Samarqand davlat universiteti tasdiqlayman
Izoh: Oliy ta`lim muassasasi ixtisoslik fanlari ro’yxatini tuzishda kadrlar buyurtmachilarining talablarini e`tiborga oladi. Harbiy tayyorgarlik mashg’ulotlari qo’shimcha fanlar blokining soatlari hisobiga, harbiy yig’in esa ta`til vaqti hisobiga o’tkaziladi. Harbiy tayyorgarlik mashg’ulotlari o’tkazilmaydigan hollarda mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablariga moslanuvchanligi va harakatchanligini ta`minlash uchun Ilmiy kengashning qarori bilan foydalaniladi. O’quv reja asosida oliy ta`lim muassasasi har yili ishchi o’quv rejasini tuzadi. Bunda oliy ta`lim muassasasiga talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o’quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o’zgartirish huquqi beriladi. O’quv fanlari hajmining kamida 25 foizi mustaqil ta`lim tarzida o’zlashtirilishi shart. Talaba bilimini baholash reyting tizimiga muvofiq o’quv jarayoni davomida amalga oshiriladi Bitiruv malakaviy ishini bajarish muddatlari tarkibiga uni himoya qilish ham kiritiladi. CHet tili fanining oxirgi 7-8-semestrlarida bitiruvchi kurslar uchun qo’shimcha va tanlov fanlar bloki soatlari hisobidan har haftadan 2 soatdan “Amaliy ingliz tili” fani o’qitiladi. *Jismoniy madaniyat va sport fani tarkibida "Valeologiya asoslari" kursidan 10 soat hajmda ma`ruza, 8 soat hajmda amaliy mashg’ulot o’qitilishi ko’zda tutiladi. Kurs ishi(loyihasi)ni “Umumkasbiy fanlar” va “Ixtisoslik fanlar” bloklaridagi fanlar bo’yicha berish tavsiya etiladi. ** Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokidagi “Iqtisodiyot nazariyasi” fani 3 kurs 5 semestridan 1 kurs 1 semestrga o’tkazildi. ***Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokidagi “Sotsiologiya”, “Pedagogika. Psixologiya” fanlari umumkasbiy fanlar blokidagi “Sotsiologiya”, “Umumiy psixologiya” va “Umumiy pedagogika” fanlari tarkibida qo’shib o’qitish rejalashtirildi.
III.NAMUNAVIY VA ISHCHI O’QUV DASTUR O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
SOTSIOLOGIYA FAN DASTURI Bilim sohasi: 500000 – Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot Ta`lim sohasi: 520000– Ijtimoiy ta`minot Ta`lim yo’nalishi: 5520100– Ijtimoiy ish (oilalar va bolalar bilan) 5520100– Ijtimoiy ish (keksalar va nogironlar bilan) T oshkent – 20__ O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining 201__ yil “____” _________dagi “____”-sonli buyrug’ining ____-ilovasi bilan fan dasturi ro’yxati tasdiqlangan. Fan dasturi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi yo’nalishlari bo’yicha O’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 201__ yil “___” ____________dagi ___ - sonli bayonnomasi bilan ma`qullangan. Fanning o’quv dasturi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida ishlab chiqildi. Tuzuvchilar: Ubaydullaeva R.T. – Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Farfiev B.A. – Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti, sotsiologiyafanlari nomzodi Taqrizchilar: Qayumov O’.K. – «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o’rganish Markazi direktori muovini, iqtisod fanlari nomzodi. Norimbetov T.B. – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti psixologiya va falsafiy fanlar kafedrasimudiri, psixologiya fanlari nomzodi Fanning o’quv dasturi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ilmiy-uslubiy kengashida ko’rib chiqilgan va tavsiya qilingan (20__ yil «___» _________dagi «___» -sonli bayonnoma). KIRISHSotsiologik ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida muhim o’rinni egallaydi. Sotsiologik ta`limning muhim funktsiyalaridan biri – bu jamiyat a`zolarida sotsial muammolarni tushunish, ularning kelib chiqish manbalarini aniqlash va bartaraf etish yo’llari hamda imkoniyatlarini qidirib topish ko’nimalarini shakllantirishdan iboratdir. Hayot bir joyda turg’un bo’lmaganidek, sotsiologiya fani ham rivojlanishdan to’xtab qolgani yo’q. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining rivojlanish imkoniyatlarini sotsiologiya fani doirasida tahlil qilish, o’rganish va olingan ilmiy-nazariy xulosalardan amaliyotda foydalanish muhim ijtimoiy masalalardan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, sotsiologiya fani jamiyatda ro’y berayotgan yirik ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni shunchaki qayd etish bilan shug’ullanmaydi, balki ularning asl mohiyati va mazmunini atroflicha ochib beradi. Zero, sotsiologiya ijtimoiy fanlar orasida o’z tadqiqotlarining aniqligi va amaliyligi, tahlil qilayotgan masalalarni tajribalar asosida o’rganish imkoniyatlari mavjudligi bilan alohida ajralib turadi. Sotsiologiya faqat hozirgi ijtimoiy hodisalar tahliliga to’laqonli javob berishi bilangina cheklanmasdan, balki ularning istiqboliy o’zgarish darajasi xususida ham ilmiy bashoratlarni ilgari sura oladi. Ana shu jihatdan qaraganda, sotsiologiya fani nazariyasi, amaliyoti va tadqiqot usullarini atroflicha o’rganib chiqish zarurati dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy e`tibor amaliy faoliyatni olib borishda sotsiologik bilim va usullardan foydalanish imkoniyatlarini ishlab chiqishga, O’zbekiston va jahondagi sotsial muammolarga nisbatan qiziqishning oshganligiga qaratiladi. Fan dasturining maqsadi va vazifalari Zamonaviy ijtimoiy hayotning murakkab hodisa va jarayonlarini ilmiy tushunish, amaliy faoliyatda sotsiologik bilim va metodlardan foydalanish malakalarini shakllantirishdan iborat.sotsiologiya fani ob`ekti, predmeti, asosiy tushuncha va kategoriyalarini mohiyatini tushuntirish; sotsiologiyaning jamiyat hayotidagi o’rni, funktsiyalari, ahamiyati to’g’risida batafsil ma`lumot berish; zamonaviy sotsiologiyadagi asosiy maktab va yo’nalishlar bilan tanishtirish sotsiologiya fanining asosiy qonun va tamoyillarini umumiy va xususiy jihatlarini ko’rsatib berish; amaliy sotsiologik tadqiqot metodlari va dasturi to’g’risida muayyan tassavvur uyg’otish; shaxs, sotsial guruh, sotsial jamoalarga xos belgi va xususiyatlar hamda ularning mohiyatini ochib berishi; sotsial struktura, sotsial stratifikatsiya, sotsial mobillikning mohiyati va mazumunini ochib berish orqali talabalarga jamiyatda bo’layotgan sotsial jarayon, hodisalarni ilmiy tahlil etish zaruriyatini singdirish fanning asosiy maqsadidir. Fan bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarga qo’yiladigan talablar «Sotsiologiya»o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasidabakalavr: sotsiologiyani mustaqil fan sifatida shakllanishi omillari, uning tadqiqot ob`ekti va predmeti, strukturasi va fanlar tizimidagi o’rni, jamiyatni yaxlit ijtimoiy tizimligi, shaxs va jamiyat munosabatlari, ijtimoiy hayotning dolzarb muammolari, jamiyat a`zolarining shaxsiy va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtiradigan sotsial institutlar faoliyati haqida tasavvurga ega bo’lishi; sotsiologiya fanining turli yo’nalishlardagi nazariy-metodologik asoslari, fanning asosiy tushuncha, kategoriyalari va qonunlari, shaxs va uning ijtimoiylashuv jarayoni, sotsial guruhlar tasnifi, jamiyat a`zolarining ijtimoiy mavqesi, ijtimoiy hayotda gender munosabatlari, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ma`lum bir qonuniyatlar asosida kechishi, jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o’zaro bog’liqlikda ekanligini yaxlit idrok etishi hamdajamiyat rivojining asosiy omillarini tasniflay olishni bilishi va ulardan foydalana olishi; zamonaviy jamiyatda ro’y berayotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalarni to’g’ri tavsiflash, turli ijtimoiy-madaniy xususiyatda kechayotgan hodisalarni holis qiyosiy taqqoslash, zamonaviy jamiyatdagi mavjud ijtimoiy muammolardan ustuvorlarini aniqlash va ularni ob`ektiv tahlil qilish, muayyan hodisa va voqealarga kishilarning shaxsiy munosabatlarini o’rganishga qaratilgan empirik tadqiqotlarda ishtirok etish, ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy sohalarda o’tkazilgan amaliy sotsiologik tadqiqotlar natijalaridan foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Download 3,22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |