2. O’zbekistonda sotsiolog mutaxassislar tayyorlaydigan bo’lim qachon ochilgan?
1. 1989 yil
|
2. 1991 yil
|
3. 1995 yil
|
4. 1985 yil
|
3. Sotsiologiya fanining vujudga kelish davri …
|
1. XVII–XVIII asr boshlarida
|
2. XIX asr I-yarmida
|
3. XIX asr II-yarmida
|
4. XX asr boshida
|
4. Sotsiologiyada «Pozitivizm» so’zi qanday ma`noni anglatadi?
|
1. YAngi
|
2. Salbiy
|
3. Ijobiy
|
4. Intilish
|
5. M.Veberning fikricha sotsiologiyaning predmeti bu-...
|
1. Sotsial harakat
|
2. Sotsial munosabat
|
3. Sotsial integratsiya
|
4. Sotsial differentsatsiya
|
6. e. Dyurkgeym fikricha sotsiologiya faning ob`ekti...
|
1. Nazariy xulosa
|
2. Induktsiya
|
3. Sotsial fakt
|
4. Ilmiy gipoteza
|
7. Sotsiologiya mustaqil fan sifatida qaerda vujudga kelgan?
|
1. Lotin Amerikasi
|
2. SHarqiy Evropa
|
3. G’arbiy Evropa
|
4. AQSH
|
8. M. Veber nechta ijtimoiy xarakat turini ajratib ko’rsatadi?
|
1. 4ta
|
2. 2ta
|
3. 3ta
|
4. 5ta
|
9. Sotsiologiya dastlab qanday nom bilan atalgan?
|
1. Metafizika
|
2. Tarixiy tahil
|
3. Siyosiy arifmetika
|
4. Sotsial fizika
|
10. Sotsiologizm tamoyilining asoschisi…
|
1. Kont
|
2. Spenser
|
3. Dyurkgeym
|
4. Veber
|
MAVZU № 2. 2-mavzu: Sotsiologiya strukturasi . Sotsiologiya fanlar tizimida
Reja:
Struktura tushunchasi va uning ahamiyati
Fundamentalsotsiologiya
3.Sotsiologiyaning aniq fanlar bilan munosabati
4.Sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar
1. Struktura bu fandagi asosiy elementlar ularning joylashishi, munosabati va tartibidir. Struktura bevosita fanning rivojlanish darajasi va uning elementlariga bog’liqdir. Fanning rivojlanib borishi davrida uning elementlari bir tizimga to’planib, bu sistema orqali esa bilimlarni tashkil qilish vositaligi ta`minlanadi. Buning natijasida esa nazariy, metodologik, metodik va boshqa elementlar o’rganilayotgan voqelikni (reallikni) yaxlit ko’rinishda aks ettiradilar. Fan bir tizim sifatida, qachonki umumiy asoslar, kategoriya va tushunchalarni ishlab chiqgandagina bilishning har xil darajalari va shakllari orasida mantiqiy bog’lanish bo’lsagina yuzaga kelishi mumkin. Bu holatda fanning turli xil rivojlanish yo’nalishlari bilimning shakllangan tizimi bilan muvofiqlashadi. Agarda sotsiologiya haqida gapiradigan bo’lsak, u hali etuk birlashgan ilmiy tizim sifatida shakllangani yo’q. Hali yosh va rivojlanayotgan fan sifatida sotsiologiya har xil ilmiy tizimlarning to’plami sifatida ko’zga tashlanayapti.
Sotsiologiyaning strukturasini har xil tahlil qilish mumkin. Ayniqsa bu strukturani aniqlash nazariy sotsiologiya, empirik tadqiqotni ajratib olishlik bilan ko’pincha yuzaga keladi.
Lekin bu sotsiologiyaning komponentlarini ajratib olish umumiyroq ma`noga ega, natijada esa fanning murakkab va har xil ko’rinishga ega bo’lgan strukturasining mazmuni kashf etilmaydi. SHuning uchun to’laroq va har tomonlama xususiyatga ega bo’lish bilangina sotsiologiyaning strukturasini ko’rsatib berish lozim. Sotsiologiya strukturasida fundamental va amaliy yo’nalishlarni, nazariy va empirik tadqiqotlarni, maxsus va tarmoq sohalarni ajratib ko’rsatish darkor. Ular bir-birlari bilan juda murakkab o’zaro dialektik aloqadordirlar. Ayrim xollarda bir-birlariga qo’shilib ketadilar, boshqa holatlarda esa bir-birlarini inkor qiladilar. Tadqiqotimiz ilmiy, teran bo’lishligi uchun sotsiologiya strukturasini bu elementlarini alohida tahlil qilib chiqishga harakat qilamiz. Lekin, hozircha sotsiologiya quyidagi elementlardan iborat bo’lgan o’z struturasiga ega:
Fundamental sotsiologiya
Amaliy sotsiologiya
Naariy sotsiologiya
Empirik sotsiologiya
Sotsiologiyadagi maxsus va tarmoq yo’nalishlari
2. Fundamental sotsiologiya boshqa elementlardan hal qilayotgan muammolarning ko’lami, ahamiyati va mazmuni bilan ajralib turadi. U shunday muammolarni tahlil qiladiki, ular kecha bor, bugun mavjud va ertaga albatta bo’lishi muqarrardir.
Amaliy sotsiologik tadqiqotlar faqatgina sotsial buyurtma mavjud bo’lganidagina o’tkaziladi. Agarda nazariy sotsiologiyani rivojlanish markazi hali ham g’arbiy Evropa hisoblansa, amaliy tadqiqotlar AQSHda keng rivojlangan. Malakali o’tkazilgan amaliy tadqiqot unga sarflangan mablag’ni bir necha bor oqlashi mumkin, biroq past saviyada olib borilgani esa jiddiy ma`naviy va moddiy zarar keltirishi aniqdir.6
Nazariy sotsiologiyaning asosiy maqsad va vazifasi- bu o’rganilayotgan ob`ekt yoki muammoning nazariy tahlili bilan shug’ullanishdir. Bunda u o’z xulosalarini tekshirib chiqish uchun amaliyotga murojat qiladi. SHuning uchun bu ikki jarayonni birini biridan ajratish va o’zaro qarama-qarshi qo’yishga intilish noto’g’ri yondoshuvdir. CHunki, bu ikki hodisa bir-birini o’zaro to’diradi.
Sotsiologiya fanining qisqa muddatli rivojlanish tarixida bir necha nazariy yo’nalishlar ishlab chiqildi. SHulardan taniqlilari quyidagilardir:
Pozitivizm
Psixologizm
Neopozitivizm
Fenomenologiya
Struktur-funktsionalizm
Ularning har biri o’z davrida umumqamrovli universial sotsiologik nazariya bo’lishga intildi. Lekin ilm-fanni rivoji bir nazariyani boshqasi bilan almashib borishini taqazo etdi.
Tabiiy fanlar ham sotsiologiyaning alohida fan maqomiga erishishida katta rol o’ynashdi. Ma`lumki, XIX asrning birinchi choragidan boshlab tabiiy fanlar olimlari ulkan kashfiyotlar qila boshladilar. Jumladan, olimlar kimyoviy elementlarning tuzilishi, fizikaviy qonunlar, tirik organizmlarning rivojlanish qonunlarini kashf etishdi. Mazkur kashfiyotlarning barchasi tabiiy fanlarning muhim «asbob-uskanasi» hisoblanmish empirik metodlar: kuzatuv va eksperimentga asoslangan edi. Ushbu jarayonni kuzatib borayotgan Kont endi tabiiy fanlarning mazkur metodlarni o’zlashtirgan holda, yangi ijtimoiy fan-sotsiologiya ham pozitiv fan sifatida jamiyat hayotini konkret o’rganishi kerak deb hisoblaydi.
O’z fanlaridagi ulkan o’zgarishlardan ruhlangan tabiiy fanlar olimlari endi jamiyat rivojining asosiy qonunlarini kashf etishga kirishib ketdilar. Aynan shu harakatlar tufayli sotsiologiyada «Bir omil pozitivistik-nuturalistik maktablar» shakllandilar. Bularning ichida taniqlilari quyidagilar:
Geografik maktab.
Sotsial darvinizm.
Irqiy-antropologik maktab.
Mexanitsizm.
Bioorganik maktab.
YUqoridagi maktablar uchun umumiy holat-bu jamiyat hayoti rivojining bosh tabiiy omilini kashf etish bo’lsa, xususiysi-ularning har biri ma`lum bir tabiiy omilni alohida ajratib ko’rsatishga intildi.
Albatta, jamiyat va tabiat bir-biri bilan chambarchas bog’liqlikdadir, lekin ularni aynanlashtirish ilmiylikdan birmuncha yiroqdir. SHuning uchun ularning har birini muammosiga o’ziga hoslik bilan yondoshish talab qilinadi.
Bugungi kunda hech bir fanni aniq fan bo’lmish matematika bilan o’zaro aloqassiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Jumladan, sotsiologiya fani ham ushbu fan bilan chambarchas aloqadadir va o’zining taraqqiyotini u bilan hamkorliksiz ta`minlay olmaydi. Zamonaviy sotsiologiya nazariyasiga bir qator matematik tushunchalar asosli tarzda kirib keldilarki, ularning ahamiyati haqida ko’p mulohaza qilish mumkin. Masalan, struktura, element, qism, funktsiya va ayniqsa o’lchov tushunchalari sotsiologiya fanining muhim tadqiqot elementlariga aylanib o’lgurishdi.7
Empirik sotsiologik tadqiqotlarni o’tkazish va olingan natijalarni tahlil qilishda o’lchov protsedurasi katta ahamiyat kasb etadi. Uning yordamida tanlov jarayoni amalga oshiriladi. Natijalar esa matematik dasturlar yordamida qayta ishlanib, tahlil etiladi. Lekin, sotsial jarayonlar tabiat hodisalariga nisbatan olganda o’zgaruvchanlikka ko’roq moyildir. SHuning uchun bu ijtimoiy jarayonlarni matematik modellashtirish qanchalik muhim bo’lgani bilan, har doim ham kutilgan natijani bermasligi mumkin.
Statistika ham aniq fan sifatida sotsiologiyaga jamiyatdagi ustuvor sotsial muammolarni ajratib olib, tahlil qilishga ko’mak beradi. Statistik metodlar bizga o’rganilayotgan ob`ektning asosiy va asosiy bo’lmagan tomonlarni aniqlashga ham yordam berishi kerak. Statistik qonuniyatlarni o’rgana borib, biz individuallik, yagonalik va sifatiy xoslikdan uzoqlashamiz. Bu hol esa tadqiqotlar natijalariga o’z ta`sirini o’tkazmay qolmaydi. SHu bilan birgalikda statistik ma`lumotlarsiz sotsiolog o’z tadqiqotini sira ham boshlay olmaydi.
Masalan, talabalar hayotini o’rganish uchun jamiyatda qancha talaba borligi statistik ma`lumotlardan olinib, uning asosida saralash jarayoni o’tkaziladi va olingan natijalar barcha talabalarga nisbatan qo’llaniladi. SHuningdek, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy hayot muammolarini o’rganishda statistik materiallar sotsiolog uchun suv va havodek zarur bo’ladi. Lekin, eng muhim bu stitistik ma`lumotlar holis va ob`ektiv bo’lishi shart. Aks holda biz olib borayotgan tadqiqot sohta ma`lumotlarga asoslanib qolish extimoli mavjud va bu esa o’z navbatida tadqiqotimiz natijalarini ahamiyatsiz tarzda, g’ayri ilmiy mazmunda borishiga sababchi bo’lishi mumkin. Agarda statistik ma`lumotlar haqqoniylik kasb etib, sotsiolog uchun muhim tayanch manbaa rolini o’ynasa, o’z navbatida statistika mutaxassisi sotsiologik tadqiqotlarni o’zi uchun muhim ma`lumot sifatida qabul qilishi mumkin. CHunki bu ma`lumotlarning o’zi ham statistik material bo’lib ulguradi.
Sotsiologiyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqasi juda murakkabdir. CHunki ularning tadqiqot ob`ekti umumiydir, ya`ni jamiyat. Lekin ularning har biri jamiyat hayotining alohida bir bo’lagini tadqiq qiladi. Masalan, iqtisod jamiyatning iqtisodiy sohasini, huquqshunoslik jamiyat hayotini muvofiqlashtirib turadigan huquqiy qonunlar va me`yorlarni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish, siyosatshunoslik esa jamiyatda kechayotgan siyosiy jarayonlarni, dinshunos din va jamiyat munosabatlarini, etika, estetika fanlari jamiyatdagi ma`naviy muhitni tahlil qiladilar. Sotsiologiya esa ulardan farqi o’laroq jamiyatni kompleks tarzda tadqiq qiladi.8
Jumladan, mehnat munosabatlarini iqtisod, psixologiya, huquq va boshqa fanlar tomonidan o’rganilishi o’ziga xoslikni talab qiladi. Iqtisod mehnat munosabatlari tizimi, ishlab chiqarish shakllari, ayrbosh, taqsimot va mehnat unumdorligini ta`minlaydigan omillarni tadqiq qilish masalalarini muhim hisoblasa, huquq esa mehnat asoslari, mehnat shartnomalari, ularni tuzish, hodimlarni ishga shartnoma asosda qabul qilish yoki ishdan bo’shatish, mexnat intizomini buzilishiga qarshi turadigan huquqiy asoslarni ishlab chiqishni, psixolog esa mehnat jamoasidagi psixologik klimat, simpatiya va antipatiya, jamoadagi ziddiyatlarning ruhiy asosini bosh mavzu deb e`tirof qiladi. Sotsiologiyani esa bu jarayonlar naqadar sotsial ahamiyatga ega ekanligi ko’proq qiziqtiradi.
Sotsiologiyaning boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o’zaro aloqosini kengroq tahlil etar ekanmiz, psixologiyadagi sotsial psixologiya yo’nalishi sotsiologiyaga ancha yaqin turishiga amin bo’lamiz. CHunki, XIX asrning oxirlarida sotsiologiyaning asosiy metodologiyasi bo’lib kelgan pozitivizm nazariyasi chuqur inqirozga uchrab, uning nufuzi tobora pasayib boradi. Bunga sabab pozitivizm ijtimoiy tarqqiyot masalalarini tadqiq etishda asosiy e`tiborni tabiiy omillarga qaratib kelgani va insonning sub`ektiv olamiga unchalik ahamiyat bermaganidir.
XX asrning boshlarida eksperimental tadqiqotlarga ega bo’lgan yangi yo’nalish vujudga keladi va u sotsial psixologiya deb nomlana boshlaydi. endilikda kishilarning psixologiyasi: ruhiy kechinmalari va emotsional olami ham ijtimoiy taraqqiyotga faol ta`sir ko’rsatishi isbotlanib boradi. Bugungi kunda ham mehnat jamoasida, mahallada, qarindosh-urug’lar orasida va albatta oilada psixologik sog’lom muhitning mavjudligi ijtimoiy birdamlik va hamkorlikni keskin kuchaytiradi va bu ijobiy holat albatta jamiyat taraqqiyotiga sezilarli darajada ta`sir ko’rsatadi.
Sotsiologiyaning etika, estetika singari falsafiy fanlar va adabiyot, musiqa kabi sohalar bilan aloqasi barqarordir. CHunki jamiyat hayotida ma`naviy muhit qanchalik go’zal va ma`noli bo’lsa, sotsiologni jiddiy o’ylantirib keladigan deviant hulq-atvor muammosi: alokogolizm, giyohvandlik, fohishabozlik, jinoyatchilik, korruptsiya, suitsid kabi salbiy ijtimoiy illatlarning sodir bo’lishi keskin kamayadi.
Demak, jamiyatda kechayotgan ijtimoiy jarayonlar: iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy, diniy, axloqiy va hakazolar sotsial ahamiyat kasb etsa, ularning barchasi sotsiologiya bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Sotsiologiya esa ushbu sohalardagi dolzarb muammolarni o’zining empirik-tajribaviy usullari yordamida aniq va amaliy xususiyatda o’rganadi va ushbu muammolar echimiga mufvofiq keladigan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishga kirishadi.
SHu bilan birgalikda boshqa ijtimoiy fanlar ham keyingi vaqtlar sotsiologiyaning mazkur «asbob-uskanasi» dan faol foydalanmoqdalar.
Xulosa qilib aytganda, sotsiologiya fani ijtimoiy hayot muammolarini tizimli tarzda tadqiq qiladi va bunda albatta boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning ilmiy-tadqiqot natijalaridan faol foydalanadi. Aynan shu jarayon sotsiologiyadagi tarmoq yo’nalishlarning shakllanishiga asos bo’lib xizmat qildi.
Bugungi kunda zamonaviy sotsiologiya tarkibida bir necha o’nlab bunday yo’nalishlar mavjud. Ularning orasida hozirda eng rivojlanganlari deb quyidagilarni e`tirof etish mumkin:
Iqtisodiy sotsiologiya
Mehnat sotsiologiyasi
Siyosiy sotsiologiya
Madaniyat sotsiologiyasi
Sanoat sotsiologiyasi
Din sotsiologiyasi
Oila sotsiologiyasi
Jamoatchilik fikri
Fan sotsiologiyasi
Ta`lim sotsiologiyasi
Boshqaruv sotsiologiyasi
Etnosotsiologiya
Albatta, bu ro’yxatni yana ham kengaytirib borish mumkin. CHunki, sotsiologiya faning boshqa fanlar bilan integratsiya jarayoni hozirda borgan sari chuqurlashib bormoqda va bu hol mazur fanning rivojiga ijobiy ta`sir o’tkazishi shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |