Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 3. Yаngi iqtisodiy nazariya



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/170
Sana31.01.2023
Hajmi1,88 Mb.
#905685
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   170
Bog'liq
d1c0a909228ef2039cb1a023dfc722fd IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI

 
28. 3. Yаngi iqtisodiy nazariya 
Neoinstitutsional yo`nalish namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan 
tahliliy apparat, ya`ni turli institutsional tashkiliy ustunliklarini qiyosiy 
transaktsion tahlili, tashqi samaralar masalasiga xususiy mulkdorlik nuqtai 
nazardan qarash, opportunistik harakat tushunchasi, amerikalik iqtisodchi Duglas 
Nort (1920-yilda tug`ilgan) va uning hamkasblari asarlarida o`ziga xos ravishda 
qo`llanilgan. U umuman olganda, iqtisodiy tarix tahlili, va mo„ayyan 
mamlakatlarda, mo„ayyan davrlarda katta iqtisodiy o`sish yuz berib boshqa 
mamlakatlarda Shu davrning o`zida bunday rivojlanish kuzatilmaganligi 
sabablarini tushuntiruvchi tahlil tushuntirilishi uchun qo`llanilgan. 
«1790 yildan 1860-yilgacha bo`lgan davrda Qo`shma SHtatlarda iqtisodiy 
o`sish» (1961), «Institutsional o`zgarishlar va Amerika iqtisodiyoti o`sishi» (1971 
yilda L. Devis bilan hammualiflikda), «G`arbiy dunyoda ko`tarilish» (1973 R. 
Tomas bilan hammualliflikda) asarlarida Nort va uning hamkasblari tomonidan 
AQSH va Evropa iqtisodiy tarixi bo`yicha katta material yig`ilib, tahlil etildi. 
Uning asosida neoinstitutsional apparat vositasida iqtisodiy tarix va uning 
qonuniyatlarining Yangi kontseptsiyasini yaratish harakati amalga oshirildi. 
Mazkur kontseptsiyaning asosiy g`oyalari Nortning ikki asari, ya`ni «Iqtisodiy 
tarixda tuzilish va o`zgarishlar» (1981), «Institutsional institutlar. Institutsional 
o`zgarishlar va iqtisodiyot faoliyati» (1990) kabi asarlarda yoritilgan. 
Nort va uning hamkasblari tomonidan taklif etilgan Yangi yondashuv, asosiy 
e`tiborni turli tarixiy davrlarda va turli hududlarda iqtisodiy institutlar qiyosiy 
tarixiyligi qaratib, institutsional tizimlar va iqtisodiy o`sish darajasining yuzaga 
kelishi, rivojlanishi va emirilishi orasidagi aloqani tadqiq etadi. Yangi iqtisodiy 
tarix 
tezisi 
asosini 
mazkur 
o`sish 
indlikatorlari 
tomonidan 
o`sish 
rag`batlantirilishining an`anaviy qarashlari borasidagi omillar tashkil etadi. 


233 
Innovatsiyalar, zahiralar, ta`lim, NTP. Iqtisodiyotning tez va muvaffaqiyatli 
o`sishining asosiy sharti effektiv institutlar mavjudligidir. 
Institutlar bajaradigan asosiy vazifa transaktsion xarajatlarni tejashdir. Agar, 
iqtisodiy o`zgarishlarga javoban institutlar yaratilib, ular mazkur muammoni 
muvaffaqiyatli tarza echadigan bo`lsa, iqtisodiyot kelajakdagi rivojlanishi uchun 
ijobiy impul`sga ega bo`ladi. D. Nort nuqtai-nazariga ko`ra o`zgaruvchan 
sharoitlarga iqtisodiy tuzilishlarni tez va adekvat ravishda moslashtirish 
imkoniyatini beruvchi eng egiluvchan tizim, ya`ni xususiy mulk tizimidir. Aynan, 
mazkur tizimning Angliya va Gollandiyada erta rivojlanishi, Frantsiya va 
Ispaniyadan farqli o`laroq mazkur mamlakatlar iqtisodiyoti dinamikligini belgilab 
berdi.
Nort nazariyasining yana bir muhim jixati rivojlanishi, yo`liga bog`liqlik 
kontseptsiyasidir. Uning ta`kidlashicha, evolyutsion iqtisodiyot nazariyasi 
namoyandalaridan farqli o`laroq tarixiy taraqqiyot davomida samarali faoliyat 
yuritayotgan institutlarda tabiiy saralanishi yuz bermaydi. Bir marotaba 
belgilangan tuzilmalarni bartaraf etish qiyin, va aynan Shular mamlakat 
rivojlanishi yo`lini uzoq muddatga belgilab beradi. Institutsional muhitning bu kabi 
inertlik holati sababi, yuqori darajadagi transaktsion xarajatlarning institut 
islohotlariga sarflanadigan yuqori transaktsion xarajatlaridir va bu holat ayniqsa 
yirik va konservativ institutlarda ko`p kuzatilib, Yangi institutlar yaratilish yo`lida 
to`g`anoq bo`ladi. Tuzilmaviy o`zgarish yuz berishi uchun, uning harakatidan 
olinadigan iqtisodiy daromadlar xarajatlardan ustun kelishi lozim. D. Nort va Dj. 
Uolis tomonidan AQSH iqtisodiyotida transaktsion xarajatlar dinamikasi hisoblab 
chiqilgan edi.25 ularning hisob-kitobi bo`yicha, 1870-1970 yilgacha bo`lgan 
muddat davomida transaktsion xarajatlar umumiy ulushi hajmi ikki barobar oshib, 
yalpi ichki mahsulot 26,6 dan 54,9 % ga oshgan. Transaktsion sektorning 
kengayishini D. Nort va Dj. Uollislar birlamchi ahamiyatga ega tuzilmaviy 
o`zgarish deb baholashgan va uni rivojlangan mamlakatlar va iqtisodiy jihatdan 
qoloq mamlakatlar orasidagi kontrast bilan belgilash mumkin. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish