Fast food tashkilotlarida to’liq ishlaydigan ishchilarning yillik o’rtacha maoshi $18,564 Minimal soatbay maosh shtatlarda:$5.15/hour (Wyoming shtatida) $9.04/hour (Washington shtatida) Minimal soatbay maosh shaharlarda:$5.15/hour (Atlanta) $10.50/hour (San Francisco) Eng kam moash oladigan ko’pchilik ishchilar hattoki 20 yil yil davomida g’aliyam kam maosh olmoqda. McDonald’s tashkilotining yillik ishchilariga beradigan maoshi :$8.8 million tashkil etadiyu bu esa eng kam ish haqidan 588 marta ko’proq 16 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan ishchilar umumiy ishchilarning 17 % ini tashkil etadi. (Manba Patton (2012b)).52 Teylor o’z yondashuviga hech qanday yangi asosiy ilmiy qoidalar kiritilmaganini tan oladi va ilmiy boshqaruv nazariyasi «boshqaruvchilarning avvalgi avlodlari tomonidan to’plangan barcha an`anaviy bilimlarni yig’adi hamda uni qoidalar, qonunlar, formulalar ko’rinishida takomillashtiradi» deb tahmin qiladi. Tashkilotni boshqarishni takomillashtirish bo’yicha Teylorning yondashuvida injenerlik qarorlariga ustuvorlik berilgan. Ushbu nazariya doirasida «ratsionallikdan» og’ishlar hisob-kitoblar va sof injenerlik qarorlari asosida chetlashtirilishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlar, hatolar, noaniqliklar kabi ko’rib chiqiladi.
F.Teylorning davomchilari bo’lgan ishlarni bajarishning optimal usullarini izlash uchun ilmiy usullardan foydalanishni bosh vazifa qilib olgan tashkilot nazariyasi klassiklari F.Teylorva L. Gil’bertlar keyinroq tashkilotlarda mehnat jarayonlarini ratsionallashtirish g’oyasini ishlab chiqdilar. Ratsionallik va injenerlik yondashuvi g’oyalari o’zanida, umumiy maqsadlarga erishish bo’yicha tashkilotning turli bo’limlaridagi harakatlarni birlashtirishni ta`minlash, tashkilot faoliyatini ratsional tarzda rejalashtirish usullarini ishlab chiqqan amerikalik muhandis G.Gant ham tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirish muammolarini ko’rib chiqdi.
Tashkilotlar bo’yicha frantsuz tadqiqotchisi A.Fayol ilmiy boshqaruvning mumtoz maktabini rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. Uning ishlarida tashkilot boshqaruvi tuzilmasini o’rganishga asosiy e`tibor qaratilgan. Fayol boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi tushunchasini taklif etdi, uni markazlashtirish darajasi, maqsadlari va konfiguratsiyasiga bog’liq holda asosiy turlarini aniqladi. Fayolning fikriga ko’ra, har qanday ijtimoiy tuzilma faoliyatining negizida tashkilotda nafaqat munosabatlarni mustahkamlovchi, balki ularning yakuniy sofligini ham ta`minlovchi ierarxiya tamoyili yotadi. Bu esa, huquq va javobgarliklar yuqoridan pastga - oliy boshqaruvdan quyiga, so’ng esa ijrochiga taqsimlanishi lozimligini anglatadi. Quyidagi tamoyillarni amalga oshirish orqali vertikal aloqalarning aniq harakatiga erishildi:
- qarorlar birligi (yakka hokimlik);
- istisno (faqat muhim va takrorlanmaydigan qarorlar rahbarning ixtiyorida qolishi lozim);
- nazorat sohasini ratsionallashtirish (yagona rahbar ixtiyorida xodimlarning qat`iy belgilangan soni);
- tashkiliy ixtisoslik (tashkilotda boshqaruv vazifalarining aniq taqsimlanganligi) va boshqalar (qarang 7. 67 b.).
Ilmiy boshqaruv maktabining M.Veber tomonidan nazariy asoslanganligi. Teylor va uning davomchilarining ratsional modelini ijtimoiy asoslab bergan M.Veberining asarlari ilmiy boshqaruv maktabining nazariy poydevori bo’ldi. Veberining ilmiy boshqaruv nazariyasi mualliflari tomonidan foydalanilgan muhim g’oyasi, ijtimoiy harakatlar kontseptsiyasi hisoblandi. Ushbu kontseptsiyaga muvofiq, jamiyatda ijtimoiy tartib asosini ijtimoiy yo’naltirilgan va ratsional harakatlargina (maqsadli yo’naltirilgan va yaxlit-yo’naltirilgan) tashkil etadi, tashkilot a`zolarining vazifalari esa, ular tomonidan shaxsiy maqsadlar va shaxsiy faoliyatlarining navbatdagi optimallashtirilishini o’zlari tushunishlarini hisoblanadi. Tashkilotda ishchining har bir harakati, uning o’z ishini bajarishi kabi, tashkilotning umumiy maqsadga erishishi nuqtai nazaridan ham ratsional bo’lishi lozim. Noratsional harakatlarga umuman yo’l qo’yilmaydi. Bunday tashkilotda hato, yangisini izlash, nizolar va mujmallikka o’rin yo’q. SHu tarzda, ratsionallik har qanday korxona va muassasaning oliy maqsadi va ieali hisoblanadi, ideal tashkilot esa so’nggi ratsional texnologiyalar, kommunikatsiyalar va boshqaruv orqali tavsiflanadi.
Veber qarashlari bo’yicha boshqaruvning ideal va nisbatan samaraliroq tizimi – rasmiyatchilikdir. Tashkilotda rasmiyatchilik qarorlarning jadal qabul qilinishi, ishlab chiqarish masalalarining tezkor hal etilishi bilan tavsiflanadi. Rasmiyatchilik tuzilmalarida qat`iy aloqalar ularning barqarorligi va tashkilot o’z maqsadlariga erishishiga aniq yo’naltirilishiga ko’maklashadi.
Boshqaruv apparatining turli unsurlari vazifalarini yoritib bergan va rasmiyatchilikning ideallashtirilgan kontseptsiyasini ko’rib chiqqan holda Veber ularning teskari rivojlanishi ham, unsurlar tizimini tuzuvchilar orasida yuzaga keladigan nizolarni ham, xodimlar orasidagi munosabatlarga norasmiy tuzilmaning ta`sirini ham va tashqi muhitning ta`sirini ham hisobga olmagan. Aniq rasmiyatchilik apparatining amal qilishidagi asosiy tamoyillarga kiritilgan ichik qarama-qarshiliklar, ratsional rasmiyatchilik tuzilmasining butunlay qulashiga olib kelishi mumkin.
M.Veberning ratsionallik nazariyasi ma`lum darajada tashkilotning boshqaruv tuzilmasini qurish, shaxslarga nisbatan qulay alohida talablarni belgilash, tashkilotda nisbatan maqsadga muvofiq texnologiyalardan foydalanish muammolarini hal etish imkonini berdi.
SHu bilan birga, tashkilotning ideal modellarini qo’llagan holda Veber tashkilot faoliyatining aniq sharoitlari va boshqaruv tuzilmasining amal qilishidagi oqibatlarni hisobga olmagan. Uning tashkilotida qayishqoqlik ko’rib chiqilmaydi, tashkilotning tashqi muhitga ta`siri hisobga olinmaydi. Buning oqibatida Veber qarashlari bo’yicha boshqaruvning ratsional tizimi murakkab vaziyatlarda qarama-qarshi tomonga o’zgaradi.