69
VIII-BOB. XIX ASR O`RTALARIDA MUMTOZ SIYOSIY IQTISODNING
TUGASHI
8.1. Dj.S. Mill` iqtisodiy nazariyasi
XIX asrning o`rtalarida mumtoz siyosiy iqtisod yuqorida ko`rsatilgan uch
yo`nalish doirasida rivojlanishni davom ettirdi, ammo asrning o`rtalariga kelib,
mazkur metodolik yondashuvlardan kapitalistik iqtisodiyot tadqiqotlari, o`zining
mantiqiy
yakuniga
etib
keldi.
1848
yilda,
mumtoz
siyosiy
iqtisod
nazariyachilaridan biri Dj. S. Mill` yozishicha, - «Qiymat qonuniyatlarida
zamonaviy yoki kelajakda tug`ilajak mualliflar aniqlashi mumkin bo`lgan hech
narsa qolmadi. Mumtoz siyosiy iqtisod, natijalarini aniqlashtirish davri kelib, uning
asosiy toifalari tenglashtirila boshlandi». Bu ish, XIX asr o`rtalari mumtoz siyosiy
iqtisodning yirik namoyandalaridan Dj. S. Mill` va K. Marks tomonidan amalga
oshirildi.
Shu bilan birgalikda, ularning asarlarida, Yangicha nazariy yo`nalishlarni
metodolik elementlari aks etgan bo`lib, ular mumtoz siyosiy iqtisod o`rnini bosdi.
Ushbu yo`nalishlar Mill` g`oyasi bo`yicha «Marjinalizm» va Marks fikriga ko`ra
esa «Institutsionalizm» nomini oldi. Mazkur Yangi yo`nalishlar, XIX asrning
oxirida iqtisodiy fandan mumtoz siyosiy iqtisodni siqib chiqara boshladi, ammo
iqtisodiy ta`lim sohasida u XX asr boshigacha hukmronligini davom ettirdi.
Faqatgina mumtoz siyosiy iqtisod tarafdorlari bo`lmish marksistlar, iqtisodiy
tadqiqotlarni XX asrda ham davom ettirshdi.
Iqtisodchi va faylasuf Djon Styuart Mill` (1806-1873), iqtisodchi Djeyms
Mill`ning o`g`li edi. Dj. S. Mill`ning o`zini Rikardo maktabi tarafdori deb
hisoblagan, ammo haqiqatda XIX asr birinchi yarmi mumtoz iqtisodchilari barcha
nazariyalarini umumlashtirgan bo`lsa ham , Dj. S. Mill` falsafa sohasida O. Kant
va G. Spenser bilan bir qatorda pozitivizm nazariyasi asoschisi bo`ldi. Bundan
tashqari, u faol jamiyat arbobi, parlament a`zosi bo`lib, kambag`allar, yollanma
ishchilar, xizmatchilar va ayollar huquqlarini kengaytirish uchun kurash olib
borgan. Uning fikricha, insoniyat rivojlanishining hozirgi holatida asosiy maqsad,
xususiy mulk tizimini barham qilish emas, jamiyat tomonidan kelitirib chiqarilgan
foydalarda jamiyatning barcha a`zolari qatnashishi uchun teng to`liq huquqlarni
bergan holda, bu tizimni yaxshilashdan iborat. Mill`ning asosiy iqtisodiy asarlari
«Siyosiy iqtisodning ba`zi echilmagan muammolariga nisbatan ocherklar» (1844)
va «Siyosiy iqtisod asoslari va ularning ijtimoiy falsafada qo`llanilish mo„ayyan
aspektlari» (1848) deb nomlanadi. Bu asarlar yarim asr davomida universitet
siyosiy iqtisod kurslari asosi sifatida o`rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: