O’rganadigan kishilari bilan o’zaro hamjihatlikni barpo etish
Butun ob`ektni bir butunlikda qamrab olish
Kuzatuv ma`lumotlarini qayd qilib borish
Yig’ilgan ma`lumotlarni umumlashtirish
Kuzatuv metodning quydagicha turlari mavjud:
Bilvosita ishtirok – o’rganish davomida axoli yoki ob`ekt bilan umumiy aloqa mavjud bo’maydi
Passiv ishtirok- tadqiqotchi ma`lum rol bilangina cheklanadi
Mo’tadil ishtirok- tadqiqotchi “ichkari” va “tashqari” borasidagi balansni saqlab qoladi
Faol ishtirok- tadqiqotchi o’rganilayotgan guruhning to’laligicha a`zosiga aylanib kompleks tarzda ma`lumotlarni to’laydi
Mukammal ishtirok - tadqiqotchi aholi bilan bevosita integratsiyaga kirishib ma`lumotlarni to’laydi vaziyatga qarab boshqa me`todlarni ishtirok davomida qo’llaydi10
Hujjat usuli tarixiy adabiyotlarda keng qo’llanilgan. Abu Rayhon Beruniyning «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ko’pdan-ko’p yozma manbalardan keng foydalaniladi.
Hujjat - moddiy material manba hisoblanib, voqea va faktlar xususidagi ma`lumotlarni o’zida ifodalaydi.
Hujjatda inson yoki jamoa fikri yozma va boshqa belgilarda namoyon etilgan bo’ladi. Hujjat sifatida turli formulalar, chizgilar, grafiklar, ramziy belgilar bo’lishi ham mumkin. Bunday shartli belgilar muayyan ma`lumotga ega kishilar tomonidan o’qiladi.
Hujjatlarning o’ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagi tasnifni e`tiboringizga havola etamiz:
Sotsiologik tadqiqot uchun muhim ahamiyatga ega holat, fakt avvalo inson tomonidan (yoki mahsus moslamalar ko’magida) qayd etiladi, so’ngra hujjat shaklida ifodalanadi. Demak, hujjat inson ongida avval paydo bo’lib so’ng og’zaki, yozma manbalarda ifoda etiladi, qayd qilinadi, saqlanadi va tarqatiladi.
Har qanday holatlarda ham muayyan fakt va holatlarningmuhim jihatlari xususidagi informatsiyaga ega bo’ladi (tekst, ovoz yozish moslamalari, nurli ifodalarda yoki chizma belgilarda aks ettiriladi).
Ayrim hujjatlar mazmuni faqat muayyan mahsus bilimlarga ega bo’lgan kishilargagina tushunarli bo’ladi. Masalan, murakkab texnologiya loyihalari, qurilish smetalarini, elektron-hisoblash mashinalari beradigan ma`lumotlarni mahsus bilimlarsiz anglab olish qiyin. Ammo bunday hujjatlar mazmuni mahsus bilimlarga ega bo’lgan har xil kishilar uchun bir xil ma`no berishi kerak.
Hujjat, uning saqlanishi va yagona mazmun berishi xususiyatlari tayin bo’lsa, istalgan manbada bayon etilishi va istalgan usulda ifodalanishi mumkin.
Tashkilot, muassasa va mansabdor shaxs tomonidan beriladigan hujjatlar umumiy qabul qilingan muayyan guvohlik mazmunini ifodalovchi rasmiy rekvizitlarga ega bo’ladi. Ularni taxminan shunday xarakterlash mumkin:
hujjatlarda muhr, shtamp, bosmaxona blanki belgilari bo’lib, ular muayyan muassasa, tashkilotga tegishli ekanligidan dalolat berib turadi.
hujjat ma`lum mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo’lib,
uning ismi-sharifi va unvoni aks etadi.
hujjatda, u tuzilgan joy, vaqt, qabul etish va muayyan adresga jo’natish belgilari qayd etilgan bo’ladi.
Albatta, sotsiologiya fani uchun hujjatda aks ettirilgan mazmun birinchi darajali ahamiyatga ega, ammo mazkur hujjatning nechog’lik haqqoniyligi va realligi uning tuzilish shakliga ham bog’liqdir.
Hujjatlarning bir qancha xillari bor:
a) qayd etish usuliga ko’ra farqlanadigan hujjatlar (qo’lyozma, bosma yozuv, kino va magnit tasmasidagi yozuvlar), fotosuratlar);
b) muayyan maqsad qo’yib olinadigan hujjatlar (tadqiqot dasturiga ko’ra sotsiolog tomonidan maxsus tuziladigan hujjatlar);
v) shaxsga doir (shaxsiy xujjatlar, xatlar, kundaliklar) va shaxsga bevosita aloqasi kam hujjatlar (statistik materiallar, matbuot ma`lumotlari, majlis prtokollari);
g) rasmiy darajasiga ko’ra farqlanuvchi hujjatlar (davlat statistika idoralari tomonidan rasmiy hujjatlarga ilova qilinadigan ma`lumotlar, qarorlar, farmonlar, ko’rsatmalar, shuningdek norasmiy hujjatlar-alohida shahs tomonidan tuziladigan arizalar, shikoyatlar, taqrizlar, guvohlik ko’rsatmalari va boshqalar);
d) hujjatlar informatsiya manbaiga ko’ra ham farqlanadi (birlamchi informatsiyalar bevosita kuzatish yoki so’rash usuli orqali olinadi, ikkilamchi informatsiya esa birlamchi ma`lumotni umumlashtirish, qayta ishlash hamda qayta tekshirish natijasida olinadigan ma`lumotlar tufayli qo’lga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |