkdorchilik belgilari 
sifatida chiqarilishi, mulkdorlar, ya`ni aktsionerlarning ish faoliyatiga aralashuvi 
xavfini oshiradi. «O`z mustaqilligini mustahkam ravishda ta`minlash uchun, 
texnotuzilma Yangi kapital manbaiga ega bo`lib, mazkur manbadan, o`z qarorlari 
ustidan mo„ayyan hukmronlik bilan kelishgan holda mablag`larini kompensatsiya 
etish majburiyatisiz ega bo`lishi kerak». Gelbreytning fikricha, mazkur manba 
sifatida, texnotuzilma tomonidan dividiendlar bo`yicha ozod etilgan daromad 
qismining yashirilishi va bu mablag`larning korporatsiyaning o`z - o`zini 
moliyalashtirishi uchun qo`llanishga yo`naltirilishidir. 
Rivojlangan korporatsiya mehnat bozorida ilgarigidek, tadbirkorlik 
korporatsiyasi bilan to`qnashishga to`g`ri keladi, bunda korporatsiyalar Yangi 
raqib, kasaba uyushmalari bilan to`qnashib, kasaba uyushmalari alohida ishchiga 
ega bo`lmagan tadbirkor tomonidan xarajatlarni oshirish (masalan ish haqi), hamda 
ish tashlash natijasida daromadini pasaytirishga ega. Ammo Gelbreyt fikricha, bir 
tomondan texnotuzilma psixorlogik jihatdan mulkdorlarga ko`ra kamroq bosim 
ostida kasaba uyushmalari bilan kelisha oladi. Boshqa tomondan esa texnik 
taraqqiyotni rivojlanishi va ishchilar malakasi oshgani sayin, ular o`rta texnik 
personal darajasiga ko`tarilib, ularga nisbatan korporatsiya bilan o`xshatish motivi 
oshadi, demak daromad olish motivi pasayib boradi. Ular kasaba uyushmalaridan 
uzoqlashib, ish tashlashga kamroq darajada moyil bo`lishadi. 
Nihoyat, tashqi muhit bilan rivojlangan korporatsiyaga qarama - qarshi soha 
ham mavjud. Mazkur jamiyat bilan qarama - qarshiliklar nazdida, shaxs nomidan 
davlat chiqadi. Bir tomondan jamiyat korporatsiyaga nisbatan, atrof muhit 
ifloslanishi, reklamaning taxtalari ko`rinishni buzishi borasidagi qarshiliklarga ega 
bo`lsa, boshqa tomondan korporatsiyalar ham soliq to`lash, o`z ishlab chiqarish 
jarayonini qimmatlashtirish, tozalash infshootlarini qurishni yoqtirmaydi, ammo 
mazkur qarama - qarshiliklar, Gelbreyt fikricha echilishi mumkin bo`lgan, boz 
ustiga davlat texnotuzilmaga mulkdorlarga nisbatan yaqinroq bo`ladi: hukumat 
ham, texnotuzilma ham rejalashtirish rivojlanishi tarafdorlari bo`lishib, hukumat 
xizmatchilari, va texnotuzilma xodimlari orasida o`xshash ma`lumot va 
dunyoqarash mavjud bo`lib, umuman olganda jamiyat va rivojlangan korporatsiya 
manfaatlari orasida qarama - qarshilikka nisbatan o`xshashliklar ko`proqdir. 
Umuman olganda 1960-yillar so`ngida, Gelbreyt kapitalizmdan Yangi 
industrial jamiyatga o`tish borasida optimistik fikrlarni bildirgan. Ammo tezda 
jahon iqtisodiyotidagi holat salbiy tomonga o`zgarib, Shu bilan birgalikda Gelbreyt 
va boshqa institutsionalistlar qarashlari ham o`zgardi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish